Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Fuqarolik huquqlarini himoya qilish



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   205
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish 
 
Odatda  normal  fuqarolik  muomalasi  nafaqat  fuqarolik-huquqiy 
munosabat  subyektlarining  subyektiv  huquqlarini  amalga  oshirish  balki, 
ularni  ishonchli  himoyasi  orqali  ham  namoyon  boʻladi.  Fuqarolik 


55 
 
huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish faqatgina huquqiy choralarni 
qoʻllash  bilan  cheklanmaydi.  Uning  uchun  zaruriy  sharoitlarni  yaratishga 
yoʻnaltirilgan siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa harakterdagi choralar 
ham mavjud.  
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish fuqarolik huquqi nazariyasining 
asosiy kategoriyalaridan biri sanaladi.  
Fuqarolik  huquqlarini  himoya  qilish  qonunda  belgilangan  doirada 
ya’ni  himoyaning  ma’lum  bir  shakl,  usul  va  vositalarini  qoʻllagan  holda 
amalga  oshiriladi.  Fuqarolik  huquqlarining  himoya  qilish  shakli  deganda, 
fuqarolik  huquqlar  hamda  qonuniy  manfaatlarni  himoya  qilishdagi 
tashkiliy  chora-tadbirlar  majmui  tushuniladi.  Fuqarolik  huquqlarining 
himoya qilishning ikki – yurisdikstiyaviy (sud orqali) va noyurisdiksiyaviy 
(sudsiz) shakllari mavjud.  
Himoyaning  yurisdikstiyaviy  shakli  buzilgan  yoki  nizoli  huquqlarni 
himoya  qilishda  vakolatli  davlat  organlarining  faoliyatida  namoyon 
boʻladi. Uning mohiyati shundaki, huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan 
shaxs  oʻz  huquqlarini  tiklash  uchun  vakolatli  davlat  organiga  murojaat 
etadi.  
Asosan  buzilgan  fuqarolik  huquqlari  protsessual  qonunlarda  yoki 
shartnomada  belgilab  qoʻyilganidek,  ishlar  qaysi  sudlovga  taalluqli 
boʻlishiga qarab, sud, xoʻjalik sudi yoki hakamlik sudi tomonidan himoya 
qilinadi.  Zero  Oʻzbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  oʻninchi 
bobida koʻrsatilishicha, “davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda 
mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Har bir shaxsga 
oʻz  huquq  va  erkinliklarini  sud  orqali  himoya  qilish,  davlat  organlari  va 
mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalarining  gʻayriqonuniy  xatti-
harakatlari (qarorlari) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”.  
Yurisdikstiyaviy  shakl  oʻz  navbatida  buzilgan  huquqlarni  himoya 
qilishning  umumiy  va  maxsus  tartiblariga  ega.  Umumiy  qoidalarga  koʻra 
fuqarolik huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sud tartibida 
amalga  oshiriladi.  Fuqarolik-huquqiy  nizolarning  asosiy  qismi  fuqarolik 
sudlariga  toʻgʻri  keladi.  FPKning  31-moddasiga  muvofiq  fuqarolik 
sudlarga  taraflardan  hech  boʻlmaganda  bittasi  fuqaro  boʻlgan  nizolarga 
doir ishlar (qonunda bunday nizolarni hal qilish xoʻjalik sudi yoki boshqa 
organlarga topshirilgan hollar bundan mustasno) FPKning 279-moddasida 
sanab  oʻtilgan  alohida  tartibda  koʻriladigan  yuridik  ahamiyatga  ega 
boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar, fuqaroni bedarak yoʻqolgan 
deb topish va fuqaroni oʻlgan deb e’lon qilish toʻgʻrisidagi ishlar, fuqaroni 
muomala  layoqati  cheklangan  yoki  muomalaga  layoqatsiz  deb  topish 


56 
 
toʻgʻrisidagi  ishlar,  mol-mulkni  (ashyoni)  egasiz  deb  topish  toʻgʻrisidagi 
ishlar,  taqdim  etuvchiga  deb  berilgan  hujjatlar  yoʻqolgan  taqdirda,  ular 
boʻyicha  huquqlarni  tiklash  toʻgʻrisidagi  ishlar  (chaqirib  ish  yuritish) 
hamda  qonun  bilan  sudlarning  vakolatiga  berilgan  boshqa  ishlar  taalluqli 
boʻladi.  
Xoʻjalik  sudlari  tomonidan  XPKning  23-moddasi  talablariga 
muvofiq,  iqtisodiyot  sohasida  yuridik  shaxslar,  yakka  tartibdagi 
tadbirkorlar  fuqaroviy,  ma’muriy  va  boshqa  huquqiy  munosabatlardan 
kelib  chiqadigan  nizolarga  doir,  tashkilotlar  va  yakka  tadbirkorlarning 
huquqlari  vujudga  kelishi,  oʻzgarishi  yoki  bekor  boʻlishi  uchun 
ahamiyatga  ega  boʻlgan  faktlarni  aniqlash,  bankrotlik  va  boshqa  ishlar 
koʻriladi.  
Oʻzaro  bogʻliq  boʻlib,  ba’zilari  xoʻjalik  sudiga,  boshqalari  esa 
umumiy  yurisdikstiya  sudiga  taalluqli  boʻlgan  bir  necha  talab 
birlashtirilgan  taqdirda,  hamma  talablar  umumiy  yurisdikstiya  sudida 
koʻrilishi kerak.  
Fuqarolik-huquqiy  munosabatlaridan  kelib  chiquvchi  nizolarni,  shu 
jumladan  tadbirkorlik  subyektlari  oʻrtasida  vujudga  keluvchi  xoʻjalik 
nizolarini  hal  etishda  agar  taraflarning  nizoni  hakamlik  sudiga  hal  qilish 
uchun  topshirish  haqidagi  kelishuvi  –  hakamlik  bitimi  mavjud  boʻlsa 
nodavlat organ hisoblangan hakamlik sudlari ishni koʻrib hal qiladi.  
Sud  himoyasining  asosiy  vositasi  da’vo  hisoblanadi.  Da’vo  deb 
huquqni  yoki  qonun  bilan  qoʻriqlanadigan  manfaatning  himoya  qilinishi 
toʻgʻrisida  sudga  yoki  boshqa  vakolatli  tashkilotga  murojaat  etishga 
aytiladi. Ba’zi bir holatlarda sud himoyasining vositasi ariza va shikoyatlar 
ham hisoblanadi.  
Fuqarolik  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarni  himoya  qilishning 
maxsus  tartibi  ma’muriy  tartibdagi  himoya  hisoblanadi.  Bu  umumiy 
qoidadan istisno sifatida ya’ni qonunda bevosita koʻrsatilgan hollardagina 
qoʻllaniladi.  Ma’muriy  tartibdagi  fuqarolik  huquqlari  va  qonuniy 
manfaatlarni himoya qilishning vositasi bu shikoyatdir. U huquq buzilgan 
shaxs  tomonidan  tegishli  vakolatli  davlat  organiga  beriladi.  Ba’zi  bir 
holatlarda  qonunga  muvofiq  holda  aralash  ya’ni  ma’muriy  –  sud 
tartibidagi  himoya  usullari  ham  qoʻllaniladi.  Bunda  sudga  da’vo  bilan 
chiqishdan  oldin  huquqi  buzilgan  shaxs  sudga  shikoyat  bilan  murojaat 
qilishdan oldin davlat boshqaruv organiga chiqishi lozim boʻladi. Bularga 
patent bilan bogʻliq nizolar, boshqaruv doirasidagi huquq buzarliklarni hal 
qilish kabilar kiradi.  


57 
 
Fuqarolik  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarni  himoya  qilishning 
noyuridik  shakli  davlat  va  boshqa  vakolatli  organga  murojaat  etmasdan 
huquqi buzilgan shaxsning oʻzi mustaqil, oʻz xohishi bilan harakat qilishi 
tushuniladi.  
Biroq  bunda  himoya  ma’lum  shartlar  asosida  amalga  oshirilmogʻi 
lozim.  Ular  FKning  13-moddasida  nazarda  tutilgan.  Unga  asosan 
shaxsning  oʻzi  tomonidan  fuqarolik  huquqlarini  himoya  qilish  usullari 
huquqni  buzish  darajasi  bilan  baravar  boʻlishi  hamda  huquqni  buzishga 
yoʻl  qoʻyish  uchun  zarur  harakatlar  doirasidan  chiqib  ketmasligi  lozim. 
Masalan,  iste’molchi  oʻziga  sotilgan  nuqsonli  tovarni  ushlab  qolib, 
yetkazilgan  zarar  va  neustoyka  toʻlanmaguncha  qaytarib  bermaslikka 
haqli
1
.  
Fuqarolik  huquqlarini  himoya  qilish  usullari  deganda  qonun 
tomonidan  mustahkamlangan  majburiy  tusdagi  moddiy-huquqiy  choralar 
tushuniladi.  Ushbu  choralar  yordamida  buzilgan  (nizolashayotgan) 
huquqlarni  tiklash  va  huquqbuzarga  muayyan  ta’sir  oʻtkazish  amalga 
oshiriladi. 
Ularning 
umumiy 
roʻyxati 
FKning 
11-moddasida 
mustahkamlab qoʻyilgan. Ular quyidagilardan iborat: 
1)  huquqni  tan  olish  (masalan,  asarning,  birov  tomonidan 
oʻzlashtirilib  nashr  etilgani  toʻgʻrisida  nizo  boʻlgani  holda,  shu  asarga 
nisbatan mualliflikni tan olish); 
2)  huquq  buzilishidan  oldingi  holatni  tiklash  va  huquqni  buzadigan 
yoki  uning  buzilishi  xavfini  tugʻdiradigan  harakatlarning  oldini  olish 
(masalan,  mulk  egasi  oʻz  mulkidan  foydalanish  huquqining  har  qanday 
ravishda  buzilishini  bartaraf  etish  va  kelgusida  mulkdan  foydalanishda 
xalaqit bermaslik majburiyatini buzuvchi shaxsga yuklash); 
3)  bitimni  haqiqiy  emas  deb  topish  va  uning  haqiqiy  emasligi 
oqibatlarini  qoʻllash(FKning  116-125-moddalari  talablariga  asosan,  bitim 
haqiqiy  emas  deb  topiladi.  Haqiqiy  boʻlmagan  bitim  uning  haqiqiy 
emasligi  bilan  bogʻliq  boʻlgan  oqibatlardan  tashqari  boshqa  yuridik 
oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir. 
Bitim  haqiqiy  boʻlmaganida  taraflarning  har  biri  boshqasiga  bitim 
boʻyicha  olgan  hamma  narsani  qaytarib  berishi,  olingan  narsani  aslicha 
(shu jumladan olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki 
koʻrsatilgan  xizmat  bilan  ifodalanganda)  qaytarib  berish  mumkin 
boʻlmaganida  esa,  agar  bitim  haqiqiy  emasligining  boshqa  oqibatlari 
qonunda  nazarda  tutilgan  boʻlmasa,  uning  qiymatini  pul  bilan  toʻlashi 
shart); 
                                                           
1
  Бобоев  Ж.И.  Право  потребителей  и  их  защита  по  законодательству  Республики  Узбекистан.//Ўзбекистонда 
ижтимоий фанлар,. 2003. № 3. -20-29 б. 


58 
 
4)  davlat  organining  yoki  fuqarolarning  oʻzini  oʻzi  boshqarish 
organining  hujjatini  haqiqiy  emas  deb  topish  (Bu  himoya  usuli  fuqarolik 
qonun  hujjatlariga  yangi  kiritilgan  usullardan  biri  boʻlib  hisoblanadi. 
Fuqaroning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan,  fuqaroning  oʻz 
huquqlari  va  erkinliklarini  roʻyobga  chiqarishiga  monelik  tugʻdiradigan 
hamda  fuqaro  zimmasiga  qonunga  xilof  ravishda  qandaydir  majburiyat 
yuklatilishiga  sabab  boʻlgan  xatti-harakatlar  vujudga  keltiruvchi  turli 
hujjatlari (qarorlari) shikoyat bilan sudga murojaat qilish huquqini vujudga 
keltiradi. Bunday hujjatlarni haqiqiy emas deb topish sud tartibida amalga 
oshiriladi. ); 
5)  shaxsning  oʻz  huquqlarini  oʻzi  himoya  qilishi  (mazkur  usul 
noyurisdikstiyaviy  usul  hisoblanib,  oʻz  huquqini  himoya  qilayotgan 
shaxsdan  himoyaviy  chora-tadbirlarni  qonun  talablariga  muvofiq  amalga 
oshirishni  talab  etadi.  Bu  holatda  oxirgi  zarurat  va  zaruriy  mudofaa 
chegaralaridan  chetga  chiqmaslik,  uchinchi  shaxslarning  huquq  va 
manfaatlariga  putur  yetkazmaslik  shart,  ya’ni  FKning  13-moddasi 
talablariga  muvofiq,  fuqarolik  huquqlarini  shaxsning  oʻzi  himoya  qilish 
usullari  huquqni  buzishga  mutanosib  boʻlishi  hamda  huquq  buzilishining 
oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak); 
6)  burchni  aslicha  (natura)  bajarishga  majbur  qilish  (masalan, 
sotilgan  ashyo  sotuvchi  tomonidan  ixtiyoriy  ravishda  topshirilmaganida 
uning oluvchisiga majburiy tarzda olib berish); 
7) zararni toʻlash (shaxs huquqi buzilganligi tufayli koʻrgan zararini 
toʻla  qoplanishini  talab  qilishi  qonun  bilan  kafolatlanadi.  Zararlarni 
qoplash  buzilgan  huquq  va  manfaatlarni  uni  buzishda  aybdor  boʻlgan 
shaxs  hisobiga  tiklashdir.  Majburiyat  bajarilmagan  yoki  lozim  darajada 
bajarilmagan  hollarda  kreditorga  yetkazilgan  zararni  toʻlash  majburiy 
hisoblanadi); 
8)  neustoyka  undirish  (neustoyka  (jarima  va  penya)  majburiyatlarni 
oʻz vaqtida, lozim darajada bajarilishini ta’minlaydigan muhim usullardan 
biridir.  U  qonunda  yoki  shartnomada  oldindan  belgilangan  taraflarga 
ma’lum  boʻlgan  va  majburiyatlar  bajarilmay  qolganda  toʻlanishi  lozim 
boʻlgan huquqiy chora sifatida namoyon boʻladi); 
9) ma’naviy ziyonni qoplash (huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) 
oqibatida  jabrlanuvchining  boshidan  kechirgan  ma’naviy  va  jismoniy 
(kamsitish,  jismoniy  ogʻriq,  zarar  koʻrish,  noqulaylik  va  boshqa)  azoblar 
ma’naviy  ziyon  hisoblanib,  bu  azoblarning  xususiyati  ziyon  yetkazilgan 
haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan 
holda sud tomonidan baholanadi hamda pul bilan qoplanadi); 


59 
 
10) huquqiy munosabatni bekor qilish yoki oʻzgartirish; 
11)  davlat  organining  yoki  fuqarolarning  oʻzini  oʻzi  boshqarish 
organining qonunga zid hujjatini sudning qoʻllamasligi; 
12) qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar.  
Shaxs  oʻz  buzilgan  huquqi  yoki  qonun  bilan  qoʻriqlanadigan 
manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida  vakolatli  organga  murojaat 
qilganda  yuqoridagi  usullardan  biri  yoki  bir  nechasini  qoʻllashni  soʻrab 
murojaat etadi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish