51
2) davlat organlari hamda fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish
organlarining fuqarolik huquqlari va majburiyatlari vujudga kelishining
asosi sifatida qonunda
nazarda tutilgan hujjatlaridan;
3) sudning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilagan
qarorlaridan;
4) qonun yo‘l qo‘ygan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa
intellektual
faoliyat natijasida;
6) boshqa shaxsga
zarar yetkazish natijasida;
7) asossiz
boyib ketish natijasida;
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa
harakatlari natijasida;
9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlar natijasida.
Ba’zi holatlarda muayyan mol-mulk yoki mulkiy huquqlarga
nisbatan huquqlarni vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi ular
vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin vujudga keladi.
Masalan, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Turmushda ro‘y beradigan turli hodisalar, voqealar kishilarning erki
irodasidan tashqari sodir bo‘ladigan faktlar hisoblanadi va ular qonunda
nazarda tutilgan hollarda fuqarolik huquqi va majburiyatlarni vujudga
kelishi uchun asos sifatida ko‘riladi.
Masalan, fuqaroning 18 yoshga
to‘lishi uni to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lish faktini vujudga keltiradi
va u tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi shu jumladan tijorat yuridik
shaxsi muassisi bo‘lishi mumkin. Do‘l yog‘ishi natijasida qishloq xo‘jaligi
ekinlari zarar ko‘rsa agarda ular bunday xavf xatardan sug‘urta qilingan
bo‘lsa, sug‘urta tashkilotlari yetkazilgan zararni sug‘urta shartnomasi
asosida qoplashlari lozim bo‘ladi. Fuqaroning vafoti uning mol mulkiga
nisbatan meros huquqini vujudga keltiradi.
Fuqarolik huquqi subyektlarini harakatlari ularni o‘z erki irodasi
bo‘yicha amalga oshiriladi va ular ham yuridik faktlar sifatida qaraladi. Bu
o‘rinda mexanik harakat bilan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatni
farqlash lozim. Mexanik harakat masalan, shaxsning o‘tirishi, turishi,
yotishi, qo‘lini qo‘tarishi, pastga tushirishi o‘z-o‘zidan yuridik oqibat
vujudga keltirmaydi. Mexanik harakat bilan yuridik ahamiyatga ega
bo‘lgan harakat o‘rtasida aniq chegara o‘rnatish qiyin. Masalan, shaxsning
o‘z ruchkasini sherigiga berishi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakat
bo‘lib mol-mulkdan tekin foydalanish asosi sifatida ko‘rilishi mumkin.
Subyektlar harakatlar orqali masalan, oldi-sotdi, xizmat ko‘rsatish va shu
kabilar orqali o‘zlari uchun maqbul yuridik faktlar oqibatida vujudga
keltiradilar. Harakatlar (ko‘p holatlarda harakat faol bo‘lsada, ba’zida
52
muayyan xulq-atvorda bo‘lish ham harakatni to‘g‘rirog‘i harakatsizlikni
anglatadi va bu ham yuridik fakt sifatida qaraladi) o‘z navbatida ikki turga:
huquq yo‘l qo‘ygan va huquq yo‘l qo‘ymagan xatti harakatlarga bo‘linadi.
Huquq yo‘l qo‘ygan harakatlar qonun hujjatlari bilan qat’i
ta’qiqlanmagan harakatlar va harakatsizlikdan iborat. Boshqacha aytganda
muayyan xulq-atvor bo‘lib hisoblanadi. Bunday xulq-atvor yoki harakatlar
fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquqlari va burchlarini
belgilash, o‘zgartirish va bekor qilish orqali o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan
muayyan fuqarolik huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishga qaratiladi.
Huquq yo‘l qo‘ymagan harakatlar boshqa subyektlarga zarar yetkazish va
asossiz boyish va tejash holatlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: