Masalan, sheriklik majburiyatda kreditor G. sherik qarzdorlari A. va V.lardan
biri aytaylik, V. boshqa bir oddiy majburiyatda qarz shartnomasi boʻyicha G.ning
kreditori boʻlsa, bunday holda oʻzaro hisoblashishni faqat V.gina talab qila oladi.
Binobarin, unga nisbatan sheriklik majburiyati yuzasidan talablar qoʻyilganida,
faqat uning oʻzigina e’tirozlar bildira oladi. Boshqalar bunday huquqqa ega boʻla
olmaydi.
Sheriklik majburiyatining qarzdorlardan biri tomonidan toʻla
bajarilishi, boshqa qarzdorlarni kreditorga nisbatan majburiyatni
bajarishdan ozod qiladi.
Sheriklik majburiyatini bajargan qarzdor, qonun yoki shartnomalarda
boshqacha tartib belgilab qoʻyilmagan boʻlsa, majburiyatni bajargan
qarzdor oʻz ulushini chegirib tashlab boshqa qarzdorlarga teng ulushlarda
regress talab qoʻyish huquqiga ega boʻladi. Majburiyatini bajargan
qarzdorga toʻlanmagan haq bu va boshqa qarzdorlar zimmasiga teng
ulushlarda tushadi (FK 254-modda).
Agar sheriklik majburiyatda kreditorlar bir nechta boʻlsa, u holda
sherik talablar vujudga keladi va sherik kreditorlarning har qaysisi
qarzdorga nisbatan toʻla hajmda talab qoʻyishga haqli boʻladi. Bunday
sheriklik talablarga faol sheriklik deyiladi. Sheriklik talablariga binoan,
qonun yoki shartnomada boshqacha hol koʻrsatilmagan boʻlsa, qarzdor
kreditorlarning biriga majburiyatni toʻla hajmda bajarishi mumkin,
218
kreditor esa qabul qilib olishga majbur. Sherik kreditorlardan har biri ham
qarzdordan majburiyatning toʻla hajmda bajarilishini talab qilishga haqli.
Bunday talab qoʻyilganda majburiyatni solidar kreditorlardan biriga
nisbatan toʻla bajarish qarzdorni majburiyatni boshqa solidar kreditorlarga
nisbatan bajarishdan ozod qiladi (FK 255-modda, 3-band).
Sheriklik talablar koʻpincha birgalikdagi faoliyatdan, sherik
mualliflikdan va boshqa ba’zi huquqiy munosabatlardan kelib chiqishi
mumkin. Sherik kreditorlardan har birining harakati bilan boshqa
kreditorning manfaatiga ziyon yetkazmasligi kerak. Chunonchi, sherik
kreditorlardan birining qilgan harakati qarzdorlardan birini majburiyatning
muayyan qismini bajarishdan ozod qilishga qaratilgan boʻlsa ham, bu
qarzdor sherik kreditorlar huzurida majburiyatni toʻla bajarishdan ozod
boʻlmaydi.
Qarzdor sherik kreditorlarning biri tomonidan qoʻyilgan talabga
qarshi oʻzining boshqa sherik kreditorlar bilan boʻlgan, mazkur kreditor
ishtirok etmagan munosabatlarga asoslangan e’tirozini qoʻya olmaydi.
Masalan, pudrat shartnomasi boʻyicha, pudratchi bir necha jamoa
xoʻjaligining buyurtmasiga binoan stadion qurishi kerak boʻlib,
keyinchalik shu jamoa xoʻjaliklarining biridan buyurtmani kechiktirib
bajarishga muhlat olgan boʻlsa, qolgan jamoa xoʻjaliklarining
buyurtmasini oʻz vaqtida bajarishi uchun qoʻygan talabiga kechiktirib
bajarish uchun olgan muhlatini qarshi qoʻya olmaydi.
Majburiyatning qarzdor tomon sherik kreditorlaridan birining toʻla
hajmda bajarilishi, uni boshqa kreditorlarga nisbatan bajarishdan ozod
qiladi.
Qarzdordan majburiyatning ijrosini qabul qilib olgan sherik kreditor,
basharti ular oʻrtasidagi munosabatlardan boshqacha tartib anglashilmasa,
boshqa kreditorlarga tegishli boʻlgan ulushlarni toʻlashi shart
(FK 255-modda).
Aralash sheriklik majburiyatlarda bir vaqtning oʻzida bir necha
kreditor va qarzdor shaxs ishtirok etadi. Bunday majburiyatlarni bajarish
tartibiga faol va sust sheriklik majburiyatlarini bajarish deyiladi. Masalan,
shaxsiy mulk huquqi asosida uy-joyga ega boʻlgan bir necha fuqaro
ta’mirlovchi brigada bilan pudrat shartnomasi tuzgan boʻlsa, ulardan har
biri majburiyatning toʻla hajmda bajarilishini brigadaning har qaysi
a’zosidan talab qilishga haqli.
Tashkilotlar yuridik shaxs sifatida mustaqil mulkiy javobgarlikka ega
boʻlib, xoʻjalik hisobi asosida ish olib borganliklari sababli, har qaysi
tashkilot majburiyatini bajarmaganligi uchun oʻzicha alohida javobgar
219
boʻladi. Lekin ayrim hollarda aralash sheriklik majburiyati asosida ham
javobgarlik belgilanishi mumkin. Masalan, turli tashkilotlarga qarashli
avtomashinadan bir necha fuqaroga ziyon yetkazilsa, birgalikdagi aralash
sherik javobgarlik belgilanishi mumkin.
Qoʻshimcha (subsidiar) majburiyatlar faqat qarzdorlar tarafida
vujudga keladi. Majburiyat asosiy qarzdor tomonidan bajarilmaganida,
kreditor uning bajarilishini qoʻshimcha qarzdordan talab qilishga haqli.
Subsidiar javobgarlik asoslari FKning 329-moddasida nazarda tutilgan.
Bunga asosan, qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga muvofiq, asosiy
qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda
boʻlgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qoʻyishdan oldin kreditor
asosiy qarzdorga talab qoʻyishi kerak. Agar asosiy qarzdor kreditorning
talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qoʻyilgan talabga
oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, bu talab subsidiar javobgar
boʻlgan shaxsga qoʻyilishi mumkin. Kreditor asosiy qarzdorga boʻlgan oʻz
talabini qondirilishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli
emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga oʻtkazish
yoki mablagʻlarni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yoʻli bilan
qondirilishi mumkin boʻlsa, subsidiar javobgar shaxs oʻziga kreditor
tomonidan qoʻyilgan talabni qondirilishdan oldin, bu haqda asosiy
qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo
qoʻzgʻatilgan boʻlsa, asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilish kerak.
Aks holda, asosiy qarzdor oʻzining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar
javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega.
Sheriklik majburiyati boʻyicha boshqalar uchun majburiyatni ba-
jargan qarzdor regress (qaytarma) da’vo huquqiga ega boʻlsa, qoʻshimcha
majburiyatni uchinchi shaxsga nisbatan bajargan qarzdor, agar qonun yoki
shartnomalarda boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, shu bajarilgan
narsani qaytarib olish huquqiga ega boʻlmaydi. Masalan, ota-onalar
farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmagan bolalarning
harakati natijasida yetkazilgan zararni uchinchi shaxsga toʻlaganlarida
mazkur haqni qaytarib olish huquqiga ega emaslar.
Qoʻshimcha majburiyat qonun yoki shartnomalarda koʻrsatilgan
taqdirdagina vujudga keladi. Chunonchi, qonunda aytilishicha, oʻn toʻrt
yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan oʻsmir
tomonidan yetkazilgan ziyon uchun ularning ota-onalari, vasiy va
homiylari qoʻshimcha javobgardirlar. Qoʻshimcha majburiyatga yana bir
misol qilib, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomada koʻrsatilgan boʻlsa, boshqa
shaxs majburiyatining butunlay yoki qisman bajarilishi uchun uning kre-
220
ditori oldida javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan kafilning qoʻshimcha
javobgarligini koʻrsatish mumkin. Ammo bu holda majburiyatni bajargan
kafil regress (qaytarma) da’vo qilish huquqiga ega boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |