Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   205
Shartnomali  majburiyatlarga  oid  huquqiy  institutlar  asosan 
shartnomaviy  munosabatlardan  vujudga  keladi  va uning  asosiy  xususiyati 
majburiyat taraflarining erk-irodasini namoyon etish orqali yuzaga keladi.  
Shartnomasiz  majburiyatlar  shaxsning  erk-irodasidan  tashqarida 
yuz beradi yoki bir tomonlama harakat natijasida kelib chiqadi.  
 
Majburiyat  mazmuni  deganda,  kreditorning  qarzdor  tomonidan 
muayyan harakatlar qilinishini (yoki qilinmasligini) talab etishga boʻlgan 
huquqi va qarzdorning shunga yarasha boʻlgan burchi tushuniladi. 
 
Qarzdor tomonidan qilinishi lozim boʻlgan harakatlar har xil: ashyoni 
egasiga  (kreditorga)  topshirish,  ashyolarni  foydalanish  uchun  topshirish, 
ma’lum  summa  pulni  toʻlash,  biror-bir  ishni  bajarish  yoki  xizmat 
koʻrsatish,  qarzdor  tomonidan  bitimning  tuzilishini  ta’minlash,  birovga 
yetkazilgan  zararni  toʻlash,  asossiz  orttirilgan  boylikni  oʻz  egasiga 
qaytarish toʻgʻrisida boʻlishi mumkin.  
Yuqorida  koʻrsatilgan  majburiyat  obyektlaridan  koʻrinishicha, 
majburiyatning  mazmuni  asosan  mulkiy  xarakterdagi  huquq  va 
burchlardan  iborat  boʻlsa-da,  huquq  subyektlarini  oʻzaro  mulkiy 
xarakterda  boʻlmagan  majburiyatlar  ham  belgilashlari  mumkin
.  Masalan, 


212 
 
asar mualliflaridan biri oʻzaro kelishuv boʻyicha muayyan vaqt ichida asarning bir 
qismini  tuzatib,  qayta  ishlab  kelish  toʻgʻrisida  oʻz  zimmasiga  majburiyat  olishi 
mumkin.  
Majburiyat  taraflarining  bir-birlariga  nisbatan  belgilangan  huquq  va 
majburiyatlari  ularning  tusiga  qarab farqlanadi.  Ular  mazmuni,  obyektlari 
va subyektlariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: 
1.  Ijobiy  va  salbiy  mazmunli  majburiyatlar.  Agar  majburiyat 
yuzasidan qarzdor muayyan bir harakatni qilishga burchli boʻlib, kreditor 
aynan  shunday  harakatning  qilinishini  talab  qilishga  haqli  boʻlsa,  bunday 
majburiyat 
ijobiy 
mazmunli 
majburiyat 
hisoblanadi. 
Huquqiy 
munosabatning  koʻpchiligida  ijobiy  mazmunli  majburiyatlar  yotadi. 
Masalan,  oldi-sotdi,  mulkni  ijaraga  berish,  maishiy  xizmat  koʻrsatish  sohasida 
olinadigan majburiyatlar – ijobiy mazmunli majburiyatlardir.  
Agar  majburiyat  boʻyicha  qarzdor  muayyan  harakatni  qilishdan 
saqlanishga  burchli,  kreditor  harakat  qilishdan  saqlanishini  talab  etish 
huquqiga  ega  boʻlsa  bunday  majburiyat  salbiy  mazmunli  majburiyat 
hisoblanadi. 
Masalan,  nashriyot  shartnomasi  boʻyicha  muallif  shartnoma  kuchda 
boʻlgan  davrda  oʻz  asarini  boshqa  nashriyotga  topshirishdan  saqlanish 
majburiyatini  olsa,  nashriyot  muallifning  boshqa  nashriyot  bilan  shartnoma 
tuzishdan saqlanishini talab etish huquqini oladi.  
2.  Bir  tomonlama  va  ikki  tomonlama  majburiyatlar.  Majburiyatda 
qatnashuvchilarning  birida  faqat  talab  qilish  huquqi  (yoki  huquqlari), 
ikkinchi  tomonda  esa  faqat  majburiyat  (majburiyatlar)  boʻlsa,  bunday 
majburiyatlar  bir  tomonlama  majburiyatlar  hisoblanadi. 
Masalan,  qarz 
shartnomasi.  Qarz  shartnomasi  boʻyicha  qarz  bergan  shaxs  qarzning  qaytarilishini 
talab qilish huquqiga ega boʻlsa, qarzdor oʻz zimmasiga olgan qarzini qaytarishga 
burchlidir.
 
 
Huquqiy  munosabatda  qatnashuvchilarning  har  qaysisi  ham  huquq, 
ham majburiyatga (qator huquqlar va majburiyatlarga) ega boʻlsa, bunday 
majburiyatlar  ikki  tomonlama  majburiyat  hisoblanadi.  Ikki  tomonlama 
majburiyatlarga  oldi-sotdi,  ijara,  pudrat  kabi  shartnomalarni  misol  qilib 
koʻrsatish mumkin
. Masalan, oldi-sotdi munosabatida sotuvchida sotilgan narsani 
topshirish majburiyati boʻlsa, oluvchida sotib olingan narsaning qiymatiga yarasha 
haq toʻlash majburiyati boʻladi va aksincha. Aksariyat majburiyatlar ikki tomonlama 
majburiyatlardir

 
3.  Muayyan  harakatni  bajarishga  qaratilgan  va  muqobil  maj-
buriyatlar.  Agar  huquqiy  munosabat  boʻyicha  kreditor  qarzdordan 
muayyan  bir  harakat  qilinishini,  masalan,  ma’lum  ishning  bajarilishini, 
biror-bir  ashyoning  topshirilishini  yoki  ma’lum  summa  pul  toʻlanishini 
talab  qilish  huquqiga  ega  boʻlsa,  bunday  majburiyat  muayyan  harakatni 


213 
 
bajarishga qaratilgan majburiyat hisoblanadi. Agar huquqiy munosabatda 
kreditorning  talabi  boʻyicha  qarzdor  bir  necha  harakatlardan  birini 
bajarishga majbur boʻlsa, bunday majburiyat muqobil majburiyat sanaladi. 
Muqobil  majburiyat  boʻyicha  huquqiy  munosabatda  bir  necha  harakat 
koʻrsatilgan  boʻlsa  ham,  majburiyatning  mazmunini  qarzdorning  faqat 
birgina  majburiyati  va  kreditorning  shu  majburiyatning  bajarilishini  talab 
qilishga  boʻlgan  huquqi  tashkil  etadi.  Huquqiy  munosabatda  nazarda 
tutilgan  harakatlardan  birining  bajarilishi  bilan  majburiyat  ijro  etilgan 
hisoblanadi.  Muqobil  majburiyatning  bajarilishi  toʻgʻrisidagi  qoida 
FKning  250-moddasida  berilgan.  Mazkur  moddada  koʻrsatilishicha,  agar 
qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur boʻlsa, 
qonun,  shartnoma  yoki  majburiyatning  mohiyatidan  boshqacha  tartib 
anglashilmasa,  tanlash  huquqi  qarzdor  ixtiyorida  boʻladi.  Oʻzbekiston 
Respublikasining  bir  qator  qonun  hujjatlarida  qaysi  majburiyatning 
bajarilishi  lozimligini  tanlash  huquqi  kreditorga  berilganligi  koʻrsatiladi. 
Xususan, ularda sotilgan ashyoning sifati lozim darajada boʻlmaganda, sotib oluvchi 
oʻz  xohishi  bilan  ana  shu  ashyoni  boshqa  sifatli  ashyoga  almashtirish  yoki  xarid 
bahosini  tegishli  darajada  kamaytirishni  yoxud  sotuvchining  shu  ashyodagi 
kamchiliklarni  haq  olmay  tuzatib  berishini  yoki  shu  kamchilikni  tuzatish  uchun 
oluvchining  qilgan  xarajatlarini  toʻlashni  yo  boʻlmasa  shartnomani  bekor  qilib, 
oʻziga  yetkazilgan  zararning  toʻlanishini  talab  qilishga  haqli  boʻladi,  deb 
koʻrsatiladi.  Bu  qoida  boʻyicha  qarzdor  sifatidagi  sotuvchi  tomonidan  bajarilishi 
lozim boʻlgan harakatlardan birini tanlash huquqi kreditorga, ya’ni sotib oluvchiga 
beriladi.  
4.  Shaxsiy  tusga  ega  boʻlgan  majburiyatlar  va  shaxsiy  tusga  ega 
boʻlmagan  majburiyatlar.  Ba’zi  majburiyatlar  huquqiy  munosabatda 
qatnashuvchilarning  har  qaysisi  yoki  birining  shaxsi  bilan  qat’iy  bogʻliq 
boʻlishi  mumkin
.  Masalan,  topshiriq  shartnomasi  boʻyicha  vujudga  keladigan 
majburiyat  vakilning  (topshiriqni  bajaruvchining)  ishonchli  shaxs  boʻlishiga  qarab 
belgilanadi. Bunday shaxsiy xarakterga ega boʻlgan majburiyatlarning bajarilishini, 
agar qonun yoki shartnomada boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, boshqa shaxsga 
oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaydi, kreditor ham boshqa shaxs bilan almashinishi mumkin 
emas.  Bunday  majburiyatlar,  odatda,  qarzdor  yoki  kreditorning  vafot  etishi  bilan 
bekor boʻladi.  
Aksariyat  huquqiy  munosabatlarda  majburiyatning  kim  tomonidan 
bajarilishi  ahamiyatga  ega  boʻlmaydi
.  Masalan,  qarz  shartnomasi  boʻyicha 
majburiyatning  fuqaro  G.  tomonidan  ham  yoki  uning  uchun  fuqaro  B.  tomonidan 
ham  bajarilishi  mumkin.  Bunday  shaxsiy  xarakterga  ega  boʻlmagan  majburiyatlar 
boʻyicha  kreditor  ham,  qarzdor  ham  boshqa  shaxs  bilan  almashinishiga  yoʻl 
qoʻyiladi.  Bunday  majburiyatlar  boʻyicha  kreditor  yoki  qarzdorning  vafot  etishi 
majburiyatning bekor qilinishi uchun asos boʻlmaydi.  


214 
 
Umumiy  qoidaga  binoan,  majburiyatlar  FKda  nazarda  tutilgan 
asoslarda  vujudga  keladi.  Ammo,  bunday  majburiyatlarning  vujudga 
kelishi  qonunda  nazarda  tutilmagan  boʻlsa-da,  lekin  fuqarolik  qonun 
hujjatlarining umumiy mohiyati va mazmuniga zid boʻlmagan fuqarolar va 
yuridik  shaxslarning  harakatlari  asosida  ham  vujudga  kelishi  mumkin 
(FKning 8-moddasi 1-qismi).  
FKning 
234-moddasida 
belgilanganidek, 
majburiyatlar 
shartnomadan,  ziyon  yetkazish  natijasida  hamda  fuqarolik  qonunlarida 
nazarda  tutilgan  boshqa  asoslardan  kelib  chiqadi.  Fuqarolik  qonunlarida 
nazarda tutilgan boshqa asoslar tarkibiga davlat organlari va fuqarolarning 
oʻzini  oʻzi  boshqarish  organlarining  hujjatlari,  sud  qarori,  turli  voqea 
hodisalarni kiritish mumkin.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish