Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. MAJBURIYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, TIZIMI



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   205
 
16-MAVZU. MAJBURIYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, TIZIMI, 
VUJUDGA KELISH ASOSLARI 
 
Majburiyat  va  majburiyat  huquqi  tushunchalari,  majburiyatlarni 
vujudga 
kelish 
asoslari. 
Majburiyat 
subyektlari. 
Majburiyatdagi 
shaxslarning oʻzgarishi. Regress (qaytarma) majburiyat.  
 
Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari, majburiyatlarni 
vujudga kelish asoslari 
 
 Fuqarolik  huquqining  eng  muhim  kichik  sohalaridan  biri 
majburiyat huquqi hisoblanadi. Majburiyat deb shunday fuqarolik huquqiy 
munosabatga  aytiladiki,  unga  asosan  bir  shaxs  (qarzdor)  boshqa  shaxs 
(kreditor)  foydasiga  muayyan  harakatni  amalga  oshirishga,  chunonchi: 
mol-mulkni  topshirish,  ishni  bajarish,  xizmatlar  ko‘rsatish,  pul  to‘lash  va 
hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor 
esa – qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga 
ega bo‘ladi. 
Yuridik  adabiyotlarda  majburiyat  atamasi  bilan  birgalikda  burch 
atamasi  borasida  ham  so‘z  yuritiladi.  Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasida huquq va burchlar borasida so‘z boradi. Ushbu atamalar 
teng  ma’noli  bo‘lib,  fuqarolik  huquqiy  munosabatlarda  har  doim 
majburiyat atamasi qo‘llaniladi. 
Majburiyat  subyektlari,  obyektlari,  uning  mazmuni  majburiyatning 
eng  muhim  elementi  hisoblanadi.  Majburiyat  subyektlari  bu  muayyan 
huquqlarga  ega  bo‘lgan  va  zimmasiga  muayyan  majburyatlar  yuklangan 
shaxslardir.  Odatda  har  bir  majburiyatda  kamida  ikki  taraf  ishtirok  etadi. 
Muayyan harakat qilinishini va muayyan harakatdan tiyilishni talab qilish 
ga haqli bo‘lgan taraf – kreditor  (haqdor) deb ataladi. Muayyan harakatni 
qilishga  yoki  harakat  qilishdan  saqlanishga  majbur  bo‘lgan  taraf  esa  – 
qarzdor   (burchdor) shaxs bo‘lib hisoblanadi.  
Majburiyat  huquqiy  munosabatlari  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  nisbiy 
huquqiy munosabat hisoblanadi. Demak, kreditor faqat muayyan shaxsdan 
yoki  shaxslarga  nisbatan  talab  qo‘yish  huquqiga  ega.  Majburiyat 
munosabatlarda  kreditorning  talab  qilish  huquqi  va  shunga  muvofiq 
qarzdorni burchi nimaga qarata yo‘naltirilgan bo‘lsa u majburiyat obyekti 
hisoblanadi.  Masalan,  huquq  va  majburiyatlar  biron-bir  ashyoni  olishga, 
topshirishga,  muayyan  pulni  to‘lashga,  ishni,  xizmatni  ijro  etilishiga 


211 
 
qaratilgan  yuridik  harakatlardan  yoxud  muayyan  harakatlarni  sodir 
etishdan o‘zini tiyish xulq-atvoridan iborat bo‘lishi mumkin. 
Majburiyat  huquqi  –  mol-mulkni  topshirish,  ishlarni  bajarish, 
xizmat koʻrsatish yoki pul toʻlash yoki muayyan harakatdan oʻzini tiyib 
turish  bilan  bogʻliq  boʻlgan  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  soladigan 
fuqarolik-huquqiy normalar yigʻindisidir. 
 
Majburiyat  huquqi  jamiyatda  mulkiy  munosabatlarning  eng  muhim 
va  keng  sohasini,  oʻzining  fuqarolik-huquqiy  tusidagi  qoidalari  bilan 
tartibga  soladi.  Jamiyatdagi  majburiyatga  oid  huquqiy  munosabatlar 
fuqarolar  va  tashkilotlarning  xilma-xil  ehtiyojlarini  qondirish,  ta’minlash 
maqsadlarida oʻrnatiladi. Majburiyatlar toʻgʻrisidagi normalar mulkning 
bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtishini, ishlab chiqarish va maishiy xizmat 
koʻrsatish  korxonalari  orqali  xilma-xil  xizmatlar  koʻrsatilishini  tartibga 
soladi.  Majburiyatlar  vositasida  mulk  va  mulkiy  huquqlar  qoʻriqlanishi 
ta’minlanadi,  fuqaroning  sogʻligʻiga  zarar  yetkazilganda  koʻrilgan 
zararlar qoplanadi va hokazo.  
Majburiyat huquqi tizimi ikki asosiy bo‘limdan, ya’ni majburiyatlar 
to‘g‘risidagi  umumiy  qoidalar  va  majburiyatlarning  alohida  turlariga  oid 
maxsus qoidalardan iboratdir. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish