Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   205
 
15-MAVZU. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY 
HUQUQLARNI HIMOYA QILISH 
 
Mulk  huquqini  himoya  qilish  tushunchasi  va  usullari.  Vindikatsion 
va  negator  da’volar.  Mulkiy  huquqini  fuqarolik  huquqi  normalari  bilan 
himoya qilishning boshqa usullari. 
 
Mulk huquqini himoya qilish tushunchasi va usullari 
 
Oʻzbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasiga  muvofiq,  mulkdor 
mulkiga  oʻz  hohishicha  egalik  qiladi,  undan  foydalanadi  va  uni  tasarruf 
etadi.  Mulkdor  faqat  qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibdagina 
mulkidan  mahrum  etilishi  mumkin.  Uning  bu  huquqini  mahrum  etishga 
hech kim haqli emas. Ammo ijtimoiy turmushda, hayotda shunday holatlar 
boʻladiki,  mulkdorning  bu  huquqiga  daxl  qilinadi,  tajovuz  qilinadi.  Bu 
holatda  mulkdor  yoki  mulkdor  boʻlmagan  ega  mulk  huquqi  va  boshqa 
ashyoviy  huquqlarni  himoya  qiluvchi  usullardan  foydalangan  holda  oʻz 
buzilgan huquqlarini tiklashga harakat qiladi.  
Mulk  huquqi  himoya  etilmas  ekan,  mulkiy  munosabatlar  normal 
tarzda  rivojlana  olmaydi.  Shu  sababli  davlat  turli  huquq  normalari  orqali 
mulkdorning  mulkka  boʻlgan  huquqini  himoya  etilishini  kafolatlaydi. 
Mulkdor  faqat  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  asoslar  va  tartibdagina 
mulkidan mahrum etilishi mumkin.  
Mulk  huquqini  himoya  qilishda  Fuqarolik  huquqi  normalari  muhim 
rol  oʻynaydi.  Mulk  huquqini  himoyasini  ta’minlashda  fuqarolik  huquqi 
me’yorlari  turli  xil  vazifalarni  bajaradi.  Ba’zi  bir  me’yorlar  moddiy 
ne’matlarning  u  yoki  bu  shaxslarga  tegishli  ekanligini  mustahkamlaydi. 
Mulk  huquqini  vujudga  kelishi  va  bekor  boʻlishi  haqidagi  me’yorlar 
shunday  meyoʻyorlar  jumlasiga  kiradi.  Ikkinchi  guruh  me’yorlari  esa 
mulkdorga  tegishli  huquqlarni  amalga  oshirish  uchun  lozim  boʻlgan 
sharoitlarni ta’min etsa, nihoyat uchinchi guruh me’yorlari mulk huquqini 
bevosita  barcha  uchinchi  shaxslarning  ta’siridan  qoʻriqlash  va  himoya 
etish  vazifasini  bajaradi.  Bunday  me’yorlarga  mulkdorga  yetkazilgan 


199 
 
moddiy  zarar  uchun  javobgarlikni  belgilovchi  me’yorlarni  kiritish 
mumkin
1
.  
Mulk  huquqi  va  boshqa  ashyoviy  huquqlarni  fuqarolik  -  huquqiy 
himoya  qilish  deganda  –  bu  huquqlarga  qarshi  qilingan  buzilishlarni 
bartaraf  etish,  mulkdorning  mulkiy  manfaatlarini  tiklash  va  himoya 
qilishga  qaratilgan  fuqarolik  qonunchiligida  belgilangan  vositalar 
yigʻindisi tushuniladi.  
 
Mulk  huquqini  uchinchi  shaxslar  tomonidan  buzilishining  xarakteri 
va  mazmuniga  qarab  mulk  huquqini  himoya  qilish  turli  usullarga 
turkumlanadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish 
quyidagi guruhlarga boʻlinadi:  
1.  Mulk  huquqini  ashyoviy  huquqlar  bilan  himoya  qilish.  Bu  usul 
mulk  huquqini  mutlaq  subyektiv  huquq  sifatida  himoyalab  hech  qanday 
aniq majburiyatga bogʻliq boʻlmagan holatda mulkdorning oʻziga tegishli 
boʻlgan  ashyoga  egalik  qilish,  foydalanish  va  tasarruf  etish  huquqini 
tiklash  yoki  bu  huquqlarni  amalga  oshirishga  toʻsqinlik  qiladigan 
holatlarni  bartaraf  etish  tushuniladi.  Ashyoviy-huquqiy  usullarga  mol-
mulkni  birovning  qonunsiz  egaligidan  talab  qilish  da’vosi  (vindikatson 
da’vo),  egalik  qilish  huquqining  bekor  qilinishi  bilan  bogʻliq  boʻlmagan 
huquqbuzarliklarni  bartaraf  etishni  talab  qilish  da’vosi  (negator  da’vo), 
mulk  huquqini  tan  olish  toʻgʻrisidagi  da’volar  kiradi.  Aniqroq  qilib 
aytganda,  mulk  huquqi  aniq  subyektiv  huquq  sifatida  faqat  ashyoviy-
huquqiy usullar bilan himoya qilinadi.  
Mulk  huquqini  himoya  qilishni  aynan  “ashyoviy  huquqlar”  bilan 
bogʻlanishi mulkiy huquq buzilishi natijasida ham mulkdor kelajakda oʻz 
mulkini  aynan  oʻzini  ashyoviy-natura  shaklda  qaytarib  olishi  mumkin 
boʻladi  yoki  mulkiy  huquqlarini  amalga  oshirish  jarayonida  yuzaga 
kelayotgan  toʻsqinliklarni  bartaraf  etilishi  uchun  “kurashadi”.  Buning 
oqibatida  mulk  ashyoviy  koʻrinishda  mulkdor  tasarrufida  qolishi 
ta’minlanadi  yoki  tiklanadi.  Mulk  qonunsiz  egalikdan  talab  qilish 
jarayonida  ashyoviy  koʻrinishda  qaytarilish  imkoni  boʻlmasa,  u  holda 
mulkiy  himoya  ashyoviy  huquqlar  bilan  himoya  qilish  usullari  tarkibiga 
kirmaydi.  
2.  Majburiyat-huquqiy  usullar  bilan  himoya  qilish.  Bu  usullarga 
mulkdorga  yetkazilgan  zararni  qoplash,  asossiz  orttirilgan  mol-mulkni 
qaytarish,  shartnoma  boʻyicha  olingan  ashyoni,  agar  shartnoma  boʻyicha 
                                                           
1
  Эргашев  В.Ё.  Ўзбекистон  Республикасида  мулк  ҳуқуқининг  долзарб  муаммолари  ва  ривожланиш 
истиқболлари. –Тошкент: ТДЮИ, 2009. -157 б. 


200 
 
ashyo  ma’lum  muddatga  foydalanishga  berilgan  boʻlsa,  qaytarish  kabi 
mulk  huquqini  himoyalovchi  usullar  misol  boʻladi.  Ushbu  usullarning 
barchasi uchun ularning asosini tashkil etuvchi omillar mulk huquqiga ega 
boʻlmay,  balki  boshqa  huquqiy  institutlarga  tegishli  subyektiv  huquqlar 
xosdir.  Masalan,  mulkdor  oʻziga  tegishli  mulkni  ijaraga  berib,  ijara 
muddati tugagandan soʻng, ijaraga oluvchi mulkni mulkdorga qaytarmasa, 
mulkdorning huquqi mulk huquqi normalari bilan emas, shartnoma huquqi 
normalari  bilan  himoya  qilinadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  majburiyat-
huquqiy  usullar  mulk  huquqini  bevosita  emas,  balki  soʻnggi  natijaga 
bogʻliq  holatda  himoya  qiladi  hamda  majburiyat  bajarilmasligi  oqibatida 
mulk  huquqini  buzilishidan  himoyalanish  orqali  namoyon  boʻladi.  Bir 
qator  holatlarda,  jumladan,  mulk  nobud  boʻlganda  mulk  huquqi  oʻz-
oʻzidan  bekor  boʻladi.  Bunda  majburiyat-huquqiy  usullar  mulk  huquqini 
himoya qilishga emas, mulkdorning mulkiy manfaatlarini himoya qilishga 
qaratiladi.  
3.  Fuqarolik  huquqining  turli  institutlari  bilan  himoya  qilish.  Bu 
guruhga  mulk  huquqini  fuqarolik-huquqiy  himoya  qilishning  shunday 
usullari 
kiradiki, 
ular 
ashyoviy 
huquq 
va 
majburiyat-huquqiy 
munosabatlarga  aloqador  boʻlmasdan,  fuqarolik  huquqining  turli 
institutlaridan kelib chiqadi. Bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb e’lon 
qilingan  fuqaroning  qaytib  kelishi  natijasida,  uning  mulkiy  huquqlarini 
himoya  qilish  haqidagi  normalar,  bitim  haqiqiy  emas  deb  topilganda; 
taraflarning  mulkiy  huquqlarini  himoya  qilish,  garov  saqlovchining 
javobgarligi  haqidagi,  meros  qilib  qoldirilgan  mol-mulkni  saqlovchi  yoki 
vasiyga  berilgan  vasiylik  ostidagi  shaxsning  mol-mulkini  nobud  boʻlishi 
va yoʻqolishi haqidagi qoidalar fikrimizni isbotlaydi.  
Bu himoya usuli orqali mulk huquqi bilvosita himoya qilinadi.  
4.  Mulk  huquqining  bekor  boʻlishini  qonun  hujjatlarida  nazarda 
tutilgan  asoslarda  himoya  qilish.  Mazkur  maxsus  usul  bilan  bogʻliq 
fuqarolik-huquqiy  usullarga,  bevosita  mulk  huquqi  bekor  boʻlishi 
oqibatida  yuzaga 
keladigan  huquqbuzilishlarini 
fuqarolik  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  me’yorlar  orqali  himoyalash  usullari  kiradi. 
Bunga,  xususan,  davlat  tomonidan  shaxslar  mulkining  davlat  ixtiyoriga 
noqonuniy oʻtkazilishidan himoyalovchi kafolatlar kiradi.  
 
 
 
 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish