Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   205
 
Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash 
 
Ulushli mulkdagi mol-mulkni taqsimlash deganda mazkur mol-mulk 
qismlarining  sherik  mulkdorlarni  har  birining  egaligiga  ularning  umumiy 
mulk  huquqidagi  ulushlariga  mutanosib  ravishda  oʻtishiga  va  ushbu  mol-
mulkka  nisbatan  umumiy  ulushli  mulkchilikning  tugatilishiga  aytiladi. 
Umumiy  mulkdan  ulush  ajratish  –  ushbu  mulkni  bir  qismining  umumiy 
mulk  ishtirokchisining  mulkiga  uning  umumiy  mulk  huquqidagi  ulushiga 
mutanosib  ravishda  oʻtishiga  va  bu  shaxs  uchun  umumiy  mulkdagi 
ulushga  nisbatan  huquqning  bekor  boʻlishiga  aytiladi.  Taqsimlash  ham, 
ajratish  ham  umumiy  ulushli  mulk  ishtirokchilarining  oʻzaro  kelishuvi 
boʻyicha  amalga  oshishi  mumkin.  Bunda  ularni  har  birining  oʻz  ulushini 
ajratishni  talab  qilish  huquqi  boʻladi.  Mazkur  huquqni  amalga  oshirish 
uchun ulushli mulkni boshqa ishtirokchilarining roziligi talab etilmaydi.  
Ulushli mulkchilikda boʻlgan mol-mulkning turi uni taqsimlash yoki 
undan  ulush  ajratishning  tartibiga  ta’sirini  koʻrsatadi.  Mol-mulk,  basharti 
qonunda  yoʻl  qoʻyilsa  va  mol-mulkka  nomutanosib  zarar  etmasa,  natura 
shaklida  taqsimlanishi  mumkin.  Xuddi  shunday  shart-sharoitda  ulushni 
ham  naturada  ajratish  imkoni  boʻladi.  Agar  natura  shaklida  mol-mulkni 
taqsimlashga  yoki  ulush  ajratishga  yoʻl  qoʻyilmasa,  gap  boshqa  usullar 
ustida  ham  borishi  mumkin,  masalan,  butun  mol-mulkni  sotib,  tushum 
summasini  ulushlar  boʻyicha  taqsimlash  yoki  ajralayotgan  sherik 
mulkdorga uning ulushi qiymatini toʻlab berish.  


193 
 
Boʻlinmas  ashyo  natura  shaklida  taqsimlanishi  mumkin  emas. 
Taqsimlash ashyoni sotish va umumiy mulkni har bir ishtirokchisiga uning 
umumiy mulk huquqidagi ulushiga mutanosib boʻlgan pul xissasini toʻlash 
yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ulush sherik mulkdorlar tomonidan umumiy 
mulkning ajralib chiqayotgan ishtirokchisiga tegishli pul badalini xissasini 
toʻlash yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.  
Natura  shaklida  umumiy  mulkni  taqsimlash  (ulush  ajratish)ning 
imkoni  boʻlmaganda  muqobil  yoʻl  sifatida  mol-mulkka  (undagi  ulushga) 
mulk  huquqini  saqlab  qolayotgan  bir  yoki  bir  necha  sherik  mulkdor 
tomonidan  boshqa  sherik  mulkdor(lar)ga  pul  badalini  toʻlash  (bunda  ular 
badal olganidan soʻng bu huquqni yoʻqotadilar) boʻlishi mumkin.  
Bundan tashqari, pul yoki oʻzga  turdagi badalni (xissani) toʻlash va 
mol-mulkni natura shaklida taqsimlashni yoki ulushni ajratishni toʻligʻicha 
oʻrnini bosmasdan, balki ular bilan birga kelishi mumkin, masalan, bunda 
naturada ajratilayotgan  mol-mulkning ulushli  mulk ishtirokchisining ideal 
miqdordagi  ulushiga  mutanosibligiga  rioya  qilishning  imkoni  boʻlmasa, 
qolgan qismi pul badali yoki ishtirokchi roziligi bilan boshqacha mol-mulk 
tarzida beriladi. Badalning miqdori taraflarning kelishuvi bilan, kelishuvga 
erishilmagan  taqdirda,  sud  tomonidan  belgilanadi,  zarur  boʻlsa,  baholash 
faoliyati  boʻyicha  mutaxassislar  jalb  qilinadi,  bunda  taqsimlash  paytida 
umumiy  mulkning  real  qiymatidan  kelib  chiqilib,  naturada  taqsimlashni 
texnikaviy  ta’minlash  uchun  sarflanadigan  xarajatlar  hamda  bunday 
taqsimlash  natijasida  umumiy  mulkning  yomonlashish  ehtimoli  hisobga 
olinadi.  
Basharti ulushli mulk ishtirokchilari taqsimlash va ajratishning usuli 
va  shartlari  toʻgʻrisida  oʻzaro  bir  toʻxtamga  kelmasalar,  yuzaga  kelgan 
nizo, fuqarolik huquqi toʻgʻrisidagi nizo sifatida sud tartibida hal etilmogʻi 
kerak.  Bunda  xissasi  ajralib  chiqayotgan  sherik  mulkdor  umumiy  qoida 
boʻyicha oʻzining ulushini aynan natura shaklida ajratilishini talab qilishga 
haqlidir.  Qachonki  bunday  ajratishni  ulushga  nisbatan  aniq  bajarishni 
imkoni  boʻlmasa,  bu  nomutanosiblik  tegishli  pul  summasini  toʻlash  yoki 
oʻzga  tartibda  badal  toʻlash  usuli  bilan  bartaraf  etiladi.  Naturadagi  ulush 
huquqidagi 
ulushdan 
ortib 
ketish-ketmasligiga 
bogʻliq  ravishda 
kompensatsiyani  toʻlash  boʻyicha  majburiyat  ulushli  mulkni  boshqa 
ishtirokchilarining  foydasiga  ajralib  chiqayotgan  sherik  mulkdor 
zimmasiga,  yoki  aksincha,  ajralayotgan  sherik  mulkdor  foydasiga  boshqa 
sherik mulkdorlar zimmasiga yuklatiladi.  
Sud  amaliyotida  arzimas  ulushga  ega  sherik  mulkdor  uni  ajratib 
berishni  talab  qiladigan  holatlar  koʻp  uchrab  turadi  (masalan,  uch  xonali 


194 
 
xonadonda 1/16 ulushga ega  merosxoʻr uni ajratib berishni soʻraydi). Bu 
holda  sud  arzimagan  ulushga  ega  mulkdorga,  uning  roziligisiz, 
kompensatsiya  toʻlab  berishni  boshqa  sherik  mulkdorlar  zimmasiga 
yuklashga  haqli.  Ulushning  qanchalik  darajada  arzimasligini  sud 
belgilaydi. 
 
 
  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish