Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   205
Umumiy
 
mulk turlari 
 
Ulushli mulk (mol-mulk 
mulkdorlardan har birining mulk 
huquqidagi ulushi aniqlab 
qo'yilgan bo'ladi)
 
Birgalikdagi mulk (ulushlari 
aniqlab qo'yilmagan) 


189 
 
Ulushlar  tengligining  prezumptsiyasi  tom  ma’noda  umumiy  ulushli 
mulkka  nisbatan  mustahkamlangan  boʻlsa  ham,  u  umumiy  birgalikdagi 
mulkka  nisbatan  ham,  qachonkim  u  ajratilgan  yoki  taqsimlangan  holatda 
barchaning yoxud faqat ajralayotgan sherik mulkdorning ulushini aniqlash 
zarurati vujudga kelganda amal qilaveradi. Bu xulosa Oila kodeksining er-
xotinning umumiy birgalikdagi mulkiga doir, shuningdek, dehqon xoʻjaligi 
a’zolarining umumiy birgalikdagi mulkiga doir normalarida oʻz tasdigʻini 
topadi.  
Kelishuv  bilan  ulushni  aniqlash  tartibi  belgilab  qoʻyilishi  mumkin. 
Bu  holda  u  barcha  ishtirokchilar  uchun  majburiy  boʻlib  qoladi  va  ular 
ulush miqdorini kelishuvda koʻrsatilganidan boshqacha tarzda hisob-kitob 
qilishga haqli emaslar.  
Basharti  ulush  miqdorining  umumiy  mulk  obyektiga  qoʻshilgan 
hissaga  bogʻliqlik  sharti  toʻgʻridan-toʻgʻri  qayd  etilmagan  boʻlsa,  ammo 
taraflarning  munosabatlari  shunday  shartni  faraz  qilsa,  u  holda  ulush 
miqdori  kiritilgan  hissani  e’tiborga  olib  tegishli  kelishuvga  erishish  yoʻli 
bilan, erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilanadi.  
Bundan tashqari, ulushlar tengligi prezumpsiyasidan chekingan holda 
umumiy  ulushli  mulk  ishtirokchilarining  kelishuviga  muvofiq  ularning 
ulushlari  har  bir  shaxsning  umumiy  mol-mulkni  vujudga  keltirish  va 
orttirishga  qoʻshgan  hissasiga  muvofiq  aniqlanishi  belgilab  qoʻyilishi 
mumkin.  Ushbu hissa nafaqat umumiy  mulkni tashkil etish paytida, balki 
uning  mavjudligi  va  faoliyatining  keyingi  bosqichlarida  ham  unga 
kiritilgan moddiy, mehnat va oʻzga qoʻyilmalarni hisobga olib aniqlanishi 
mumkin.  Bunday  vaziyat,  taraflar  oʻz  hissalarini  birlashtirib,  umumiy 
xoʻjalik  maqsadiga  yetish  uchun  birgalikda  harakat  qilishni  boshlaydigan 
oddiy  shirkat  shartnomasini  tuzishda  yuzaga  keladi.  Birgalikdagi  faoliyat 
mobaynida  har  bir  ishtirokchining  umumiy  mulkka  qoʻshgan  hissasi 
sezilarli darajada oʻzgarishi mumkin.  
Ulushlarning  miqdorini  aniqlash  toʻgʻrisidagi  umumiy  qoidalarni 
rivojlantirgan  holda  Oʻzbekiston  Respublikasi  FK  217-moddasining 
uchinchi  qismi  bunda  umumiy  mulkka  ajralmas  yoki  ajraladigan 
yaxshilashlar kiritilganini hisobga olishni taklif etadi.  
Yaxshilash  deganda  qonun  chiqaruvchi  mol-mulkning  qiymatini 
oshirgan  yoki  uning  iste’mol  xususiyatlarini  qulaylashtirgan  oqilona  va 
oʻrinli oʻzgartirishlarni tushunadi.  
Ajratib  olinadigan  deb  ashyodan  unga  sezilarli  ziyon  yetkazmasdan 
ayirib  olish  mumkin  boʻlgan  yaxshilashlar  tan  olinadi.  Basharti  bunday 
ajratib  olish  zararni  yetkazsa  uning  boshlangʻich  holatiga  nisbatan 


190 
 
ashyoning  yomonlashuvi  muqarrar  boʻlsa,  yaxshilashlar  ajratib 
olinmaydigan deb hisoblanadi.  
Agar  ulushli  mulk  ishtirokchisi  belgilab  qoʻyilgan  tartibga  amal 
qilgan  holda  umumiy  mol-mulkni  oʻz  hisobidan  ajratib  olish  mumkin 
boʻlmaydigan tarzda yaxshilagan boʻlsa, u mol-mulk qiymatining ortishiga 
mutanosib ravishda oʻz ulushining tegishli darajada koʻpaytirilishini talab 
qilishga  haqli  boʻladi.  Bundan  xulosa  shuki,  belgilab  qoʻyilgan  tartibga 
amal  qilinmagan  boʻlsa  (masalan,  mol-mulkka  yaxshilash  kiritish  uchun 
barcha  sherik  mulkdorlarning  roziligi  olinmagan  boʻlsa),  sherik  mulkdor 
oʻz  ulushi  miqdorini  koʻpaytirilishiga  haqli  boʻlmaydi.  Yaxshilashlar 
ajratib  olinadigan  boʻlsa,  sherik  mulkdor  yaxshilash  kiritish  uchun 
umumiy  mulkning  boshqa  ishtirokchilarini  roziligini  soʻrashi  shart  emas, 
chunki yaxshilashlar umumiy  mulkka ziyon yetkazmasdan ajratib olinishi 
mumkin boʻladi. Ajratib olinadigan yaxshilashlarning taqdiri barcha sherik 
mulkdorlarning  roziligi  boʻyicha  aniqlanadi.  Ular  yaxshilashni  kiritgan 
shaxsga  umumiy  mulkdagi  ulushlarni  oʻzgartirmagan  holda  tegishli 
kompensatsiya  toʻlash;  yaxshilashni  kiritgan  sherik  mulkdorning  ulushini 
koʻpaytirish va h.k. toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin. Bunday kelishuv 
boʻlmasa  ajratib  olinadigan  yaxshilashlar  ularni  kiritgan  shaxsning 
mulkiga oʻtadi.  
Ulushli  mulkdagi  mol-mulk  uning  barcha  ishtirokchilarining 
kelishuvi  bilan  tasarruf  etiladi.  Amaldagi  FK  ulushli  mulkchilikdagi  mol-
mulk  hamda  ushbu  mol-mulkka  nisbatan  mulk  huquqi  ulushini  tasarruf 
etishning  turli  tartibi  belgilangan.  Jumladan,  birinchi  holatda  umumiy 
mulkni barcha ishtirokchilarining roziligi talab qilinsa, ikkinchi holda esa 
ulushli mulk mulk ishtirokchisi ulushini oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf qilishi 
mumkin.  Mol-mulkni  tasarruf  qilish  deb  unga  nisbatan  har  qanday 
bitimlarni tuzish, shuningdek, mol-mulkka nisbatan oʻzga tasarrufiy  xatti-
harakatlarni  (uni  oʻzgartirish,  qayta  qurish,  mulkdan  voz  kechish,  mol-
mulkni buzish va sh.k.) sodir etishga aytiladi. 
Umumiy  mulkni  tasarruf  etishda:  umumiy  mulk  huquqining  bir 
ishtirokchisi  –  bitta  ovoz  tamoyili  amal  qiladi.  Ulushni  miqdori  inobatga 
olinmaydi;  barcha  sherik  mulkdorlarning  bir  ovozdan  qabul  qilgan  qarori 
zarur  boʻladi.  Kelishuv  boʻlmagan  taqdirda  nizo  sherik  mulkdorlardan 
istalgan birining da’vosi bilan sudda hal etilishi mumkin.  
Umumiy qoida boʻyicha, ulushni tasarruf etish uchun boshqa sherik 
mulkdorlarning roziligi talab etilmaydi. Ulushli mulkning ishtirokchisi oʻz 
xohish-ixtiyori  bilan  mulk  huquqidagi  ulushini  sotishi,  sovgʻa  qilishi, 
vasiyat  qilib  qoldirishi,  garovga  berishi  yoki  boshqacha  tarzda  tasarruf 


191 
 
qilishi  mumkin.  Haq  olib  tasarrufdan  chiqarishda  ulushli  mulk 
ishtirokchilari tomonidan ulushni imtiyozli sotib olish huquqi amal qiladi.  
Ishtirokchilardan  biri  tomonidan  umumiy  ulushli  mulkdagi  mol-
mulkni tasarruf qilishga oid bitimlar yoki oʻzga harakatlarning sodir etishi 
boshqa  ishtirokchilarning  roziligi  boʻlmaganda  bunday  bitimlarning  oʻz-
oʻzidan  haqiqiy  emasligiga  olib  keladi,  shu  bilan  u  birgalikdagi  mulk 
boʻlgan  mol-mulkka  nisbatan  sodir  etilgan  bitimlarning  nizoli  ekanligini 
nazarda tutuvchi fuqarolik normasi qoidasidan farqlanadi.  
Agar umumiy mulkni tasarruf qilish, avvalo, uchinchi shaxslar bilan 
bitimlar  tuzishni  nazarda  tutsa,  umumiy  mulkka  egalik  qilish  va  undan 
foydalanish  ishtirokchilar  oʻrtasidagi  mol-mulkning  oʻziga,  uning  foydali 
xususiyatlarini  chiqarib  olishga,  ashyo  ustidan  hukmronlik  qiliishga  doir 
munosabatlarni qamrab oladi.  
Bunda  umumiy  mulkchilikda  boʻlgan  mol-mulkka  egalik  qilish  va 
undan  foydalanish,  shuningdek,  uni  tasarruf  etish  ham  barcha 
ishtirokchilarning  kelishuviga  koʻra,  ulardan  hech  boʻlmasa  birining 
e’tirozi boʻlgan taqdirda esa sud belgilagan tartibda amalga oshiriladi.  
Mol-mulkka  egalik  qilish  uning  ustidan  toʻliq  jismoniy  nazoratdan 
iboratdir.  Mol-mulkni  qoʻriqlash,  turarjoyda  istiqomat  qilish  yoki 
turarjoyga  moʻljallanmagan  binoda  turish  egalikning  shakllari  boʻlishi 
mumkin.  Egalik  barcha  ishtirokchilar  tomonidan  umumiy  kelishuvga 
muvofiq  amalga  oshiriladi.  Barcha  ishtirokchilarning  ashyoga  teng 
erishuvi (foydalanishi) kelishuvda nazarda tutilishi shart emas. Agar hech 
boʻlmaganda  bitta  ishtirokchi  umumiy  rozilik  bilan  ashyoni  nazorat 
qilayotgan  boʻlsa,  egalik  amalga  oshirilyapti  deb  hisoblanishi  mumkin. 
Shunga  muvofiq,  uchinchi  shaxslar  tomonidan  egalikning  buzilishi 
ishtirokchilardan  istalgan  biri  tomonidan  huquqbuzarga  qarshi  qaratilgan 
egalikni  (mulk  huquqini)  himoyalash  toʻgʻrisida  da’vo  kiritish  huquqini 
beradi.  
Ulushli  mulkning ishtirokchilari  umumiy  mulkdan  yaxlit  holda  yoki 
uning ayrim qismlaridan foydalanishlari va unga egalik qilishlari mumkin. 
Tanlov,  odatda,  umumiy  mulk  huquqi  obyektiga  bogʻliq  boʻladi. 
Boʻlinmas ashyolar yagona birlik sifatida ishlatiladi. Masalan, bir yoki bir 
necha  qishloq  xoʻjalik  tovarlari  ishlab  chiqaruvchilarning  umumiy  mulki 
sifatida xarid qilingan murakkab texnika har bir sherik mulkdor tomonidan 
mulk  huquqidagi  ulushiga  muvofiq  muayyan  vaqt  ishlatiladi.  Umumiy 
ulushli  mulkdagi  xonadonga  ega  oila  a’zolari  xonalardan  bir  qismini 
alohida  (masalan,  yotoqxona,  kabinet  va  x.k.),  boshqa  qismidan  esa 
(vannaxona, oshxona, karidor va x. k.) birgalikda foydalanadilar.  


192 
 
Ishtirokchilar  tomonidan  egalik  mulkdorlar  sifatida  amalga 
oshiriladi, shu sababli ular, oʻzlari uchun egalik qilgan holda, bir paytning 
oʻzida  ashyodan  foydalanish  huquqini  amalga  oshirmoqda,  uni  saqlash 
boʻyicha  majburiyatlarni  bajarmoqda  va  boshqa  jihatlardan  ham  oʻzlarini 
uning mulkdori sifatida tutishyapti deb faraz qilinadi. Demak, mol-mulkni 
ishtirokchiga  (ulush  egasiga)  egalikka  yoki  foydalanishga  ajratish  bir 
paytning oʻzida shu mol-mulkka nisbatan mulkdorning barcha huquqlarini 
alohida  kelishuvsiz  amalga  oshirishni  bildiradi.  Ammo  ashyodan  foydani 
unga  egalik  qilmasdan  ham  chiqarib  olishning  imkoni  boʻlsa,  bu  holda 
foydalanish alohida kelishuv predmetiga aylanishi mumkin.  
Sherik  mulkdorlar  ulushlarining  miqdori  nafaqat  umumiy  mulkka 
egalik  qilish  va  undan  foydalanishda,  hosil,  mahsulot  va  daromadlarni 
taqsimlashda,  balki  uni  saqlab  turish,  asrash  xarajatlarni  koʻtarishda  ham 
jiddiy ahamiyat kasb etadi. Har bir sherik mulkdor oʻz ulushiga mutanosib 
ravishda  umumiy  mulkni  saqlash  boʻyicha  xarajatlarda  ishtirok  etishi 
shart.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish