223
masalan, birov uchun toʻlangan pulning qaytarish toʻgʻrisidagi talabni
bildiradi. Qaytarma majburiyat sheriklik va qoʻshimcha majburiyatlarni
bajarishdan kelib chiqadi. Sherik qarzdorlardan biri kreditorga nisbatan
majburiyatni toʻla hajmda bajarib, keyinchalik ular uchun toʻlangan
summani, qilingan ish xarajatlarini qolgan qarzdorlardan qaytarma talab
asosida qoplata oladi. Odatda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda regress
majburiyatlar asosiy majburiyatni qarzdor oʻrniga uchinchi shaxslar
bajarganda yoki uchinchi shaxsning aybi bilan majburiyat bajarilmagan
hollarda yuzaga keladi.
Regress majburiyat oʻziga xos quyidagi belgilari bilan ta’riflanadi:
a) regress majburiyat asosiy majburiyatning hosilasi
hisoblanadi;
b) unda ishtirok etuvchilarning bittasi yoki barchasi asosiy
majburiyatning subyektlaridan hisoblanadi;
v) asosiy majburiyatni regress majburiyat taraflaridan biri tomonidan
bajarilishi yoki regress majburiyatning oʻzini vujudga kelishi, unda
ishtirok etuvchi shaxslarning harakati yoki harakatsizligi bilan bogʻliq.
Regress majburiyat boʻyicha qatnashuvchi kreditor
regredient deb
ataladi. U albatta asosiy majburiyatda qatnashuvchi hisoblanadi. Regress
majburiyat boʻyicha qarzdor
“regressatom” deb nomlanadi. Regressatom
asosiy majburiyatda qatnashgan yoki qatnashmagan boʻlishi ham mumkin,
lekin asosiy majburiyatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uning muayyan
harakatlarni amalga oshirishi yoki oshirmasligiga, shuningdek regredient
uchinchi shaxs oldidagi vazifasini bajarilishiga bogʻliq
1
.
Qaytarma (regress) majburiyat deb, bir taraf ikkinchi taraf uchun
uchinchi shaxs oldida bajargan majburiyatni qaytarish toʻgʻrisida talab qila
olish huquqiga aytiladi. Regress (qaytarma) talabda ham boshqa
majburiyatlar singari ikki taraf ishtirok etadi. Masalan, qarz shartnomasiga
asosan, qarzdorlardan biri qarzni toʻla hajmda toʻlasa, qarz majburiyati
bekor boʻladi. Lekin boshqa qarzdorlar uchun qarzni toʻlagan qarzdor
ulardan tegishli summani undirish uchun qaytarma talab qila oladi. Agar
majburiyatni toʻla hajmda bajargan qarzdor bu toʻgʻrida boshqa sherik
qarzdorlarini ogohlantirmasa, sherik qarzdorlar majburiyatni bajarmagan
boʻlsa, zarar koʻrgan qarzdor qolgan qarzdorlarga nisbatan qaytarma da’vo
qoʻzgʻata olmaydi. U faqat kreditorga nisbatangina uning asossiz olganini
qaytarishi toʻgʻrisida da’vo qila oladi. Qaytarma talab uchinchi shaxsga
nisbatan qilingan xarajatning umumiy miqdoridan oshmasligi kerak.
Qaytarma majburiyat xoʻjalik tashkilotlari oʻrtasidagi munosa-
batlarda koʻproq tarqalgan. Chunonchi, mahsulot yetkazib beruvchi
tashkilotdan sotib oluvchi tashkilotga mahsulot sifatsiz boʻlgani uchun
jarima toʻlaganida, bunday sanksiyaga (jarima) tortilishi mahsulot
1
Раҳмонқулов Ҳ. Мажбурият ҳуқуқи. –Т. ТДЮИ, 2005. –B.46.
224
tayyorlovchi tashkilotning shartnoma shartlarini buzganligi sababli
vujudga kelganligi koʻrsatilib, keyinchalik bu jarima summasining oʻziga
qaytarilishi toʻgʻrisida mahsulot tayyorlovchi tashkilotga qaytarma da’vo
qoʻzgʻata oladi.
Binobarin, qaytarma da’vo tashkilotlar oʻrtasida har bir xoʻjalik
yurituvchi subyektning oʻz majburiyatiga nisbatan javobgarligini oshiradi
va u muayyan ahamiyatga ega boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: