Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   205
Majburiyatdagi shaxslarning oʻzgarishi 
 
Kreditorning  oʻzgarishi  majburiyatga  oid  huquqiy  munosabatlarda 
muayyan  subyektlar  oʻrtasida  vujudga  keladi.  Majburiyatni  bajarishda 
ishtirok etayotgan taraflar oʻrinlarini boshqa shaxs bilan almashinishlariga 
qonun  boʻyicha  yoʻl  qoʻyiladi.  Majburiyatda  qatnashuvchi  kreditor  ham, 
qarzdor ham boshqa shaxslar bilan almashinishlari mumkin.  
Kreditorning  almashinishi  deb,  majburiyatda  ishtirok  etayotgan 
kreditor  oʻz  oʻrnini  boshqa  shaxs  bilan  almashinishiga  aytiladi. 
Kreditorning talab qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazilishiga, agar bu 
qonun  yoki  shartnomaga  zid  boʻlmasagina  yoki  talab  kreditorning  shaxsi 
bilan  bogʻliq  boʻlmasagina  yoʻl  qoʻyiladi.  Fuqarolik  huquq  nazariyasida 
kreditorning  oʻzgarishi  “sessiya”,  sobiq  kreditor  esa  “sedent”  deb 
nomlanadi.  Agar  talab  kreditorning  shaxsi  bilan  chambarchas  bogʻlangan 
boʻlsa,  masalan,  FKning  314-moddasida  koʻrsatilganidek,  alimentlar  va 
hayotga  yoki  sogʻliqqa  yetkazilgan  zararni  toʻlash  toʻgʻrisidagi 
talablarning boshqa shaxsga oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.  
Ba’zi hollarda, talab qilish huquqini oʻtkazishga shartnoma boʻyicha 
ham  yoʻl  qoʻyilmaydi.  Masalan,  umrbod  ta’minlash  sharti  bilan  uy-joy 
(kvartira)ni  boshqa  shaxsga  bergan  shaxs  oʻzining  talab  qilish  huquqini 
boshqa shaxsga oʻtkaza olmaydi. FKning 318-moddasida koʻrsatilishicha, 
kreditorning  majburiyat  boʻyicha  huquqlari  boshqa  shaxsga  quyidagi 
hollarda oʻtadi: 
1) kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida
2)  kreditor  huquqlarini  boshqa  shaxsga  oʻtkazish  toʻgʻrisidagi 
sudning qaroriga muvofiq; 
3)  qarzdorning  majburiyati  ushbu  majburiyat  boʻyicha  qarzdor 
boʻlmagan kafil yoki garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilishi oqibatida
4)  sugʻurta  holati  boshlanishi  uchun  javobgar  boʻlgan  qarzdorga 
nisbatan kreditor huquqlarining sugʻurta qiluvchiga subrogatsiyasi (oʻtishi) 
natijasida; 
5) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.  
Talab qilish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazgan kreditor bu huquqni 
tasdiqlaydigan  hujjatlarni  ana  shu  shaxsga  topshirishga  majbur. 
Chunonchi, kreditor qarzdordan tilxat olgan boʻlsa, mazkur hujjatga talab 
qilish  huquqining  oʻtkazilganligini  yozib,  uni  yangi  kreditorga  topshirishi 


221 
 
lozim. Dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga oʻtkazilgan talabning 
qarzdor  tomonidan  bajarilmaganligi  uchun  javob  bermaydi,  dastlabki 
kreditor  yangi  kreditor  oldida  qarzdor  uchun  oʻz  zimmasiga  kafolatini 
olgan hollar bundan mustasno (FK 321-modda). 
Kreditorning  huquqlari  boshqa  shaxsga  oʻtishi  uchun,  agar  qonun 
yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdorning 
roziligi  talab  qilinmaydi.  Agar  qarzdor  kreditorning  huquqlari  boshqa 
shaxsga  oʻtganligi  haqida  yozma  ravishda  xabardor  qilinmagan  boʻlsa, 
yangi  kreditor  shu  tufayli  kelib  chiqqan  oʻzi  uchun  noqulay  oqibatlar 
xavfini  oʻz  zimmasiga  oladi.  Mazkur  holda  majburiyatning  dastlabki 
kreditorga  nisbatan  bajarilishi  tegishli  kreditorga  nisbatan  bajarish  deb 
hisoblanadi (FK 313-modda).  
Ba’zi  hollarda  normativ  hujjatlarning  oʻzida  ham  talab  qilish 
huquqini  umumiy  qoida  sifatida  oʻtkazishga  yoʻl  qoʻyilmasligi,  masalan, 
temir  yoʻl  ustavining  172-moddasida  temir  yoʻl  korxonasiga  talab, 
shikoyat yoki da’vo qoʻzgʻatish huquqini boshqa tashkilotga yoki fuqaroga 
oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatilishi bilan birga, qanday hollarda bu 
qoidadan istisnolar boʻlishligi ham aytilgan.  
Qarzdor  majburiyat  boʻyicha  huquqlar  yangi  kreditorga  oʻtganligi 
haqida  ogohlantirish  olgan  paytda  dastlabki  kreditorga  qarshi  e’tirozlarni 
yangi kreditorning talabiga qarshi qoʻya oladi (FK 317-modda). Masalan, 
majburiyatning  qisman  bajarilganligini  yoki  qarz  hujjatida  koʻrsatilgan 
summaning  olinmaganligini  koʻrsatib,  oʻz  e’tirozlarini  yangi  kreditor 
talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega.  
Qarzdorning  almashinishiga  kelsak,  majburiyatda  qatnashayotgan 
qarzdor  ham  oʻz  oʻrnini  boshqa  shaxs  bilan  almashish  huquqiga  ega. 
Qarzdor almashgani tufayli, yangi qarzdor  majburiyatli boʻlib qolishiga – 
qarzning (majburiyatning) koʻchirilishi deyiladi.  
Qarzdorning  oʻz  qarzini  boshqa  shaxsga  oʻtkazishiga  faqat  kre-
ditorning  roziligi  bilan  yoʻl  qoʻyiladi  (FK  322-modda).  Qarzdor  uchun 
qaysi kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishning farqi yoʻq boʻlsa ham, 
kreditor  uchun  kim  yangi  qarzdor  boʻlishining  ahamiyati  bor.  Avvalo, 
kreditorning  yangi  qarzdorning  mulkiy  holati,  ish  qobiliyati  hamda 
majburiyatni  bajarishga  qodir  boʻlish-boʻlmasligi  qiziqtiradi.  Agar, 
masalan,  yuqori  malakali  usta  ishni  bajarishni  oʻz  shogirdiga 
topshirmoqchi  boʻlsa,  kreditor  ish  manfaatlarini  koʻzlab,  bunga  rozi 
boʻlmasligi ham mumkin. Dastlabki qarzdor boshqa shaxsga majburiyatini 
oʻtkazganida, kreditorga nisbatan majburiyatni bajarishdan butunlay ozod 
boʻladi. Uning barcha majburiyati yangi qarzdor zimmasiga oʻtadi.  
Kreditor  bilan  dastlabki  qarzdor  oʻrtasidagi  munosabatlarga 
asoslangan  barcha  e’tirozlarni  yangi  qarzdor  kreditorning  talabiga  qarshi 


222 
 
qoʻya  oladi,  jumladan,  yangi  qarzdor  ham  dastlabki  qarzdor  kabi 
majburiyatning 
qisman 
bajarilganligini 
yoki 
qarzning 
qisman 
toʻlanganligini yoxud hujjatda koʻrsatilganga qaraganda kamroq summada 
olinganligini aytib, e’tirozlarini bildira oladi.  
Kreditor yangi qarzdordan majburiyatni toʻla hajmda bajarishni talab 
qila oladi, chunki majburiyatni koʻchirishda uning mazmuni oʻzgarmaydi. 
Masalan, qarz shartnomasida qarzdor almashsa, kreditor yangi qarzdordan 
toʻla hajmda toʻlanishini talab qila oladi.  
Agar  kafil  yoki  garovga  qoʻyuvchi  yangi  qarzdor  uchun  javobgar 
boʻlishiga rozilik bermasa, kafillik yoki uchinchi shaxs tomonidan berilgan 
garov qarzning boshqa shaxsga koʻchirilishi bilan bekor boʻladi.  
Qarzni  (majburiyatni)  koʻchirish,  koʻpincha  fuqarolarning  oʻzaro 
munosabatlarida  qoʻllaniladi.  Ammo  majburiyat  qarzdorning  shaxsi  bilan 
bogʻliq boʻlsa, qarzni koʻchirish mumkin emas.  
Yozma  shaklda  tuzilgan  bitimga  asoslangan  talab  qilish  huquqini 
oʻtkazish  va  qarzni  (majburiyatni)  koʻchirish  oddiy  yozma  shaklda 
qilinishi  lozim.  Agar  bitim  notarial  tasdiqlangan  va  davlat  roʻyxatidan 
oʻtkazilgan  boʻlsa,  u  holda  ushbu  tegishli  shaklga  rioya  qilingan  holda 
amalga  oshiriladi.  FKning  323-moddasida  qarzni  ham,  majburiyat 
boʻyicha ijroni ham bir paytda boshqa shaxsga oʻtkazish qoidalari nazarda 
tutilgan.  Bunga  asosan  qarzdorni  qarzni  toʻlash  majburiyatidan  ozod 
qilmagan holda qarzni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazishga 
ruxsat  beriladi.  Bu  holda  har  ikkala  qarzdor  majburiyatning  bajarilishi 
uchun sherik (solidar) javobgar boʻladi.  
Qarzdorning  uchinchi  shaxs  bilan  shartnomasi  asosida,  uchinchi 
shaxs majburiyatining bajarilishi boʻyicha kreditor oldida emas, balki faqat 
qarzdor oldida burchli boʻladi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish