Davlat qimmatli qog‘ozlari – O‘zbekiston Respublikasining g‘azna
majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat
bergan
organ
tomonidan
chiqarilgan
obligatsiyalar,
shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari.
O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari – emissiyaviy
qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga
pul mablag‘lari kiritganligini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog‘ozlarga
egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad
olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |