Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   205
 
b) Nomoddiy ne’matlar  
 
Moddiy  ko‘rinishdagi  ne’matlar  (ashyolar)  bilan  bir  qatorda 
nomoddiy  ne’matlar  ham  fuqarolik  huquqining  obyekti  hisoblanadi. 
Fuqaroga  tug‘ilganidan  boshlab  yoki  qonun  bo‘yicha  tegishli  bo‘lgan 
shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, 
ishchanlik obro‘si, xususiy va oilaviy siri, nomga bo‘lgan huquqi, tasvirga 
bo‘lgan huquqi,  mualliflik huquqi va boshqa  shaxsiy nomulkiy huquqlari 
nomoddiy  ne’matlar  hisoblanadi.  Ular  shaxsdan  begonalashtirilishi  yoki 
boshqa  birovga  o‘tkazilishi  (berilishi)  mumkin  emas.  Ayni  vaqtda 
qonunlarda  nazarda  tutilgan  hollar  va  tartibda  marhumga  tegishli  bo‘lgan 
shaxsiy-nomulkiy  huquqlar  va  boshqa  nomoddiy  ne’matlar  boshqa 
shaxslar, shu jumladan, huquq egasining merosxo‘rlari tomonidan amalga 
oshirilishi va himoya qilinishi mumkin. 
Nomoddiy  ne’matlar  –  qonun  tomonidan  tan  olinadigan,  muhofaza 
qilinadigan  moddiy  ko‘rinishga  ega  bo‘lmagan  hamda  egasi  (sohibi)ning 
shaxsidan ajratish mumkin bo‘lmagan ne’matlar va erkinliklardir. 


109 
 
Nomoddiy ne’matlarning quyidagi turlari mavjud: 
- intellektual faoliyat natijalari
- xizmat va tijorat siri
- shaxsiy nomulkiy huquqlar. 
Nomoddiy  ne’matlarning  bir  qismi,  ya’ni  intellektual  faoliyat 
natijalari,  xizmat  va  tijorat  siri  iqtisodiy  mazmunga  ega  bo‘lib,  tovar 
shakliga  kiradi  va  mulkiy  muomalada  mutlaq  huquq  obyektlari  sifatida 
namoyon bo‘ladi. 
SHaxsiy  nomulkiy  huquqlar  esa  fuqarolik  muomalasida  o‘ziga  xos 
tarzda,  tovar  shakliga  kirmagan  va  iqtisodiy  mazmunga  ega  bo‘lmagan 
holda namoyon bo‘ladi. 
Nomoddiy  ne’matlarning  fuqarolik  huquqi  obyekti  sifatidagi 
xususiyati  shundaki,  bunda  birinchidan,  buzilgan  nomoddiy  huquq 
mazmunidan,  ikkinchidan,  bunday  buzilish  oqibatlari  xarakteridan  kelib 
chiqqan  holda  fuqarolik  huquqlarining  himoya  qilish  usullaridan 
foydalanadi. 
Nomoddiy  ne’matga  nisbatan  huquqlarni  himoya  qilishda  ko‘p 
hollarda  sud  huquqni  qayta  tiklash  yoki  huquqbuzarliklarni  to‘xtatishni 
ta’minlovchi  choralar  ko‘radi.  Nomoddiy  ne’matlar  orasida  shaxsning 
(yuridik  shaxsning  ham)  sha’ni,  qadr-qimmati  va  ishchanlik  obro‘si 
alohida  o‘rinni  egallaydi.  Ayni  vaqtda  nomoddiy  ne’matlar  shaxsiy 
huquqlar  nomi  bilan  yuritiluvchi  o‘ziga  xos  huquqlar  majmuini  ham  o‘z 
ichiga  oladi  (masalan,  nomga,  yashash  joyini  tanlashga,  yozishmalar 
daxlsizligi, ya’ni sir saqlanishiga bo‘lgan huquq kabilar). 
FKning  99-moddasida  nomoddiy  ne’matlar  huquq  sohibiga  yo 
tug‘ilgandan  boshlab  tegishli  bo‘ladi  (yashash  huquqi,  sog‘-salomat 
bo‘lishiga bo‘lgan huquq, shaxs sha’ni, shaxsiy daxlsizligi, shaxsiy hayot 
daxlsizligi, xususiy va oilaviy sirga bo‘lgan huquqlar kabi) yoxud qonunga 
muvofiq  huquq  subyektiga  tegishli  bo‘ladi  (masalan,  nomga  bo‘lgan 
huquq,  erkin  ko‘chib  yurish  huquqi,  yashash  joyini  tanlash  huquqi  kabi) 
deb ko‘rsatilgan. 
Nomoddiy  ne’matlar  shaxsning  o‘zidan  begonalashtirilmaydi,  biroq 
ularni  amalga  oshirish  va  himoya  qilish  uchinchi  shaxslarga  topshirilishi 
mumkin  (masalan,  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqqa  ism  qo‘yish  ota-onasi 
tomonidan amalga oshiriladi). 
Nomoddiy  ne’matning  ashyoviy  mazmunga  ega  emasligi,  uning 
sohibi  bo‘lgan  subyektning  shaxsi  bilan  uzviy  bog‘liq  ekanligi  zarur 
elementlar hisoblanadi, ba’zan ularning birortasi bo‘lmasligi ham mumkin. 
Nomoddiy  ne’mat  o‘z  sohibining  shaxsini  individuallashtiradi,  ijtimoiy 
mavqeini  xarakterlaydi.  Nomoddiy  ne’matlarning  amal  qilish  muddati 
cheklanmagan. 


110 
 
Ayni  vaqtda  bu  belgilar  shartli  xarakterga  ega,  masalan,  intellektual 
mulk  nomoddiy  ne’mat  sifatida  qaralsa  ham,  fuqarolik  muomalasida 
o‘ziga xos tovar sifatida harakatda bo‘lishi mumkin. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish