Qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers – qimmatli qog‘oz bo‘lib, u
o‘zida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qog‘ozlarning muayyan sonini
qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi.
Chek – chek beruvchining chekda ko‘rsatilgan summani chek
saqlovchiga to‘lash haqida bankka hech qanday shart qo‘yilmagan
topshirig‘i mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘oz. Chek bo‘yicha pul chek
beruvchining mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Qonunda qimmatli qog‘ozlar jumlasiga boshqa hujjatlar ham
kiritilgan (omonat daftarchasi – fuqaro bilan bank omonati shartnomasini
tuzish rasmiylashtirilgan hamda uning hisobvarag‘ida omonat bo‘yicha pul
mablag‘lari harakatini tasdiqlaydigan hujjat; konosament – yukni
tashishga qabul qilinganligi va tashuvchining yukni oluvchiga yetkazish
majburiyatini tasdiqlovchi hosilaviy qimmatli qog‘oz).
Do'stlaringiz bilan baham: |