Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   205
Birja bitimlari 
 
Bitimlar orasida birja bitimlari oʻziga xos xususiyatga ega. Bitimlarni 
birja bitimlari deb hisoblash uchun ular maxsus belgilangan joyda tuzilgan 
boʻlishi  lozim.  Birja  hududi  doirasida  tuzilgan  bitimlarning  joyi  birjada 
tuzilgan  hisoblanadi.  Birja  bitimlari  tuzish  vaqti  deganda  birja 
savdolarining  boshlanishi  va  tugatilishi  uchun  belgilangan  vaqt 
tushuniladi.  Ushbu  vaqt  davomida  taraflar  birja  aktivlarini  sotib  olish  va 
sotish  uchun  zayavka  beradilar.  Birjalar  Oʻzbekiston  Respublikasining 
“Birja  va  birja  faoliyati  toʻgʻrisida”gi  qonuni  talablari  asosida  faoliyat 
yuritadi.  
Birja  bitimi  deb  -  birjada  roʻyhatga  olingan  birja  listingi  (savdo 
uchun  koʻrgazmaga  qoʻyilgan  tovarlar  roʻyxati)dan  oʻtkazilgan  birja 
tovarlari  boʻyicha  savdo  sessiyasi  (savdo  vaqti)  vaqtida  birja  savdosi 
ishtirokchilari  oʻrtasida  tuzilgan  va  birja  tomonidan  roʻyxatga  olingan 
bitimga aytiladi.  


117 
 
Birja  bitimlari  uning  oʻzida  roʻyxatga  olinadi,  shu  sababli  bunday 
bitimlar  notarial  tasdiqlanmaydi,  qonunlarda  nazarda  tutilgan  hollar 
bundan  mustasno.  Birja  bitimlari  birja  nomidan  va  hisobidan  amalga 
oshirilishi mumkin emas  
Birja  –  oldindan  belgilangan  joy  va  muayyan  vaqtda,  belgilangan 
qoidalar  asosida  birja  savdolarini  tashkil  etuvchi  yuridik  shaxs.  Birjalar 
faqat  aksiyadorlik  jamiyatlari  shaklida  tashkil  etiladi.  Birjalar  oʻz 
faoliyatini tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi. 
Birjaning firma nomida “birja” soʻzi boʻlishi kerak.  
Birja  ustavida  birjaning  toʻliq  va  qisqartirilgan  firma  nomi, 
joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili;  
birja ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;  
birja  tomonidan  chiqariladigan  aksiyalarning  soni,  nominal  qiymati, 
turlari (oddiy, imtiyozli);  
birja  boshqaruvining  tuzilmasi,  birja  kuzatuv  kengashining,  taftish 
komissiyasining  va  ijroiya  organining  a’zolari  soni,  ushbu  organlarni 
shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.  
Birja  ustavida  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  ma’lumotlar  ham 
boʻlishi mumkin.  
Birja  faoliyati  birja  tovarlari  bozorini  tashkil  etish  va  tartibga 
solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining narxlarini ushbu 
bozorda shakllantirishga qaratilgan faoliyatdir.  
Birja bitimlarining turlaribirjalarda asosan birja tovarlari (mol, xom 
ashyo, agrosanoat tovarlari va mahsulotlari, valyuta, qimmatli qogʻozlar va 
hokazo) boʻyicha quyidagi oldi – sotdi shartnomalari tuziladi.  
-  real  (kassali)  bitimlar  –  mavjud  boʻlgan  tovarlarni  topshirish  yoki 
yetkazib  berish  yoxud  tovarga  egalik  qilish  huquqini  oʻtkazish  bilan 
bogʻliq bitimlar hisoblanadi
Real  bitimlar  amaliyotda  kassali  bitimlar  deb  ham  nomlanadi. 
Bunday bitimlar birja bitimlarining eng oddiy turlaridan hisoblanadi. Real 
bitimlarga  xos  xususiyatlardan  biri  ularni  darhol  bajarilishi  kerak 
boʻlishidan iborat, chunki ular mavjud boʻlgan tovarlar boʻyicha tuziladi. 
Real bitimning predmeti har doim tovar hisoblanadi, bitim tuzish paytida u 
jismonan mavjud va sotuvchining egaligida boʻladi.  
-  forvard  bitimlar  –  mavjud  (bitim  tuzilayotgan  vaqtda  ishlab 
chiqarilgan)  tovarni  yetkazib  berishni  kechiktirish  sharti  bilan  tuziladigan 
oldi  –  sotdi  bitimlari;  .  Forvard  soʻzi  inglizcha  “Forward  transaction” 


118 
 
soʻzidan olingan. Bu birja bitimining oʻziga xos xususiyatlaridan biri bitim 
tuzishdan koʻzda tutilgan harakat ma’lum bir vaqt oʻtgandan soʻng amalga 
oshirilishidir,  bundan  tashqari  sotib  oluvchi  mavjud  tovarni  koʻrib  yoki 
koʻrmasdan (ya’ni kelgusida ishlab chiqariladigan tovarlarni nazarda tutib) 
shartnoma tuzishidir.  
-  fyuchers  bitimlar  –fyuchers  bitimning  predmeti  fyuchers 
kontraktidan iborat boʻlib, u alohida hujjat hisoblanadi. Fyuchers qimmatli 
qogʻoz  hisoblanmaydi.  kelajakda  bajarish  majburiyati  olingan  holda 
tovarlarga  boʻlgan  standart  kontraktlarni  olish  va  sotish  toʻgʻrisidagi 
bitimlar;  tovarlarga  doir  standart  kontraktlarning  oldi-sotdi  bitimlaridir. 
Fyuchers  bitimidagi  “standart”  tushunchasi  faqat  birjada  belgilangan 
shartlarga  amal  qiluvchi  bitimlar  bilan  savdo  qilish  mumkinligi  (kontrakt 
hajmi, yetkazib berish sanasi, bahosi va boshqalar) bilan bogʻliqdir. Ularni 
kelgusida  ijro  etish  majburiyatini  olgan  holda  tuziladi.  Bu  bitimlar 
boʻyicha  tovarlar,  xom-ashyolar,  qimmatli  qogʻozlar  shartnomada 
koʻrsatilgan bahoda (tovar qabul qilinayotganda uning narxi oʻzgarsa ham 
shartnomadagi  baho  imperativ  xarakterga  ega  boʻladi  va  oʻzgarmaydi), 
faqat muayyan vaqtdan soʻng ijro etilish sharti bilan sotiladi.  
optsion bitimlar– belgilangan narxda kelgusida sotib olinadigan va 
sotiladigan tovarlarga yoki tovarlarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi standart 
kontraktlarga boʻlgan huquqlarni sotib olish yoki sotish haqidagi bitimlari 
hisoblanadi  (lotincha  optio  –  tanlash  degan  ma’noni  anglatadi).  Optsion 
bu-hujjat,  bitim  taraflaridan  birining  oʻz  kontragentidan  cheklangan 
muddat davomida kelishilgan narxda muayyan kompaniyaning belgilangan 
miqdordagi tovarlarni sotib olish yoki sotish uchun belgilangan huquqidan 
iborat. Optsion qimmatli qogʻozning kursi oʻzgarishi bilan foyda chiqarib 
olish  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Optsionning  ikkita  asosiy  turlari  mavjud: 
optsion  koll  (call,  ya’ni  sotib  olish  huquqi  va  optsion  –put  (put)  ya’ni 
sotish huquqi.  
Repo  bitimi:  qimmatli  qogʻozlarni  muayyan  muddat  oʻtgach, 
avvaldan  belgilangan  narx  boʻyicha  qayta  sotib  olish  sharti  bilan 
tuziladigan qimmatli qogʻozlarga doir oldi-sotdi bitimlari.  
Birjalarda  tuzilgan  bitimlarda  ishtirokchi  sifatida  birja  a’zolari 
ishtirok  etadilar.  Birja  a’zolari  oʻrtasidagi  birja  bitimlari  birja 
savdolarining  natijalariga  koʻra  tuziladi.  Birja  bitimlari  faqat  yozma 
shaklda  tuziladi.  Bitim  bilan  bogʻliq  nizolar  oldin  birjalar  hakamlik 
(ixtilof) komissiyasida hal etiladi. Qarordan rozi  boʻlmagan tomon sudga 
murojaat etishga haqli.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish