Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Oʻz-oʻzidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   205
Oʻz-oʻzidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va 
ularning huquqiy oqibatlari 
 
Qonun  hujjatlari  talablariga  muvofiq  kelmaydigan  mazmundagi 
bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoxud odob yoki axloq asoslariga atayin 
qarshi  maqsadda  tuzilgan  bitim,  FKning  116-moddasida  koʻrsatilganidek, 
oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir. 
Oʻzbekiston  Respublikasining  manfaatlariga  xilof  maqsadlarda 
tuzilgan bitim haqiqiy sanalmaydi. Gʻaraz, yomon niyat bilan atayin davlat 
va  jamiyat  manfaatlariga  xilof  maqsadlarda  tuzilgan  bitim  qonunni  jiddiy 
ravishda buzish, deb qaraladi.  


120 
 
Qalbaki  bitim  –  taraflarning  kelishuvi  boʻyicha  yuridik  oqibatlar 
tugʻdirmaslik niyati bilan faqat koʻrinish uchungina tuzilgan bitim boʻlib, 
u haqiqiy sanalmaydi (FK 124-modda).  
Koʻzboʻyamachilik  uchun  tuzilgan  bitim  deb  boshqa  bir  bitimni 
yashirish  maqsadida  tuzilgan  bitimga  aytiladi.  Agar  bitim  boshqa  bir 
bitimni  yashirish  uchun  tuzilgan  boʻlsa,  bu  holda  taraflar  tomonidan 
haqiqatda  nazarda  tutilgan  bitimga  oid  qoidalar  qoʻllaniladi. 
Koʻzboʻyamachilik  uchun  tuzilgan  bitim  barcha  hollarda  haqiqiy 
sanalmaydi. Bunday bitim bilan yashirilgan bitim qonun talablariga javob 
berish-bermasligiga  qarab  yo  haqiqiy  boʻladi  yoki  haqiqiy  emas  deb 
topiladi.  
Koʻzboʻyamachilik  uchun  tuzilgan  bitim  ham  qalbaki  bitim  kabi 
hech  qanday  huquq  va  majburiyatlarni  kelib  chiqishi  uchun  asos 
boʻlmaydi.  Bunday  bitim  tuzish  vositasida  taraflar  aslida  boshqa  yuridik 
harakatni,  ya’ni  bitimni  yashiradilar.  Masalan,  oldi-sotdi  shartnomasi 
hadya  shartnomasi  bilan  yashiriladi.  Bunday  maqsad  koʻp  miqdorda  pul 
toʻlaganligini  oshkor  qilmaslikdan  iborat.  Aholi  yashamaydigan  binoni 
ijaraga berish shartnomasini yashirish uchun birgalikda faoliyat koʻrsatish 
toʻgʻrisidagi shartnomalarini tuzish uchrab turadi.  
Oʻn toʻrt yoshga toʻlmaganligi, shuningdek ruhiy kasalligi yoki aqli 
zaifligi  sababli  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan  fuqaro  tomonidan 
tuzilgan  bitimlar  haqiqiy  sanalmaydi,  taraflarning  har  qaysisi  bitim 
yuzasidan  olgan  narsalarining  hammasini  ikkinchi  tarafga  qaytarishga 
majbur,  olingan  narsani  natura  baravarida  qaytarishi  mumkin  boʻlmasa, 
uning qiymatini pul bilan toʻlashga majbur.  
Umumiy  qoidaga  muvofiq  yashirilgan  bitim  gʻayriqonuniy 
hisoblanadi, chunki u qonuniy ravishda rasmiylashtirilgan emas. Shunday 
ekan  uni  yashirgan  koʻz  boʻyash  uchun  tuzilgan  bitimni  oʻz-oʻzidan 
haqiqiy  boʻlmagan  bitim  deyish  mumkin.  Lekin  yashirilgan  bitim  nizoli 
bitimlar turkumiga kirishi ham mumkin.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish