Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   205
Neustoyka 
jarima 
penya 


239 
 
hisobidan  talabni  tezda  qanoatlantirish  mumkin  boʻladi;  kreditor  garov 
predmetini  to  majburiyat  lozim  darajada  bajarilgunga  qadar  ushlab 
turishga haqli boʻladi.  
Kreditorning  talablari  qondirilgandan  soʻnggina  garovga  qoʻyilgan 
mulkni 
sotishdan 
hosil 
qilingan 
summadan 
qolganini 
boshqa 
kreditorlarning  talablarini  qondirish  uchun  sarflanishi  mumkin.  Garov 
tufayli  garov  bilan  ta’minlangan  majburiyat  boʻyicha  kreditor  (garovga 
oluvchi) qarzdor tomonidan bu majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga 
qoʻyilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulk egasi boʻlgan shaxs 
(garovga  qoʻyuvchi)  ning  boshqa  kreditorlariga  nisbatan  oʻz  talabini 
imtiyozli  qanoatlantirilishiga  haqli  boʻladi.  FKning  264-moddasida 
koʻrsatilgan subyektiv huquq garov huquqi boʻlib, mulkni garovga bergan 
shaxs  –  garovga  qoʻyuvchi  va  mulkni  olgan  shaxs  esa  –  garovga  oluvchi 
deb  ataladi.  Mulkni  garovga  qoʻyuvchi  shaxs  qarzdorning  oʻzi  ham, 
shuningdek uchinchi bir shaxs ham boʻlishi mumkin. Shuningdek, FKning 
266-moddasida 
koʻrsatilganidek, 
garovga 
qoʻyuvchi 
garovga 
qoʻyilayotgan  mulkning  egasi  boʻlishi  lozim.  Basharti,  qonun  yoki 
shartnomada  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  boʻlmasa,  mulkdorning 
roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.  
Garovning  majburiyatning  bajarilishini  ta’minlovchi  kuchi  shundan 
iboratki,  agar  qarzdor  tomonidan  majburiyat  bajarilmasa,  kreditor  oʻz 
talabini  garovga  qoʻyilgan  mol-mulk  hisobidan  qarzdorning  boshqa 
kreditorlariga 
qaraganda 
imtiyozli 
suratda 
birinchi 
galda 
qanoatlantirilishiga  haqli  boʻladi.  Asosiy  majburiyat  (bank  krediti,  qarz, 
oldi-sotdi  va  h.k.)  qanday  boʻlishidan  qat’i  nazar  garov  barcha  hollarda 
kreditorga  qarzdordan  oʻz  talabiga  monand  keladigan  ma’lum  miqdorda 
pul summasini undirish uchun huquq beradi. Agar shartnomada boshqacha 
tartib  nazarda  tutilgan  boʻlmasa,  garov  talabning  uni  qondirish  paytidagi 
hajmini ta’minlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish 
natijasida  yetkazilgan  zarar  toʻlanishini,  shuningdek  garovga  oluvchining 
garovga  qoʻyilgan  ashyoni  saqlashga  qilgan  zarur  xarajatlari  va  undiruv 
xarajatlari toʻlanishini ta’minlaydi (FKning 268-moddasi).  
Oʻzbekiston  Respublikasining  2013  yil  23  oktyabrdagi  “Garov 
riyestri  toʻgʻrisida”  gi  qonuniga  koʻra  garov  riyestri  deganda, 
qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berib 
qoʻygan  mol-mulkiga  nisbatan  kreditorlarning  huquqlari  toʻgʻrisidagi 
shuningdek, qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga 
doir huquqlariga  qonunga  muvofiq qoʻyilgan cheklov hamda qarzdor oʻz 
majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta’minlashi bilan bogʻliq boshqa 


240 
 
talablar  haqidagi  yozuvlarni  oʻz  ichiga  olgan  ma’lumotlarning  yagona 
axborot bazasi tushuniladi.  
Garovning  mohiyati  shundan  iboratki,  qarzdor  kreditorga  oʻz 
majburiyatlarining  bajarilishini  ta’minlashga  moʻljallangan  mol-mulkini 
beradi.  Garovga  beriladigan  mol-mulk,  ham  qarzdorga,  ham  boshqa 
shaxsga  tegishli  boʻlishi  mumkin.  Oʻz  mulkini  garovga  qoʻyuvchi  shaxs 
garovga qoʻyuvchi deb nomlanadi.  Talablari garov bilan ta’minlanadigan 
kreditor  -  garovga  oluvchidir.  Garov  mol-mulkka  boʻlgan  mulk 
huquqining kreditorga oʻtishini nazarda tutmaydi. Garov kreditorga faqat, 
qarzdorning  boshqa  kreditorlariga  nisbatan,  oʻz  talablarini  garovga 
qoʻyilgan  mol-mulk  qiymatidan  qanoatlantirish  imkoniyatini  beradi. 
Qarzdorning oʻz majburiyatlarini bajarmasligi holatida garovga qoʻyilgan 
mulk sotiladi va tushgan pul summasidan asosan kreditorning garov bilan 
ta’minlangan talablari imtiyozli ravishda qanoatlantiriladi.  
Garov  vujudga  kelishining  eng  oddiy  va  keng  tarqalgan  usuli  – 
shartnoma tuzilishidir. Mol-mulkning garovi toʻgʻrisidagi kelishuv, u bilan 
ta’minlanadigan  asosiy  majburiyatlar  vujudga  keladigan  asosiy 
shartnomada  belgilangan  boʻlishi  ham,  shuningdek,  tegishli  majburiyat 
bajarilishini  ta’minlash  boʻyicha  garov  toʻgʻrisidagi  alohida  shartnoma 
tuzilishi orqali rasmiylashtirilishi ham mumkin.  
Garov  qonunda  belgilangan  holatlarda,  garov  toʻgʻrisidagi 
shartnomani  tuzmasdan  ham  vujudga  keladi.  Masalan,  nasiyaga  sotilgan 
tovar uning haqi toʻlab boʻlingunga qadar, sotib oluvchi tomonidan tovar 
haqini  toʻlash  majburiyati  bajarilishini  ta’minlash  uchun  sotuvchida 
garovda turgan deb hisoblanadi (FK 421-moddasining yettinchi qismi).  
Garov quyidagi turlarga boʻlinadi: zakalat, ipoteka, huquqlar garovi. 
Bunday  boʻlinish  garov  narsasining  xususiyatlariga  hamda  garov  narsasi 
kimning egaligida qolishiga qarab  farqlanadi. Garovga qoʻyiladigan  mol-
mulk  garovga  qoʻyuvchi  tomonidan  garovga  oluvchiga  oʻtkazilganda, 
topshirilganda  garov  zakalat  deb  hisoblanadi.  Odatda,  koʻchar  mol-mulk 
zakalat narsasi boʻlishi mumkin.  
Koʻchmas  mulkni  garovga  qoʻyish  ipoteka  hisoblanadi.  Binolar, 
inshootlar,  koʻp  xonadonli  uylardagi  xonadonlar,  korxonalar,  boshqa 
mulkiy  majmualar,  savdo  va  xizmat  koʻrsatish  sohasi  obyektlari, 
shuningdek  turar  joylar  ular  joylashgan  yer  uchastkalari  bilan  birga, 
qonunda  koʻchmas  mulk  jumlasiga  kiritilgan  boshqa  mol-mulk  ipoteka 
narsasi  boʻlishi  mumkin.  Ipoteka  toʻgʻrisidagi  qoidalar  “Ipoteka 
toʻgʻrisida”
1
gi Qonunda ham oʻzining ifodasini topgan.  
                                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2006, 40-сон, 393-модда. 


241 
 
Garovning  keyingi  turi  -  huquqlar  garovidir.  Mulkiy  huquq,  shu 
jumladan,  egalik  va  foydalanish huquqi,  ijara  huquqi  va  majburiyatlardan 
kelib  chiqadigan  boshqa  huquqlar  ham  garov  narsasi  boʻlishi  mumkin. 
Amalda koʻpincha yer uchastkasidan doimiy foydalanishga boʻlgan huquq, 
fermer  xoʻjaligini  yuritish  uchun  berilgan  yer  uchastkasining  ijarasi 
huquqi,  xoʻjalik  jamiyatlarining  ustav  kapitalida  ishtirok  etishidan  kelib 
chiqadigan  huquqlar,  qimmatli  qogʻozlarga  boʻlgan  huquqlar  garovi 
uchraydi.  
Xulosa  qilib  aytganda,  majburiyatlarni  bajarilishini  taminlashning 
muhim omili boʻlib hisoblanadi.  
Garov  narsasini  almashtirishga,  agar  qonunda  yoki  shartnomada  boshqacha 
tartib  nazarda  tutilmagan  boʻlsa,  garovga  oluvchining  roziligi  bilan  yoʻl  qoʻyiladi. 
Birinchi holda, garovga qoʻyuvchi garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini 
boshqa  ashyoga  almashtirishi  mumkin.  Garov  narsasining  almashtirilishi  garov 
toʻgʻrisida"gi shartnomaga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish bilan rasmiylashtiriladi. 
Masalan,  garov  narsasi  -  “Lasetti”  avtomashinasi,  u  majburiyatlari  garov  bilan 
ta’minlangan  qarzdor  doʻstining  mulkidir.  Bu  orada  qarzdor  “Kaptiva” 
avtomashinasini merosga oladi. Garovga oluvchining roziligi bilan, garov narsasini 
qarzdorning mulki “Kaptiva” bilan almashtirish mumkin, bunda “Lasetti”ga boʻlgan 
garov huquqi yoʻqoladi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish