Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   205
 
Kafolat 
 
Kafolatga  binoan  bank,  boshqa  kredit  muassasasi  yoki  sugʻurta 
tashkiloti  (kafil)  boshqa  shaxs  (prinsipal)ning  iltimosiga  koʻra,  kafil  oʻz 
zimmasiga  olayotgan  majburiyat  shartlariga  muvofiq  prinsipalning 
kreditori  (benefitsiar)  pul  summasini  toʻlash  haqida  yozma  talabnoma 
taqdim  etsa,  pulni  unga  toʻlash  haqida  prinsipalga  yozma  majburiyat 
beradi (FKning 299-moddasi).  
Bank  kafolati  xalqaro  muomalada
1
  keng  qoʻllanilib,  Oʻzbekiston 
Respublikasining  Fuqarolik  kodeksiga  majburiyatni  ta’minlashning  yangi 
                                                           
1
Унифицированные  правила  по  договорным  гарантиям  (редакция  1978:,  публикация  МТП.  №325.  Конвенция 
ООН о независимых гарантиях и резервных аккредитивах от 11 декабря 1995 г.) 


245 
 
usuli  sifatida  kiritildi.  Kafolat  kafillikdan  shuning  bilan  farqlanadiki, 
bunda  prinsipial  (asosiy  qarzdor)ning  benefitsiar  (kreditor)ga  boʻlgan 
talablari  va  e’tirozlari  inobatga  olinmaydi,  shuningdek  prinsipial  va 
benifistiar  oʻrtasidagi  shartnomaga  nisbatan  qoʻshimcha  (akstessor) 
majburiyat boʻlishidan qat’i nazar, ma’lum darajada mustaqil hisoblanadi. 
Kafolat  ushbu  xususiyatlari  bilan  kreditor  (benefitsiar)  uchun  uchinchi 
shaxs kafilligiga nisbatan ancha afzal usul hisoblanadi.  
Kafolatning  mazmuni  birinchi  galda  kafil  (bank)ning  oldindan 
oʻrnatilgan,  asosiy  majburiyat  bilan  belgilangan  summani  berish 
majburiyatidan  iborat.  Lekin  beriladigan  summa  belgilangandan  keyin 
asosiy  majburiyat  bekor  boʻlsa  yoki  u  haqiqiy  emas  deb  tan  olingan 
taqdirda  ham,  kafolat  ushbu  asosiy  majburiyatga  bogʻliq  emas  va  oʻz 
kuchini  saqlashda  davom  etadi.  Shu  bilan  ham  asosiy  majburiyatlar  bilan 
bogʻliq boshqa ta’minlovchi majburiyatlardan farq qiladi.  
Kafolat koʻpincha kafillikning bir turi sifatida e’tirof etiladi. Kafolat 
beruvchi  subyektlar  doirasi  bilan  kafillikdan  tubdan  farq  qiladi.  Kafolat 
bajarilishi  ta’minlanayotgan  majburiyatdan  mustaqil  boʻlib  hisoblanadi. 
Bu  holat  shu  bilan  izohlanadiki,  kafolat  bilan  ta’minlangan  majburiyat 
bekor  boʻlsa  yoki  haqiqiy  emas  deb  topilgan  taqdirda  kafil  kafolat 
boʻyicha  majburiyatni  bajarishdan  ozod  etilmaydi.  Boshqacha  aytganda, 
har qanday holda kafolat oʻzining yuridik kuchini saqlab qoladi. Bu bilan 
kafolat  majburiyatni  bajarishni  ta’minlashning  boshqa  usullaridan  farq 
qiladi.  
Kafolatning  oʻziga  xos  xususiyatlaridan  biri  shundaki,  bunda  har 
doim  kafil  sifatida  bank,  boshqa  kredit  muassasasi  yoxud  sugʻurta 
tashkiloti  qatnashadi.  Koʻp  hollarda  kafil  prinsipalga  xizmat  koʻrsatuvchi 
tashkilot  hisoblanadi.  Shu  sababli  ham  kafil  prinsipalning  bankda 
saqlayotgan  pul  mablagʻlari  hisobidan  uning  kreditorlari  oldidagi 
majburiyatini  bajaradi.  Biroq  qonun  buni  shart  qilib  qoʻymaydi,  shu 
sababli  ham  kafil  sifatida  har  qanday  kredit  muassasasi  yoki  kredit 
tashkiloti boʻlishi mumkin.  
Kafolatga  xos  xususiyat  shundan  iboratki,  u  orqali  prinsipalning 
benefitsiar  oldidagi  oʻz  majburiyatini  (asosiy  majburiyatni)  tegishli 
darajada bajarilishi ta’minlanadi.  Kafolat haq baravariga  tuziladi. Kafolat 
bergan  bank  (kredit  muassasasi,  sugʻurta  tashkiloti)ga  prinsipal  tegishli 
miqdorda haq toʻlaydi.  
Kafolat  asosiy  majburiyatdan  (ya’ni  prinsipalning  benefitsiar 
oldidagi  majburiyatidan),  garchi  kafolatda  ushbu  majburiyatga  havola 
qilinsa-da, mustaqil hisoblanadi.  


246 
 
Kafolat prinsipal tomonidan, kafolatda benefitsiar sifatida chiquvchi, 
kreditor  oldida  oʻzining  majburiyatlarini  lozim  darajada  bajarishni 
ta’minlashga  qaratilgan.  Kafolatni  olish  uchun  prinsipal  kafilga  haq 
toʻlaydi. Haq toʻlash miqdori u bilan tuziladigan kelishuvda belgilanadi va 
kafolat  summasiga  hamda  ta’minlanadigan  majburiyatlar  xususiyatiga 
bogʻliq boʻladi. Agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, 
u  kafil  tomonidan  chaqirib  olinishi  mumkin  emas.  Kafolat  boʻyicha 
benefistarga  tegishli  boʻlgan  kafilga  talab  qoʻyish  huquqi  agar  kafolatda 
boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  boʻlsa,  boshqa  shaxsga  oʻtkazilishi 
mumkin emas.  
Agar  kafolatda  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  boʻlmasa,  u 
berilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Benefitsiarning kafolat boʻyicha 
pul  summasini  toʻlash  haqidagi  talabi  kafolatda  koʻrsatilgan  hujjatlarni 
ilova  qilgan  holda  kafilga  yozma  ravishda  taqdim  etilishi  lozim.  Talabda 
yoki unga ilovada benefistar prinsipalni ta’minlash uchun kafolat berilgan 
asosiy majburiyatni buzishi nimadan iboratligini koʻrsatishi kerak.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish