Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   205
Majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash 
usullari 
Neustoyka 
Kafillik 
Kafolat 
Garov 
Zakalat 


237 
 
 
 
 
Neustoyka 
 
Neustoyka  majburiyat  huquqiy  munosabatlar  tizimida  ta’minlovchi 
va qoplash funksiyasini bajaradi.  
Neustoyka  majburiyat  bajarilishini  ta’minlash  usuli  sifatida  toki  uni 
ijrosi  buzilgunga  qadar  amalda  boʻladi.  Bunday  hollarda  qonun  yoki 
shartnoma neustoykani undirish huquqining vujudga kelish vaqtini nazarda 
tutadi. Asosiy majburiyat buzilgandan soʻng neustoyka mulkiy javobgarlik 
shakli sifatida namoyon boʻladi. Neustoykani ta’minlovchi va javobgarlik 
chorasi oʻrtasidagi nisbat shu bilan izohlanadiki, birinchidan, ta’minlovchi 
funksiya  qarzdorni  majburiyatni  bajarishga  undaydi,  ikkinchidan,  agar 
tegishli  majburiyat  bajarilmasa  yoki  lozim  darajada  bajarilmasa  unga 
nisbatan javobgarlik chorasini majburiy qoʻllash taqozo etadi. Boshqacha 
aytganda,  qarzdorni  oʻz  majburiyatini  bajarish  uchun  oqilona 
harakatlanishini  ragʻbatlantiradi  va  agar  u  oʻz  zimmasiga  olgan 
majburiyatni  bajarmasa  javobgarlik  xavfi  mavjud  ekanligi  haqida 
ogohlantiradi.  Neustoyka  bir  holatda  majburiyatni  qarzdor  tomonidan 
buzilmasligini  kafolatlasa,  ikkinchi  holatda  esa  u  javobgarlik  chorasi 
sifatida  namoyon  boʻladi.  Neustoykaning  majburiyat  munosabatlarda 
bunday  ikki  xilda  namoyon  boʻlishi  uning  real  va  oqilona  asosda 
majburiyatlar  bajarilishini  ta’minlash  vositasi  sifatida  xizmat  qilishidan 
dalolat  beradi.  Bunday  oʻziga  xos  xususiyat  majburiyatlar  bajarilishining 
boshqa usullarida mavjud emas desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Neustoykaga 
boʻlgan  huquq  to  asosiy  majburiyat  bajarilishi  bilan  bogʻliq  boʻlib 
toʻlovdan  boshqa  shaxs  foydasiga  voz  kechishga  yoʻl  qoʻyilmaydi. 
Neustoyka  majburiyatni  ta’minlash  usuli  sifatida  (to  huquqiy  buzilishi 
sodir etilgunga qadar) shartnomaviy majburiyat bajarilmagan taqdirda pul 
kompensatsiyasining  toʻlash  hollarini  belgilaydigan  va  unga  boʻlgan 
huquqni  vujudga  keltiruvchi  shartni  oʻzida  ifoda  etadi.  Bunday  pul 
kompensatsiyasiga  boʻlgan  huquq  tegishli  huquqiy  buzilish  sodir 
etilganidan soʻng vujudga keladi.  
Qonun  hujjatlari  yoki  shartnoma  bilan  belgilangan  qarzdor 
majburiyatni  bajarmagan  yoki  lozim  darajada  bajarmagan  taqdirda, 
kreditorga  toʻlashi  shart  boʻlgan  pul  summasi  neustoyka  hisoblanadi 
(FKning 260-moddasi).  
Neustoyka  majburiyatning  bajarilishini  ta’minlashning  usuli  sifatida 


238 
 
zarar  yetkazilmagan  taqdirda  ham,  tadbirkorlik  sohasida  esa,  umumiy 
qoidaga  binoan  majburiyatni  buzgan  shaxsning  aybi  boʻlmasa-da, 
qoʻllaniladi.  Neustoyka  majburiyatning  lozim  darajada  bajarilishini 
ta’minlash jarayonida operativ vosita hisoblanadi, undan huquqbuzarlikka 
yoʻl qoʻyilgan boʻlishi zahotiyoq va buning natijasida yuz berishi mumkin 
boʻlgan salbiy oqibatlarni kutmasdan turib foydalanish mumkin.  
Neustoykani  qoʻllash  uchun  asos  boʻlib  majburiyatning  buzilishi 
yoki huquqiy hujjatlar talablari yoinki ish muomalasi odatlari hisoblanadi. 
Neustoykani  qoʻllash  asosi  sifatida,  tadbirkorlik  faoliyati  bundan 
mustasno,  qarzdorning  aybi  boʻlishi  ham  hisobga  olinadi.  Demak, 
neustoykani  undirish  uchun,  umumiy  qoidaga  binoan,  majburiyatning 
buzilishi  (huquqning  buzilishi)  va  qarzdorning  aybi  asos  boʻlib 
hisoblanadi,  biroq  bunda  huquqbuzarlik  tarkibining  toʻliq  boʻlishi 
(huquqqa xilof qilmish, zarar, sababiy bogʻlanish, ayb toʻliq holda mavjud 
boʻlishi) shart emas.  
Shubhasiz,  neustoykaning  qonun  va  shartnoma  talablari  asosida 
toʻgʻri  qoʻllanilishi  majburiyatlarning  bajarilishini  ta’minlashning  muhim 
yuridik vositasi boʻlib hisoblanadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Garov 
 
Garov  -  majburiyat  bajarilishini  ta’minlashning  eng  samarali  va 
ishonchli usullaridan biridir.  
Oʻzbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  264-moddasida 
koʻrsatilganidek,  bir  shaxsning  boshqa  shaxsga  mol-mulkni  yoki  unga 
boʻlgan  huquqni  majburiyatlarni  ta’minlash  uchun  berishi  garov 
hisoblanadi.  
Majburiyat  qarzdor  tomonidan  ijro  etilmaganida,  kreditor  oʻzining 
talabini  garovga  qoʻyilgan  mulk  hisobidan  birinchi  navbatda  qondirish 
imkoniyatiga ega boʻladi. Qolaversa, majburiyat vujudga kelish bosqichida 
kreditorga  toʻliq  miqdorda  talabni  qanoatlantirishga  baho  berish 
imkoniyati  vujudga  keladi;  kreditorda  garovga  qoʻyilgan  mol-mulk 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish