Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   205
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari 
 
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari yagona tarkibga egami yoxud 
u javobgarlikni vujudga kelish asoslariga koʻra farqlanadimi, degan masala 
muhim 
amaliy 
ahamiyatga 
ega. 
Agarda 
FKning 
333-moddasi 
(majburiyatlarni  buzganlik  uchun  javobgarlik  asoslari)  va  985-moddasi 
(zarar  yetkazganlik  uchun  javobgarlik  asoslari)  mazmunidan  kelib 
chiqiladigan boʻlsa, u holda fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari yagona 
tarkib koʻrinishida mavjud boʻlmaydi, deb aytish mumkin. Yuqoridagi har 
ikkala  tarkib  oʻz  elementlari  va  ushbu  elementlarni  mavjud  boʻlishi 
shartliligi nuqtai nazardan turlicha boʻlib hisoblanadi.  
Masalan,  FKning  333-moddasi  boʻyicha  quyidagilar  majburiyatlarni 
buzganlik  uchun  javobgarlikning  zaruriy  elementlar  sifatida  belgilab 
qoʻyilgan  a)  majburiyatni  bajarilmaganligi  yoki  lozim  darajada 
bajarilmaganligi  -  huquqqa  xilof  qilmish  sifatida;  b)  qarzdor  aybining 
mavjudligi; d) javobgarlik subyekti boʻlgan qarzdorning mavjudligi. Zarar 
ushbu  tarkibda  zaruriy  element  sifatida  emas,  balki  fakultativ  element 
sifatida namoyon boʻladi 
FKning  985-moddasi  boʻyicha  javobgarlik  asoslari  sifatida 
quyidagilar  belgilangan:  a)  zararning  mavjudligi,  b)  zarar  yetkazuvchi 
aybining  mavjudligi,  d)  zarar  yetkazuvchi  harakatlarining  huquqqa 
xilofliligi,  e)  zararni  qoplash  majburiyati  zimmasiga  yuklatilgan 
subyektning mavjudligi. 


253 
 
Bu  oʻrinda  shuni  ta’kidlash  lozimki,  FKning  985-moddasi  boʻyicha 
javobgarlik  asoslari  oʻzining  parodaksal  qirralariga  ham  ega.  Bu  yerda 
javobgarlikning  mutloq  asosi  sifatida  faqat  zarar  mavjud  boʻlishi  kerak. 
Qolgan  elementlar  mavjud  boʻlmasligi  mumkin

Masalan, 
zarar 
yetkazuvchining  aybi  boʻlmasligi,  zarar  yetkazuvchi harakatlarini  huquqqa  muvofiq 
boʻlishi, muayyan qonunlar yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda javobgarlik 
qoʻllanilmasligi uchun asos boʻla olmaydi. (masalan, oshiqcha xavf manbaidan zarar 
yetkazilganda  oshiqcha  xavf  egasi  aybidan  qat’i  nazar  javob  beradi  yoki  davlat 
hokimiyati  organlari  tomonidan  davlat  ehtiyojlari  uchun  yer  uchastkalari  olinishi 
munosabati  bilan  fuqaroning  turar  joyi  buzilishi  hollarida  garchi  hokimlik  oʻz 
vakolat doirasida qonunga muvofiq tarzda harakat qilgan boʻlsa ham, baribir turar 
joy  buzilishi  natijasida  yetkazilgan  zararni  qoplashi  shart).  Zarar  yetkazuvchi 
subyekt  zimmasiga  javobgarlikni  yuklashga  qonun  yoʻl  qoʻymasligi  (14  yoshgacha 
boʻlgan bolalar tomonidan zarar yetkazilganda) holatlari ham mavjud. 
Boshqacha  aytganda,  qonunda  nazarda  tutilgan  muayyan  hollarda 
javobgarlik  zarar  yetkazuvchi  shaxsga  emas,  balki  boshqa  shaxs 
zimmasiga  ham  yuklanishi  mumkin.  Biroq  yuqoridagi  holatlardan 
umumlashma  xulosa  chiqarib,  fuqarolik  javobgarlik  asoslari  umuman 
yuridik  javobgarlik  asoslariga  mutlaqo  toʻgʻri  kelmaydi,  degan  xulosa 
chiqarish  mumkin  emas.  Yuqoridagi  umumiy  qoidadan  istisnolar  juz’iy 
xarakterga ega. Ularni qoʻllashdan maqsad fuqarolik javobgarlik asoslarini 
mavjud  real  voqelikka,  hayotga  mosligini  ta’minlash,  shuningdek, 
javobgarlikni  qoʻllashda  adolat,  oqilonalik  tamoyillarini  oʻzida 
mujassamlashtirish hisoblanadi. Umuman olganda, aksariyat koʻp hollarda 
majburiyatlarni  buzganlik  uchun  javobgarlikda  ham,  zarar  yetkazganlik 
uchun  javobgarlikda  ham  fuqarolik  javobgarlik  asoslari  umumiy  yuridik 
javobgarlik asoslariga muvofiq keladi.  
Real  voqeilikda  muayyan  huquqbuzarlik  va  uning  oqibatlari  uchun 
bir  paytning  oʻzida  ikki  va  undan  ortiq  javobgarlik  shakllarini  qoʻllash 
yoxud  javobgarlikni  muqobillik  asosida  qoʻllash  masalasi  yuzaga  keladi. 
Shuni  ta’kidlash  oʻrinliki,  ijtimoiy  adolat  va  oqilonalik  nuqtai  nazaridan 
olganda  ommaviy  huquq  tarmoqlarida  (jinoyat  huquqi,  ma’muriy  huquq, 
bojxona  huquqi)  bir  qilmish  uchun  bir  javobgarlik  tamoyili  amal  qiladi. 
Biroq  ommaviy  huquqiy  javobgarlik  va  fuqarolik  javobgarlik  qoʻllash 
holatlarida  bir  qilmish  uchun  ikki  javobgarlik  shaklini  qoʻllash  holatlari 
uchrab turadi
.  Masalan, muayyan sodir etgan jinoyat uchun  jinoyatchiga  nisbatan 
ozodlikdan maxrum qilish jazosini qoʻllanilishi uni jabrlanuvchi hayoti va sogʻligiga 
yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarlik qoʻllashdan aslo ozod qilmaydi. Ba’zi 
holatlarda  esa  bir  qilmishga  nisbatan  ham  jinoyat  huquqiy  javobgarlik,  ham 
fuqarolik-huquqiy  javobgarlikni  qoʻllash  imkoniyatlari  mavjud  va  qonun  talabiga 
koʻra muqobillik asosida jabrlanuvchi birini tanlashi lozim boʻladi.  


254 
 
Agar  jinoiy  javobgarlik  qoʻllash  rad  etilsa,  unda  fuqarolik  javobgarlikni 
qoʻllashni  talab  qilish  huquqi  istisno  etilmaydi.  Masalan,  amnistiya  orqali 
javobgarlikdan ozod qilish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish 
imkoniyatini istisno etmaydi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish