Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BAJARILISHINI



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   205
18-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BAJARILISHINI 
TA’MINLASH 
 
Majburiyatlarning  bajarilishini  ta’minlash  tushunchasi.  Neustoyka. 
Garov. Ushlab qolish. Kafillik. Kafolat. Zakalat.  
 
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash tushunchasi 
 
Majburiyatning  bajarilishini  ta’minlash  qarzdor  tomonidan  olingan 
va  uning  zimmasida  boʻlgan  vazifani  bajarishga  majbur  qiladigan  chora 
boʻlib hisoblanadi. Majburiyat bajarilishini ta’minlashning tabiati shu bilan 
izohlanadiki, qarzdor zimmasida boʻlgan majburiyat belgilangan muddatda 
bajarilmasa  yoki  boshqacha  tarzda  buzilsa,  kreditorda  ziyonlarni 
undirishga  boʻlgan  huquqdan  tashqari  majburiyatning  obyektini  tashkil 
etgan  harakatni  qilishga  qarzdorni  majbur  qiladigan  boshqa  mulkiy  ta’sir 
choralarini  qoʻshimcha  ravishda  tatbiq  etilishini  talab  qilish  huquqi 
vujudga keladi.  
Qoʻshimcha  majburiyatlar  asosiy  majburiyatning  bajarilishini 
ta’minlashga  xizmat  qiluvchi  usullardan  tashkil  topadi.  Ular  qarzdorni 
asosiy majburiyatni bajarishga majbur qiluvchi va u bajarilmagan taqdirda 
kreditorning  talablarini  qanoatlantiruvchi  huquqiy  vosita  (chora)lardan 
hisoblanadi
1
.  
Majburiyatni  ta’minlashning  u  yoki  bu  usulining  oʻziga  xos 
xususiyatlarini  va  uning  muayyan  vaziyatlarga  nisbatan  qoʻllash 
imkoniyatlarini  hisobga  olish  kerak.  Darhaqiqat,  neustoyka  va  zakalat  bir 
vaqtning oʻzida fuqarolik huquqiy javobgarlik chorasini ifoda etadi va ular 
sifatida  qarzdorni,  haqiqatda  javobgarlikni  qoʻllash  xavfi  ostida 
majburiyatlarni tegishli usulda bajarishga undaydi, negaki neustoyka yoki 
penyani belgilangan  miqdorda  undirish kreditordan unchalik jiddiy sa’yi-
harakatlar sarflanishini talab qilmaydi, masalan, qachonki ularning xajmini 
asoslash va isbotlash lozim boʻlgan zararlarni qoplash holatida
2
.  
Majburiyatlarning  bajarilishini  ta’minlash  fuqarolik  muomalasida 
ishtirok  etuvchi  qarzdorning  oʻz  zimmasiga  olgan  yoki  unga  yuklatilgan 
                                                           
1
 Раҳмонқулов Х. Мажбурият ҳуқуқи (умумий қоидалар). –Т.: ТДЮИ, 2005 й. -81 б. 
2
  Ўзбекистон  Республикаси  Фуқаролик  кодексига  шарҳ.  1-жилд.  Адлия  вазирлиги.  –  Т.:  “Vektor-Press,  2010.  – 
618 б. 


236 
 
vazifani  bajarishga  qaratilgan  huquqiy  profilaktik  choradir.  Bunday 
profilaktik choraning asosiy maqsadi qarzdorni asosiy majburiyat boʻyicha 
majburiyatini bajarishga qaratilgan. Ya’ni, asosiy majburiyat bajarilmagan 
yoki  lozim  darajada  bajarilmagan  taqdirda  kreditorning  huquq  va 
manfaatlari  qoʻshimcha  ta’minot  usullari  asosida  ta’minlanadi.  Bunday 
usullar har qanday holda majburiyat huquqiy munosabatlarda kreditorning 
tavakkalchilik  xavfini  kamaytirish  barobarida  uni  erkin  va  faol  harakat 
qilishga undaydi. Qolaversa, bunday usullar asosan kreditor  manfaatlarini 
himoya qilish uchun xizmat qiladi.  
Majburiyatlarning bajarilishi har xil usul bilan ta’minlanadi. Mazkur 
usullar yo qonun bilan belgilanishi yoki shartnomaga  asoslangan boʻlishi 
mumkin.  Fuqarolik  qonun  hujjatlarida  majburiyatning  bajarilishini 
ta’minlash  neustoyka,  garov,  qarzdorning  mol-mulkini  ushlab  qolish, 
kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda 
tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanishi mumkin (FK 259-modda).  
Ushbu  usullardan  hech  qaysisi  oʻzicha  mustaqil  ravishda  qoʻlla-
nilmaydi.  Bularning  hammasi  biror-bir  majburiyatning  mavjud  boʻlishini 
nazarda  tutgan  holda,  mazkur  majburiyatning  bajarish  maqsadlarini 
koʻzlab  belgilanadi.  Bunda  shartnoma  boʻyicha  belgilangan  majburiyat  – 
asosiy  majburiyat  boʻlib,  uning  bajarilishini  ta’minlash  usuli  esa 
qoʻshimcha  majburiyat hisoblanadi. Chunonchi, mahsulot yetkazib berish 
yoki  pudrat  shartnomasidan  kelib  chiqadigan  asosiy  majburiyatning 
amalga oshirilishini ta’minlaydigan qoʻshimcha majburiyat hisoblanadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qarzdorning mol-mulkidan 
ushlab qolish 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish