Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   205
Bajarish predmeti 
 
Moddiy  narsalar  (ashyolar,  pullar),  ishlar  va  xizmatlar,  shuningdek 
ijodiy  mehnat  natijalari  (yaratilgan  asarlar),  umuman  nimaning  barpo 
etilishi  yoki  topshirilishi  toʻgʻrisida  majburiyat  belgilansa  u  bajarish 
predmeti boʻladi. Faqat u fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar 
boʻlishi kerak.  
Masalan,  kreditorga  majburiyat  boʻyicha  muayyan  bir  ashyoni, 
chunonchi, oʻziga xos belgilari boʻlgan narsani topshirish lozim. Aytaylik, 
majburiyat  predmeti  jismiy  alomatlari,  chunonchi,  son,  ogʻirlik  yoki 
oʻlchov  bilan  belgilanadigan  boʻlsa,  qarzdor  tomonidan  shu  xildagi  son, 
ogʻirlik yoki oʻlchov bilan belgilanadigan ashyo topshirilishi kerak.  
Majburiyatni  bajarish  predmetida  sifat  masalasi  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Zero,  sifat  majburiyatni  bajarilishi  oqibatida  kreditor  qabul 
qilib  olgan  majburiyat  natijasida  –  tovar,  ish,  xizmat,  intellektual  faoliyat 
natijasidan  qoniqish  hosil  qilish  imkonini  beradi  va  kelajakda  turli 
nizolarni kelib chiqmasligini ma’lum darajada kafolatlaydi.  
Pul  majburiyatida  u  soʻmlar  bilan  chet  el  valyutasidagi  muayyan 
summadagi ekvivalent (teng) boʻlgan summadagi yoki shartli pul birliklari 
(Evro,  “maxsus  qarz  olish  huquqlari”  va  hokazolar)  bilan  toʻlanishi 
lozimligi  nazarda  tutilishi  mumkin.  Bunday  hollarda,  odatda,  hisob-
kitoblar toʻlov kunidagi rasmiy kurs boʻyicha belgilanadi. Pul toʻgʻrisidagi 
majburiyatlarni  chet  el  valyutasida  ifodalash  hamda  toʻlashga  faqat 
Oʻzbekiston  Respublikasi  qonunlarida  belgilangan  hollarda  va  tartibda 
yoʻl qoʻyiladi.  
Muqobil  va  fakultativ  majburiyatlar.  Qarzdor  ikki  yoki  bir  necha 
harakatlardan  birini  qilishga  majbur  boʻlishi  (FKning  250-moddasi) 
muqobil  majburiyat  hisoblanadi.  Chunonchi,  ikki  fuqaro  oʻrtasidagi  oldi-


231 
 
sotdi shartnomasi boʻyicha sotuvchi oluvchiga oʻzida boʻlgan bir narxdagi 
ikki  narsadan  birini,  masalan,  yo  televizor  yoki  xolodilnikni  sotish 
toʻgʻrisida  kelishishlari  mumkin.  Bunda  shartnoma  predmeti  ikki  ashyo 
boʻlib  koʻriladi.  Bu  ashyolardan  birini  tanlab  olish  bilan  majburiyatni 
bajarish huquqi qonun, shartnoma yoki majburiyat mazmunidan boshqacha 
hol anglashilmasa qarzdorga beriladi.  
Fakultativ  majburiyat  deb,  asosan,  qarzdor  muayyan  bir  harakatni 
qilishga  majbur  boʻlib,  shu  bilan  birga  mazkur  majburiyatda  nazarda 
tutilgan harakat oʻrniga boshqa bir harakatni qilish huquqini oʻzida saqlab 
qolishga  aytiladi.  Chunonchi,  shartnomada  televizor  sotilishi  koʻrsatiladi, 
ammo  shu  bilan  birga  sotuvchi  televizor  oʻrniga  xolodilnikni  sotish 
huquqini oʻziga belgilab qoʻyadi.  
Majburiyatlarning  muqobil  va  fakultativ  majburiyatlarga  boʻlinib 
bajarilishining  ma’lum  huquqiy  oqibatlari  bor.  Chunonchi,  muqobil 
majburiyatda koʻrsatilgan ashyolardan biri tasodifan nobud boʻlsa, oʻrniga 
ikkinchisi topshiriladi. Demak, bunday holda majburiyat bekor boʻlmaydi. 
Ammo  fakultativ  majburiyatda  koʻrsatilgan  asosiy  narsa  tasodifan, 
qarzdorning  aybi  bilan  bogʻliq  boʻlmagan  holda  nobud  boʻlsa,  bunday 
majburiyat bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli bekor boʻladi.  
Ulushli  va  sheriklik  majburiyatlarning  bajarilishi  toʻgʻrisida  oʻn 
toʻqqizinchi mavzuda batafsil toʻxtab oʻtildi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish