Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Majburiyatni bajarish muddati, joyi va usuli



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   205
Majburiyatni bajarish muddati, joyi va usuli 
 
Majburiyatni  bajarish  muddati  qonun  bilan  yoki  taraflarning  oʻzaro 
kelishuvi bilan yoxud sud qarori bilan belgilanishi mumkin.  
Majburiyatni  bajarish  muddati  kalendar  sana  bilan  yoki  muayyan 
vaqtda,  masalan,  uch  oy  ichida  bajarilishini  koʻrsatish  bilan  yoxud  biror 
hodisaning vujudga kelishi, chunonchi, paxta hosilning yigʻishtirib olinishi 
vaqt bilan koʻrsatilishi mumkin.  
Muddatlar  umumiy  va  juz’iy,  asosiy  va  maxsus,  boshlangʻich  va 
oxirgi muddatlarga boʻlinishi mumkin.  
Umumiy  muddat  –  barcha  majburiyatning  butunlay  bajarilishi 
muddati boʻlsa, juz’iy  muddat  –  majburiyatning qonun yoki shartnomada 
nazarda  tutilgan  qismlarga  boʻlinib,  qisman  bajarilishidir.  Bunday 
muddatlar asosiy muddatlar hisoblanadi, chunki bu muddatlar taraflarning 
asosiy majburiyatlarini bajarishlari uchun belgilanadi.  
Maxsus  muddatlar  biror-bir  qoʻshimcha,  maxsus  harakatlarni 
bajarish,  chunonchi,  qonun  yoki  shartnomada  nazarda  tutilgan  hollarda 


232 
 
zarur  hujjatlarni  topshirish,  mahsulotda  boʻlgan  kamchiliklar  toʻgʻrisida 
dalolatnomalar tuzish uchun belgilangan muddatlardir.  
Ba’zi majburiyatlarda, masalan, pudrat shartnomasida ishni boshlash 
muddati–boshlangʻich  muddat  va  ishni  tamomlash  muddati  –  oxirgi 
muddat  qilib  koʻrsatilishi  mumkin.  Muddatlarni  hisoblashga  oid  qoidalar 
FKning 145-148-moddalarida normalangan.  
Bajarish  muddati  belgilanmagan  majburiyatlar  ham  uchraydi.  Ba’zi 
hollarda  oʻzaro  shartnoma  tuzishda  majburiyatni  bajarish  muddatini 
belgilamasliklari  yoki  majburiyatning  kreditor  yoki  qarzdor  talab  qilgan 
zahoti bajarilishi kerakligini belgilashlari mumkin.  
Agar  majburiyatni  bajarish  muddati  koʻrsatilmagan  yoki  talab  qilib 
olish  payti  bilan  belgilanib  qoʻyilmagan  boʻlsa,  kreditor  majburiyatda 
ijroni talab qilishga, qarzdor esa ijroni har qachon amalga oshirishga haqli 
boʻladi.  Majburiyatni  darhol  bajarish  vazifasi  qonun,  shartnoma  yoki 
majburiyatning  mohiyatidan  anglashilmasa,  qarzdor  bunday  majburiyatni 
kreditor talab qilgan kundan boshlab, yetti kunlik muddat ichida bajarishi 
shart  (FK  242-modda).  Muddat  koʻrsatilmay  belgilangan  majburiyatlarga 
omonat  saqlash  majburiyatini  koʻrsatish  mumkin.  Taraflardan  birining 
talabi boʻyicha omonat shartnomasi har qachon bekor qilinishi va ashyoni 
omonatga  qoʻygan  shaxs  har  qachon  uning  qaytarilishini  talab  qilishga, 
omonat  saqlovchi  esa  darhol  qaytarishga  majbur  boʻladi.  Agar  ashyolar 
talab  qilib  olinguncha  yoki  muddat  koʻrsatilmay  saqlash  uchun  topshi-
rilgan boʻlsa, omonat saqlovchi har qachon shartnomadan bosh torta oladi, 
ammo  bu  holda  u  omonat  topshirgan  shaxsga  mulkni  qayta  qabul  qilish 
uchun  mazkur  sharoitlarda  yetarli  muddat  berishga  majbur.  Qonun  ba’zi 
hollarda  kreditorga  ham  ijroni  qabul  qilishga  tayyorgarlik  koʻrish  uchun 
muhlat  olish  mumkinligini  belgilaydi.  Chunonchi,  agar  mulk  ijarasi 
shartnomasi  muddati  koʻrsatilmay  tuzilgan  boʻlsa,  bu  holda  u  noma’lum 
muddatga tuzilgan sanaladi va har ikki taraf xohlagan vaqtda shartnomani 
bekor  qila  oladilar.  Bu  holda  shartnomani  bekor  qilmoqchi  boʻlgan  taraf 
ikkinchi  tarafni  bir  oy  oldin  koʻchmas  mulk  ijarasida  esa  uch  oy  ilgari 
yozma ogohlantirilishi lozim, deb koʻrsatiladi.  
Majburiyatlar 
muddatidan 
ilgari 
ham 
bajarilishi 
mumkin. 
Majburiyatning  bajarilishi  vaqti  kreditor  uchun  har  xil  ahamiyatga  ega 
boʻladi.  Chunonchi,  kreditor  omonatga  qoʻyilgan  narsani  muddatidan 
ilgari  oʻziga  qaytarilishini  istamasligi  qarz  shartnomasi  boʻyicha  esa 
berilgan  qarzning  muddatidan  avval  qaytarilishiga  qarshi  boʻlmasligi 
mumkin.  Agar  qonun  hujjatlari  yoki  shartnomada  nazarda  tutilgan  boʻlsa 
yoxud  majburiyatlarning  mohiyatidan  yoinki  ish  muomalasi  odatlaridan 
yoki  odatda  qoʻyiladigan  boshqa  talablardan  anglashilsa,  qarzdor 


233 
 
majburiyatni  muddatidan  ilgari  bajarishga  haqli,  kreditor  esa  ijroni 
muddatidan ilgari qabul qilishi shart (FK 243-modda).  
Fuqarolik  huquqida  majburiyatni  ijro  etish  joyi  ham  muhim 
ahamiyatga  ega.  FKning  246-moddasiga  asosan,  agar  majburiyatni 
bajarish  joyi  qonun  hujjatlari  yoki  shartnoma  bilan  belgilab  qoʻyilgan 
boʻlmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan 
yoinki  odatda  qoʻyiladigan  talablardan  anglashilmasa,  ijro  quyidagi 
joylarda amalga oshirilishi kerak: 
1)  koʻchmas  mol-mulkni  topshirish  majburiyatlari  boʻyicha  mol-
mulk turgan joyda; 
2)  tashishni  nazarda  tutadigan  tovar  yoki  boshqa  mol-mulkni 
topshirish  majburiyatlar  boʻyicha  –  tovarni  kreditorga  yetkazib  berish 
uchun uni birinchi tashuvchiga topshirish joyida
3) qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan 
oʻzga majburiyatlari boʻyicha – mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida, 
basharti  majburiyatning  kelib  chiqish  paytida  bu  joy  kreditorga  ma’lum 
boʻlgan boʻlsa; 
4)  pul  majburiyati  boʻyicha–majburiyat  vujudga  kelgan  paytda 
kreditor  yashagan  joyda,  agar  kreditor  yuridik  shaxs  boʻlsa,  uning 
majburiyat  vujudga  kelgan  paytda  joylashgan  yerida,  agar  kreditor 
majburiyatni bajarish vaqtigacha oʻz yashash joyini yoki joylashgan yerini 
oʻzgartirgan  boʻlsa  va  bu  haqda  qarzdorni  xabardor  qilgan  boʻlsa  –  ijro 
bilan  bogʻliq  hamma  xarajatlarni  kreditor  hisobidan  qilgan  holda,  uning 
yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida
5)  boshqa  barcha  majburiyatlar  boʻyicha  –  qarzdorning  yashash 
joyida, agar qarzdor yuridik shaxs boʻlsa, uning joylashgan yerida.  
Majburiyatni ijro etish usuli  - bu majburiyat tuzilgan shartnomaning 
shartlari  yoki  huquq  normalari  bilan  belgilangan  tartibda  ijro  etilishidir. 
Ba’zi majburiyatlar oʻzining mazmuniga koʻra birdaniga va batamom ijro 
etiladi.  Chunonchi,  xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyoni 
masalan, sotilgan televizorni topshirish majburiyati bir vaqtda va batamom 
ijro etiladi. Boshqa bir xil majburiyatlar, aksincha, qismlarga boʻlinib, bir 
qancha  vaqt  davomida  ijro  etilishi  mumkin.  Umrbod  ta’minlash  sharti 
bilan  uy-joy  (kvartira)ni  boshqa  shaxsga  berishda  moddiy  ta’minot  unga 
bir  necha  yillar  davomida  beriladi,  ya’ni  majburiyat  qismlariga  boʻlinib, 
bir  qancha  vaqt  davomida  bajariladi.  Aksariyat  majburiyat  masalan, 
tashkilotlarga  sotilgan  mahsulot  (tovar)larni  yetkazib  berish  va  buning 
uchun  haq  toʻlash  majburiyatlari  birdaniga,  qismlarga  boʻlib-boʻlib  ham 
bajarilishi mumkin.  


234 
 
Ba’zi hollarda majburiyatning qismlarga boʻlinib ijro etilishi kreditor 
uchun noqulay boʻlishi mumkin
Masalan, qish faslida sotiladigan kiyimlarni bir 
necha chorakka boʻlib, bahor va yoz fasllarida yetkazib berilishi xoʻjalik hisobida ish 
koʻruvchi  savdo  tashkilotini  qanoatlantirmasligi  mumkin.  Bunday  hollarda 
boshqacha  tartib  qonun  hujjatlarida,  shartnomada  nazarda  tutilgan  boʻlmasa  yoki 
ish  muomalasi  odatlaridan  yoxud  majburiyatning  mohiyatidan  anglashilmasa, 
kreditor  majburiyatning  qismlarga  boʻlib  bajarilishini  qabul  qilmaslikka  haqli  (FK 
239-modda).  Bunday  ijroni  kreditor  qabul  qilmasa,  qarzdor  majburiyatni  lozim 
darajada bajarmagan yoki butunlay bajarmagan hisoblanadi.  
Ba’zi  hollarda  ikki  tomonlama  majburiyatlarda  kimning  eng  avval 
oʻz  majburiyatini ijro  etishi lozimligi  ma’lum boʻladi
.  Masalan,  vositachilik 
shartnomasi  boʻyicha  vositachi  avval  oʻz  majburiyatini  bajaradi,  narsani  sotadi, 
keyin  xizmat  haqini  oladi;  chakana  savdo  magazinida  oluvchi  tovarning  qiymatini 
avval toʻlaydi, keyin molni oladi va h.k. Agar taraflardan biri oʻz majburiyatini avval 
bajarishi noma’lum boʻlganda, agar qonun, shartnoma yoki majburiyat mohiyatidan 
boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma yuzasidan olingan oʻzaro majburiyatlar bir 
vaqtda bajarilishi lozim boʻladi.  
Yuqorida  keltirilgan  qoida  dispozitiv  xarakterda  boʻlganligi  tufayli 
majburiyatning  avvalo  kim  tomonidan  bajarilishi,  masalan,  sotilgan 
narsaning  topshirilishi  yoki  pulning  toʻlanishi  oʻzaro  kelishuv  boʻyicha 
ham belgilanishi mumkin.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish