219
boʻladi. Lekin ayrim hollarda aralash sheriklik majburiyati asosida ham
javobgarlik belgilanishi mumkin. Masalan, turli tashkilotlarga qarashli
avtomashinadan bir necha fuqaroga ziyon yetkazilsa, birgalikdagi aralash
sherik javobgarlik belgilanishi mumkin.
Qoʻshimcha (subsidiar) majburiyatlar faqat qarzdorlar tarafida
vujudga keladi. Majburiyat asosiy qarzdor tomonidan bajarilmaganida,
kreditor uning bajarilishini qoʻshimcha qarzdordan talab qilishga haqli.
Subsidiar javobgarlik asoslari FKning 329-moddasida nazarda tutilgan.
Bunga asosan, qonun hujjatlari yoki
majburiyat shartlariga muvofiq, asosiy
qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda
boʻlgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qoʻyishdan oldin kreditor
asosiy qarzdorga talab qoʻyishi kerak. Agar asosiy qarzdor kreditorning
talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qoʻyilgan talabga
oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, bu talab subsidiar javobgar
boʻlgan shaxsga qoʻyilishi mumkin. Kreditor asosiy qarzdorga boʻlgan oʻz
talabini qondirilishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli
emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga oʻtkazish
yoki mablagʻlarni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yoʻli bilan
qondirilishi mumkin boʻlsa, subsidiar javobgar shaxs oʻziga kreditor
tomonidan qoʻyilgan talabni qondirilishdan oldin, bu haqda asosiy
qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo
qoʻzgʻatilgan boʻlsa, asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilish kerak.
Aks holda, asosiy qarzdor oʻzining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar
javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega.
Sheriklik majburiyati boʻyicha boshqalar uchun majburiyatni ba-
jargan qarzdor regress (qaytarma) da’vo huquqiga ega boʻlsa, qoʻshimcha
majburiyatni uchinchi shaxsga nisbatan bajargan qarzdor, agar qonun yoki
shartnomalarda boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, shu bajarilgan
narsani qaytarib olish huquqiga ega boʻlmaydi. Masalan, ota-onalar
farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmagan bolalarning
harakati natijasida yetkazilgan zararni uchinchi shaxsga toʻlaganlarida
mazkur haqni qaytarib olish huquqiga ega emaslar.
Qoʻshimcha majburiyat qonun yoki shartnomalarda koʻrsatilgan
taqdirdagina vujudga keladi. Chunonchi, qonunda aytilishicha, oʻn toʻrt
yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan oʻsmir
tomonidan yetkazilgan ziyon uchun ularning ota-onalari, vasiy va
homiylari qoʻshimcha javobgardirlar. Qoʻshimcha majburiyatga yana bir
misol qilib, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomada koʻrsatilgan boʻlsa, boshqa
shaxs majburiyatining butunlay yoki qisman bajarilishi uchun uning kre-
220
ditori oldida javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan kafilning qoʻshimcha
javobgarligini koʻrsatish mumkin. Ammo bu holda majburiyatni bajargan
kafil regress (qaytarma) da’vo qilish huquqiga ega boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: