215
ta’minoti shartnomasida energiya bilan ta’minlovchi va abonent (iste’molchi), pudrat
shartnomasida pudratchi va buyurtmachi, haq evaziga xizmat koʻrsatish
shartnomasida ijrochi va buyurtmachi, transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha
ekspeditor va mijoz, vositachilik shartnomasida vositachi va komitent, kompleks
tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi boʻyicha bir taraf – kompleks
litsenziar ikkinchi taraf – kompleks litsenziat, delikt munosabatlarida zarar
yetkazuvchi va jabrlanuvchi va h.k. Lekin ularning birini qarzdor, ikkinchisini esa
kreditor sifatida tushunmaslik lozim. Jumladan, har bir taraf bir vaqtning oʻzida
kreditor yoki qarzdor boʻlib qolishi mumkin.
Fuqarolik huquqida aksariyat majburiyatlarda (shartnomalarda)
qatnashuvchi shaxslar bir vaqtning oʻzida ham kreditor, ham qarzdor
boʻlib hisoblanadi
.
Masalan, oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi sotilgan narsani
topshirish yuzasidan qarzdor, uning summasini talab qilib olish yuzasidan kreditor
hisoblanadi va aksincha, sotib oluvchi mol-mulkni talab qilib olish yuzasidan –
kreditor, uning summasini toʻlash yuzasidan qarzdor hisoblanadi. Binobarin, majbu-
riyatda ishtirok etayotgan taraflarda, ya’ni kreditor va qarzdorda ham talab qilish
huquqi, ham majburiyat boʻlsa, bunday majburiyatlar (ikki tomonlama
shartnomalar) murakkab majburiyatlar, deb ham yuritiladi.
Odatda, har bir majburiyatda ikki taraf – kreditor va qarzdor
qatnashadi. Ammo ba’zi hollarda majburiyatda kreditor yoki qarzdor
tarafida yoxud har ikki tarafda ham bir necha shaxslar ishtirok etishlari
mumkin. Bunday majburiyatlar
koʻp shaxsli majburiyatlar hisoblanadi.
Masalan, bir mol-mulk ikki shaxs tomonidan sotib olinganida sotuvchi huzurida
uning summasini toʻlash yuzasidan qarzdor tomonidan ikki shaxs qatnashadi.
Majburiyatda koʻpchilik boʻlib qatnashuvchi shaxslar
faol va
nofaol
ishtirokchilarga ajratilishi mumkin. Majburiyatda koʻpchilik boʻlib
kreditor tarafida qatnashuvchi shaxslar –
faol ishtirokchilar deb, qarzdor
tarafida qatnashuvchi shaxslar esa –
nofaol ishtirokchilar deb ataladi. Agar
majburiyatda qatnashuvchi shaxslar har ikki tarafda ham koʻpchilik boʻlib
ishtirok etsa –
aralash ishtirokchilar deb ataladi.
Koʻp shaxslar ishtirok etgan majburiyatlar
ulushli va
sherik
majburiyatlarga boʻlinadi.
Ulushli majburiyatlarda qatnashuvchi kreditorlarning har biri
qarzdordan tegishli ulushining bajarilishini talab qilish huquqiga ega
boʻlsa, ulushli qarzdorlardan har biri oʻziga tegishli ulushni bajarishga
majbur boʻladi.
FKning 251-moddasida koʻrsatilganidek, agar ulushli majburiyatda
bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonundan
yoki shartnomadan boshqacha tartib anglashilmasa, u holda har bir
kreditor majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda talab qilishga haqli,
har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart.
216
Ulushli majburiyatga ikki fuqaro tomonidan ulushlarga boʻlinib
qurilgan uy-joyning sotilishida sotuvchilardan har biri oʻz ulushiga
nisbatan tegishli haqni talab qilish yuzasidan kreditor boʻlishini misol qilib
koʻrsatish mumkin.
Yuridik shaxslar oʻrtasida ham ulushli majburiyatlar vujudga kelishi
mumkin
.
Do'stlaringiz bilan baham: