Shartnomali majburiyatlarga oid huquqiy institutlar asosan
shartnomaviy munosabatlardan vujudga keladi va uning asosiy xususiyati
majburiyat taraflarining erk-irodasini namoyon etish orqali yuzaga keladi.
Shartnomasiz majburiyatlar shaxsning erk-irodasidan tashqarida
yuz beradi yoki bir tomonlama harakat natijasida kelib chiqadi.
Majburiyat mazmuni deganda, kreditorning qarzdor tomonidan
muayyan harakatlar qilinishini (yoki qilinmasligini) talab etishga boʻlgan
huquqi va qarzdorning shunga yarasha boʻlgan burchi tushuniladi.
Qarzdor tomonidan qilinishi lozim boʻlgan harakatlar har xil: ashyoni
egasiga (kreditorga) topshirish, ashyolarni foydalanish uchun topshirish,
ma’lum summa pulni toʻlash, biror-bir ishni bajarish yoki xizmat
koʻrsatish, qarzdor tomonidan bitimning tuzilishini ta’minlash, birovga
yetkazilgan zararni toʻlash, asossiz orttirilgan boylikni oʻz egasiga
qaytarish toʻgʻrisida boʻlishi mumkin.
Yuqorida koʻrsatilgan majburiyat obyektlaridan koʻrinishicha,
majburiyatning mazmuni asosan mulkiy xarakterdagi huquq va
burchlardan iborat boʻlsa-da, huquq subyektlarini oʻzaro mulkiy
xarakterda boʻlmagan majburiyatlar ham belgilashlari mumkin
. Masalan,
212
asar mualliflaridan biri oʻzaro kelishuv boʻyicha muayyan vaqt ichida asarning bir
qismini tuzatib, qayta ishlab kelish toʻgʻrisida oʻz zimmasiga majburiyat olishi
mumkin.
Majburiyat taraflarining bir-birlariga nisbatan belgilangan huquq va
majburiyatlari ularning tusiga qarab farqlanadi. Ular mazmuni, obyektlari
va subyektlariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi:
1. Ijobiy va salbiy mazmunli majburiyatlar. Agar majburiyat
yuzasidan qarzdor muayyan bir harakatni qilishga burchli boʻlib, kreditor
aynan shunday harakatning qilinishini talab qilishga haqli boʻlsa, bunday
majburiyat
ijobiy
mazmunli
majburiyat
hisoblanadi.
Huquqiy
munosabatning koʻpchiligida ijobiy mazmunli majburiyatlar yotadi.
Masalan, oldi-sotdi, mulkni ijaraga berish, maishiy xizmat koʻrsatish sohasida
olinadigan majburiyatlar – ijobiy mazmunli majburiyatlardir.
Agar majburiyat boʻyicha qarzdor muayyan harakatni qilishdan
saqlanishga burchli, kreditor harakat qilishdan saqlanishini talab etish
huquqiga ega boʻlsa bunday majburiyat salbiy mazmunli majburiyat
hisoblanadi.
Masalan, nashriyot shartnomasi boʻyicha muallif shartnoma kuchda
boʻlgan davrda oʻz asarini boshqa nashriyotga topshirishdan saqlanish
majburiyatini olsa, nashriyot muallifning boshqa nashriyot bilan shartnoma
tuzishdan saqlanishini talab etish huquqini oladi.
2. Bir tomonlama va ikki tomonlama majburiyatlar. Majburiyatda
qatnashuvchilarning birida faqat talab qilish huquqi (yoki huquqlari),
ikkinchi tomonda esa faqat majburiyat (majburiyatlar) boʻlsa, bunday
majburiyatlar bir tomonlama majburiyatlar hisoblanadi.
Masalan, qarz
shartnomasi. Qarz shartnomasi boʻyicha qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini
talab qilish huquqiga ega boʻlsa, qarzdor oʻz zimmasiga olgan qarzini qaytarishga
burchlidir.
Huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi ham huquq,
ham majburiyatga (qator huquqlar va majburiyatlarga) ega boʻlsa, bunday
majburiyatlar ikki tomonlama majburiyat hisoblanadi. Ikki tomonlama
majburiyatlarga oldi-sotdi, ijara, pudrat kabi shartnomalarni misol qilib
koʻrsatish mumkin
. Masalan, oldi-sotdi munosabatida sotuvchida sotilgan narsani
topshirish majburiyati boʻlsa, oluvchida sotib olingan narsaning qiymatiga yarasha
haq toʻlash majburiyati boʻladi va aksincha. Aksariyat majburiyatlar ikki tomonlama
majburiyatlardir
.
3. Muayyan harakatni bajarishga qaratilgan va muqobil maj-
buriyatlar. Agar huquqiy munosabat boʻyicha kreditor qarzdordan
muayyan bir harakat qilinishini, masalan, ma’lum ishning bajarilishini,
biror-bir ashyoning topshirilishini yoki ma’lum summa pul toʻlanishini
talab qilish huquqiga ega boʻlsa, bunday majburiyat muayyan harakatni
213
bajarishga qaratilgan majburiyat hisoblanadi. Agar huquqiy munosabatda
kreditorning talabi boʻyicha qarzdor bir necha harakatlardan birini
bajarishga majbur boʻlsa, bunday majburiyat muqobil majburiyat sanaladi.
Muqobil majburiyat boʻyicha huquqiy munosabatda bir necha harakat
koʻrsatilgan boʻlsa ham, majburiyatning mazmunini qarzdorning faqat
birgina majburiyati va kreditorning shu majburiyatning bajarilishini talab
qilishga boʻlgan huquqi tashkil etadi. Huquqiy munosabatda nazarda
tutilgan harakatlardan birining bajarilishi bilan majburiyat ijro etilgan
hisoblanadi. Muqobil majburiyatning bajarilishi toʻgʻrisidagi qoida
FKning 250-moddasida berilgan. Mazkur moddada koʻrsatilishicha, agar
qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur boʻlsa,
qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib
anglashilmasa, tanlash huquqi qarzdor ixtiyorida boʻladi. Oʻzbekiston
Respublikasining bir qator qonun hujjatlarida qaysi majburiyatning
bajarilishi lozimligini tanlash huquqi kreditorga berilganligi koʻrsatiladi.
Xususan, ularda sotilgan ashyoning sifati lozim darajada boʻlmaganda, sotib oluvchi
oʻz xohishi bilan ana shu ashyoni boshqa sifatli ashyoga almashtirish yoki xarid
bahosini tegishli darajada kamaytirishni yoxud sotuvchining shu ashyodagi
kamchiliklarni haq olmay tuzatib berishini yoki shu kamchilikni tuzatish uchun
oluvchining qilgan xarajatlarini toʻlashni yo boʻlmasa shartnomani bekor qilib,
oʻziga yetkazilgan zararning toʻlanishini talab qilishga haqli boʻladi, deb
koʻrsatiladi. Bu qoida boʻyicha qarzdor sifatidagi sotuvchi tomonidan bajarilishi
lozim boʻlgan harakatlardan birini tanlash huquqi kreditorga, ya’ni sotib oluvchiga
beriladi.
4. Shaxsiy tusga ega boʻlgan majburiyatlar va shaxsiy tusga ega
boʻlmagan majburiyatlar. Ba’zi majburiyatlar huquqiy munosabatda
qatnashuvchilarning har qaysisi yoki birining shaxsi bilan qat’iy bogʻliq
boʻlishi mumkin
. Masalan, topshiriq shartnomasi boʻyicha vujudga keladigan
majburiyat vakilning (topshiriqni bajaruvchining) ishonchli shaxs boʻlishiga qarab
belgilanadi. Bunday shaxsiy xarakterga ega boʻlgan majburiyatlarning bajarilishini,
agar qonun yoki shartnomada boshqacha hol belgilanmagan boʻlsa, boshqa shaxsga
oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaydi, kreditor ham boshqa shaxs bilan almashinishi mumkin
emas. Bunday majburiyatlar, odatda, qarzdor yoki kreditorning vafot etishi bilan
bekor boʻladi.
Aksariyat huquqiy munosabatlarda majburiyatning kim tomonidan
bajarilishi ahamiyatga ega boʻlmaydi
. Masalan, qarz shartnomasi boʻyicha
majburiyatning fuqaro G. tomonidan ham yoki uning uchun fuqaro B. tomonidan
ham bajarilishi mumkin. Bunday shaxsiy xarakterga ega boʻlmagan majburiyatlar
boʻyicha kreditor ham, qarzdor ham boshqa shaxs bilan almashinishiga yoʻl
qoʻyiladi. Bunday majburiyatlar boʻyicha kreditor yoki qarzdorning vafot etishi
majburiyatning bekor qilinishi uchun asos boʻlmaydi.
214
Umumiy qoidaga binoan, majburiyatlar FKda nazarda tutilgan
asoslarda vujudga keladi. Ammo, bunday majburiyatlarning vujudga
kelishi qonunda nazarda tutilmagan boʻlsa-da, lekin fuqarolik qonun
hujjatlarining umumiy mohiyati va mazmuniga zid boʻlmagan fuqarolar va
yuridik shaxslarning harakatlari asosida ham vujudga kelishi mumkin
(FKning 8-moddasi 1-qismi).
FKning
234-moddasida
belgilanganidek,
majburiyatlar
shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda fuqarolik qonunlarida
nazarda tutilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi. Fuqarolik qonunlarida
nazarda tutilgan boshqa asoslar tarkibiga davlat organlari va fuqarolarning
oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlari, sud qarori, turli voqea
hodisalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |