Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   205
Masalan, 
bir  necha 
tashkilot 
birgalashib 
uy-joy  qurganida, 
tashkilotlarning  har  biri  oʻz  ulushiga  yarasha  uy-joyni  boshqarish  va  undan 
foydalanish huquqiga ega boʻladi.
  
Ulushli  majburiyatlarda  faol  ishtirokchi  boʻlgan  kreditorlardan  har 
biri qarzdordan faqat oʻziga tegishli ulushnigina talab qilish huquqiga ega 
boʻlsa,  qarzdorlardan  har  biri  oʻziga  tegishli  ulushda  majburiyatni 
bajarishga majbur boʻladi.  
Kreditorlardan  biriga  majburiyatning  qarzdorlardan  biri  tomonidan 
oʻz  ulushiga  yarasha  bajarishi  ulushli  majburiyatni  butunlay  bekor 
qilmaydi.  Bunday  majburiyat,  to  boshqa  kreditorlarning  talablari 
qondirilguncha  yoki  boshqa  qarzdorlar  oʻz  ulushlariga  yarasha 
majburiyatlarini bajarguncha saqlanib qoladi.  
Kreditorlar  va  qarzdorlar  koʻpchilik  boʻlgan  taqdirda  kreditorlardan 
har biri qarzdordan qarzni boshqalar bilan teng ulushda talab qilishga haqli 
va  qarzdorlarning  har  biri  esa  boshqalar  bilan  teng  ulushda  majburiyatini 
bajarishga majbur boʻladi.  
Sheriklik  majburiyatlarga  asosan,  kreditor  majburiyatning  toʻla 
hajmda  bajarilishini,  sherik  qarzdorlarning  har  qaysisidan  majburiyatning 
butunlay bajarilishini talab qilishga haqli.  
Yuqorida  berilgan  ta’rifga  koʻra,  sheriklik  majburiyatlarida 
qatnashuvchilar  sifatida  qarzdor  bitta-yu,  kreditorlar  bir  nechta  boʻlishi 
yoki bir necha kreditor va bir necha qarzdor boʻlishi mumkin.  
Sheriklik  asosida  majburiyat  olganlar  –  sherik  qarzdorlar  boʻlsa, 
sheriklik asosida talab qilish huquqiga ega boʻlganlar – sherik kreditorlar 
deb ataladi.  
Sheriklik  majburiyatining  mazmunini  sheriklik  majburiyati  va 
sheriklikka  oid  talab  qilish  huquqlari  tashkil  etadi.  Masalan,  bir  necha 
shaxs  bir  kishiga  yoki  tashkilotga  ziyon  yetkazganlarida  qonun  boʻyicha 
sheriklik majburiyati belgilanadi. Bir necha vorislarga qarashli, ulushli va 
boʻlinmagan  uy-joy  bir  fuqaro  tomonidan  sotib  olinganda,  sheriklikka 
asoslangan talab qilish huquqi vujudga keladi.  
Sheriklik  majburiyatida  kreditorlarning  talablari  yoki  qarzdorlarning 
majburiyatlari  ulushlarga  boʻlinmaydi.  Ammo  kreditorlardan  biri  yoki  bir 
nechtasi qarzning qisman bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi.  


217 
 
Sheriklik  (solidaritet)  asosida  belgilanadigan  majburiyatga  koʻra, 
qarzdorlardan  biri  tomonidan  majburiyat  bajarilmaganida,  uning  uchun 
boshqa  sherik  qarzdorlar  javobgar  boʻlishadi  va  aksincha,  sherik 
qarzdorlar bajarmagan majburiyatning bajarilishini bunday qarzdorlarning 
biridan ham toʻla talab qilishi ham mumkin.  
FKning  252-moddasida  koʻrsatilganidek,  qarzdorlarning  sheriklik 
majburiyati 
belgilanganida, 
kreditor 
majburiyatni 
qarzdorlarning 
barchasidan birgalikda, shuningdek har qaysisidan ayrim-ayrim holda toʻla 
yoki qisman bajarilishini talab qilishga haqlidir.  
Sherik  qarzdorlarning  biridan  toʻla  qanoat  hosil  qilmagan  kreditor 
ololmagan  narsasini  boshqa  sherik  qarzdorlardan  talab  qilishga  haqli. 
Sherik  qarzdorlar  to  majburiyat  toʻla  bajarilgunga  qadar,  qarzdor  boʻlib 
qolaveradi.  
Sherik  qarzdorlarning  har  biri  kreditorning  talablariga  qarshi 
e’tirozlarini  bildira  oladi.  Chunonchi,  qarzning  ilgari  toʻliq  yoki  qisman 
toʻlanganligini  koʻrsatishlari  mumkin.  Ammo  sheriklik  majburiyat 
boʻlgani  holda,  qarzdor  kreditorning  talablariga  qarshi  boshqa 
qarzdorlarning  kreditorga  nisbatan  boʻlgan,  mazkur  qarzdor  ishtirok 
etmagan,  munosabatlarga  asoslangan  e’tirozlarini  qoʻya  olmaydi  (FKning 
253-moddasi).  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish