Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   205
11-MAVZU. MULK HUQUQI 
 
Mulk  huquqi  tushunchasi  va  mazmuni.  Ashyoviy  huquqlar.  Mulk 
huquqining vujudga kelish va bekor boʻlish asoslari.  
 
Mulk huquqi tushunchasi va mazmuni 
 
Majburiyat  huquqlari  bilan  ashyoviy  huquqlar  fuqarolik  muomalasi 
ishtirokchilarning iqtisodiy manfaatlarini qondirish uchun hizmat qiladilar. 
Shu  ma’noda  ashyoviy  huquqlar  mulk  muayyan  subyekt  tomonidan 
egallanishini, 
unga 
mansubligini 
tavsiflab 
beruvchi 
iqtisodiy 
munosabatlarni,  ya’ni  doimiy  muvozanat  (statik)  holatini  ifodalovchi 
munosabatlarni,  majburiyat  huquqlari  esa  bir  shaxsdan  ikkinchi  shaxsga 
tovar harakati, mol-mulk oʻtishi jarayonini, ya’ni dinamik  munosabatlarni 
tartibga  solish  uchun  xizmat  qiladilar.  Ashyoviy  huquqlar  mohiyatini  va 
ularning  boshqa  fuqarolik  huquqlardan  farqini  toʻlaroq  tushunish  uchun 
ashyoviy huquqlarning bir qator oʻziga xos xususiyatlarini ajratish lozim.  
Ashyoviy huquq mutlaq (absolyut) huquqdir. Ashyoviy huquqlarning 
mutlaqligi,  ushbu  huquqlarning  (mulk  huquqi,  xoʻjalik  yuritish,  operativ 
boshqarish huquqi, servitut va boshqalar) subyekti, uning ashyoga nisbatan 
huquqini  buzmaslikka  majbur  subyektlarning  cheklanmagan  doirasiga 
qarshi turganligidir. Bunga qarama-qarshi majburiyat huquqlari egalariga u 
bilan  majburiyat  munosabatlarda  boʻlgan  shaxslarning  cheklangan  guruhi 
qarshi turadi.  
Ashyoviy  huquqlarning  navbatdagi  farqlovchi  xususiyati  boʻlib, 
uning obyekti hisoblanadi. Majburiyat huquqlardan farqli oʻlaroq ashyoviy 
huquqlarning  obyekti  boʻlib  xususiy  alomati  bilan  belgilangan  ashyolar 
hisoblanadi. Turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar, nomoddiy 
ne’matlar ashyoviy huquqlarning obyekti boʻlmaydi.  
Majburiyat  huquqlardan  farqlanib  ashyoviy  huquqlar  qonun  bilan 
oʻrnatiladi.  Ushbu  holda  qonun  deb  FK  va  oʻzga  qonunlar  tushuniladi. 
Fuqarolik  huquq  subyektlari  shartnoma  va  boshqa  bitimlar  asosida 
ashyoviy huquqlarning yangi turlarini vujudga keltirish huquqi yoʻqligini 
alohida  ta’kidlash  lozim.  Aksincha,  majburiyat  munosabatlari 
ishtirokchilari  qonunda  nazarda  tutilgan  ham,  tutilmagan  ham,  lekin  unga 
zid boʻlmagan bitimlarni tuzish huquqiga ega.  
Ashyoviy  huquqning  oʻziga  xos  xususiyatlaridan  biri  boʻlib 
ergashma  huquq  hisoblanadi.  Ergashma  huquqning  mohiyati  ashyoga 


155 
 
nisbatan mulk huquqi va oʻzga ashyoviy huquqlar boshqa shaxsga oʻtishi 
ushbu 
huquqlar 
tugatilishiga 
asos 
boʻlib 
hisoblanmasligidir.                      
FK  169-moddasining  ikkinchi  qismiga  binoan  mol-mulkka  egalik  qilish 
huquqining  boshqa  shaxsga  oʻtishi,  bu  mol-mulkka  nisbatan  oʻzga 
ashyoviy  huquqlarning  bekor  boʻlishi  uchun  asos  boʻlmaydi.  Agar  ashyo 
oldi-sotdi shartnomasiga asosan boshqa subyektga oʻtgan boʻlsa, ashyoviy 
huquq  uning  ortidan  borishda  davom  etadi.  Bu  borada  fuqarolik  huquqi 
nazariyasida,  shak-shubhasiz,  mulkka  nisbatan  mulk  huquqi  boshqa 
shaxsga  oʻtishi,  ushbu  mulkka  nisbatan  oʻzga  ashyoviy  huquqlarni 
tugatilishi uchun asos emasligi e’tirof qilingan.  
Mulk  huquqi  oʻzga  ashyoviy  huquqlar  tizimiga  asos  soluvchi 
(boshlangʻich)  hisoblanadi.  Boshqa  huquqlar  ushbu  huquqdan  vujudga 
kelish  xarakteriga  egadir.  Mulk  huquqi  ashyoviy  huquqning  barcha 
alomatlariga ega boʻlib, muddatsiz hisoblanadi.  
Mulk  huquqining  tushunchasi  FKning  164-moddasida  belgilangan. 
Unga  koʻra,  mulk  huquqi  shaxsning  oʻziga  qarashli  mol-mulkka  oʻz 
xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish 
va uni tasarruf etish, shuningdek, oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan 
boʻlmasin,  har  qanday  buzishni  bartaraf  etishni  talab  qilish  huquqidan 
iboratdir.  
Mulk  huquqi  obyektiv  va  subyektiv  jihatidan  koʻrib  chiqilishi 
mumkin. Obyektiv jihatidan mulk huquqi mulkdor tomonidan oʻz mulkiga 
egallik  qilish,  foydalanish  va  tasarruf  etish  boʻyicha  ijtimoiy 
munosabatlarni  tartibga  soluvchi  me’yorlar  tizimini  tashkil  etadi.  Bu 
nuqtayi  nazarda  mulk  huquqi  –  fuqarolik  huquqining  markaziy  va  asosiy 
institutidir.  Har  qanday  subyektiv  huquq  kabi  subyektiv  jihatidan  mulk 
huquqi  ham,  qonun  tomonidan  boshqarishga  vakolat  berilgan  shaxsning 
ma’lum  harakatlarni  amalga  oshirish  imkoniyatidir.  Ushbu  nuqtayi 
nazaridan  u  oʻz  egasiga  –  mulkdoriga  unga  tegishli  boʻlgan  mulk 
xususiyati va foydalanish imkoniyatlarini belgilash va unga nisbatan toʻliq 
xoʻjalik hukmronligini amalga oshirish imkoniyatini beradi.  
Xorijiy  mamlakatlarda  mulk  huquqiga  oid  qoidalarga  e’tibor 
qaratsak,  shu  narsa  ma’lum  boʻladidki,  xorijiy  mamlakatlarda  mulk 
huquqining  turli  konstruksiyalarni  klassifikatsiya  qilishning  yagona 
universial  asosi  belgilanmagan.  Shu  bilan  birga,  pretsedentlarga 
yo‘naltirilgan  ingliz  umumiy  huquqini  qabul  qilgan  AQShda  mulkchilik 
munosabatlar  garchi  Konstitutsiya  darajasida  nazarda  tutilsada  (AQSh 
Konstitutsiyasiga V, XIV qo‘shimchalar), biroq uning rivojlanishi va keng 
ifodalanishi  alohida  shtatlarning  qonunchiligi  va  sud  qarorlarida 


156 
 
mustahkamlangan.  Qolaversa,  fuqarolik  huquqi  nazariyasi  nuqtai 
nazaridan  amerika  mulk  huquqi  modelining  asosida  ushbu  huquqning 
sub'ektiv  tarkibi  masalasi  yotadi.  AQSh  mulk  huquqi  modelini  oddiy  va 
murakkab 
tuzilishli 
turlarga 
ajratish 
mumkin
1

Oddiy 
yoki 
soddalashtirilgan  model  “bitta  ashyoga  –  bitta  to‘la  huquqli  mulkdor” 
tamoyiliga  asoslanadi.  Bu  konstruksiyada  mazkur  ashyoga  u  yoki  bu 
darajada  bog‘liq  bo‘lgan  har  qanday  boshqa  shaxslar  “boshqa  huquqli” 
shaxslar  hisoblanadi  va  ashyoning  mulkdori  o‘zining  egalik  qilish, 
foydalanish va tasarruf etishga dior vakolatlari yakka o‘zi amalga oshiradi. 
Shu ma’noda mulk huquqi mutlaq tus (fee simple absolute) kasb etadi. 
Angliyada  1925  yilda  “Mol-mulk  to‘g‘risida”gi  Qonun  (Law  of 
Property Act 1925) qabul qilingan. Mazkur qonunda mulk huquqi mutlaq 
tusga egaligi nazarda tutilgan. Angliyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, 
ingliz  mulk  va  egalik  qilish  huquqi  rim  huquqidagi  ayniy  tushunchalarga 
mos  kelmaydi,  ingliz  huquqi  mutlaq  emas,  ustuvor  vakolatlarni  belgilash 
tizimi hisoblanadi
2
.
 
Germaniya  Fuqarolik  Tuzuklari  (GFT)  da  mulk  yoki  xususiy  mulk 
atamasilarning  izohi  berilmaganligi  ko‘zga  tashlanadi.  Germaniya 
fuqarolik  qonunchiligiga  ko‘ra,  mulk  huquqi  keng  mazmunli  ashyoviy 
huquqning  bir  turi  bo‘lib,  faqat  egasiga  o‘ziga  tegishli  mol-mulkdan 
foydalanish  yo‘nalishini  belgilash,  mol-mulkka  nisbatan  to‘liq  xo‘jalik 
hukmronligini  amalga  oshirish  imkoniyati  beradi.  GFTda  mulk  huquqi 
tushunchasi  berilmagan,  aksincha,  mazkur  tushuncha  mulk  huquqining 
mazmunini  bayon  etish  yo‘li  bilan  izohlangan.  Shunga  qaramasdan, 
GFTning  903-moddasida  mulk  huquqining  fuqarolik-huquqiy  ta’rif 
mavjud.  Unga  ko‘ra,  ashyoning  egasi  qonun  yoki  uchinchi  shaxslarning 
huquqlari  to‘sqinlik  qilmaydigan  darajada  ashyoni  o‘z  xohishi  bo‘yicha 
tasarruf etishi va boshqa shaxs tomonidan har qanjay ta'sirni bartaraf etishi 
mumkin. Mazkur ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, GFTda mulk huquqi alohida 
vakolatlarning  oddiy  yig‘indisi  emas,  balki  o‘ziga  xos  alohida  huquq 
sifatida belgilangan
3
.
 
Ingliz-amerika 
huquq  tizimidan  farqli  ularoq,  Oʻzbekiston 
Respublikasi  huquqiy  tizimi  mansub  boʻlgan  qit’a  huquq  tizimida  mulk 
huquqi  “bitta  ashyo  –  bitta  mulkdor”  oddiy  mulk  huquqi  modeliga 
tayanadi. Ingliz-amerika tizimida “taqsimlangan mulk” modeli hukmronlik 
qilib,  unga  muvofiq  bitta  mulkka  bir  necha  shaxslarning  huquqi  e’tirof 
                                                           
1
 Joseph William Singer. Introduction to property. Aspen Publishers. – NY, 2005. -13-15,20-22 p. 
2
 Bridge M. G. Personal Property Law. 3rd ed. London, 2002. P. 28 – 29. 
3
 Ernest Joseph Schuster. The principles of German Civil law// Bibliolife, 2015, -754 p. 


157 
 
etiladi.  Mazkur  moddada  qonun  chiqaruvchi  qit’a  modeli  asosida  mulk 
huquqining  muhim  xususiyatlarini  belgilaydi.  Shu  bois  Oʻzbekiston 
qonunchiligiga koʻra, mulkdor tomonidan oʻz  qonuniy vakolatlarining bir 
qismini  va  hatto  aksariyat  qismini  boshqa  shaxsga  berilishi  mulkdorning 
ashyoga nisbatan mulk huquqini yoʻq boʻlishini bildirmaydi. Faqat ashyo 
boshqaning  tasarrufiga  oʻtganida  (sotilganda,  almashtirilganda  va  h.k.  ), 
unga nisbatan boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtadi. Shunday qilib, 
milliy  mulk  huquqi  tizimiga  muvofiq  bitta  mulk  obyektiga  nisbatan  bir 
necha mulkdorlar boʻlishi mumkin emas.  
FKning  164-moddasida  qonun  chiqaruvchi  mulkdorning  an’anaviy 
qonuniy huquqlari “triadasi” (mulkga egalik qilish, foydalanish va tasarruf 
etish)  bilan  bir  qatorda  mulk  huquqining  mazmunini  ochib  berish  uchun 
“oʻz ixtiyoriga koʻra” va “oʻz manfaatlarida” kabi mezonlarni ishlatadi. Bu 
amaldagi FKning oʻziga xos novellasidir.  
Mulk  huquqining  mazmunini  ochib  berish  uchun  egalik  qilish, 
foydalanish  va  tasarruf  etish  tushunchalari  bilan  yanada  batafsilroq 
tanishib  chiqish  lozim.  Shu  sababdan  ta’kidlash  kerakki,  oldingilari  kabi 
amaldagi  FK  ham  mulkdorning  ushbu  huquqlari  mazmunini  ochib 
bermaydi.  Mulkdorning  huquqlari  faqat  oʻz  mulkiga  nisbatan  ma’lum 
tarzda  harakatlar  sodir  etishning  amaldagi  imkoniyati  bilan  cheklanib 
qolmasligi  kerak,  balki  uning  oʻz  hukmronligini  amalga  oshirishning 
yuridik imkoniyatidir.  
Egalik  qilish  huquqi  –  shaxsning  ashyoga  nisbatan  yuridik 
hukmronligi,  unga  amalda  va  xoʻjalik  jihatidan  egalik  qilishidir.  Egalik 
qilish  mulk  huquqining  zaruriy  elementi  boʻlib,  foydalanish  huquqi bilan 
ajralmas  bogʻliq,  chunki  ashyodan  mustaqil  foydalanish  uchun  bir 
vaqtning  oʻzida  unga  egalik  qilish  ham  kerak.  Mulkka  egalik  qilishni 
mulkdor  ham,  mulkdor  bilan  shartnoma  asosida  yoki  oʻzga  huquqiy 
asoslarda boshqa shaxslar ham amalga oshirishlari mumkin. Masalan, ijara 
shartnomasi  boʻyicha  ijarachining,  garov  shartnomasi  boʻyicha  garovga 
beruvchining  mol-mulkiga  egalik  qilish,  meros  qilib  qoldirish  asosida 
umrbod  egalik  qilish  huquqi  boʻyicha  mol-mulkka  egalik  qilish,  xoʻjalik 
yuritish,  operativ  boshqaruv  va  boshq.  Bu  holda  egalik  qilish  mulk 
huquqining  emas,  balki  boshqa  subyektiv  fuqarolik  huquqlarning  tarkibiy 
qismi  boʻlib  hisoblanadi.  Bizning  huquqiy  tizimimizda  egalik  qilish 
mustaqil ashyoviy huquq hisoblanmaydi.  
Ashyoga  egalik  qilish  qonuniy  va  noqonuniy  boʻlishi  mumkin. 
Egalik  qilish  shartnomaga  asoslangan  yoki  oʻzga  huquqiy  asoslarda 
(huquqiy  titulda)  boʻlsa,  u  qonuniy  hisoblanadi.  Bunday  egalik  qilish 


158 
 
mulkdorning  egaligi  bilan  baravar  qonunning  himoyasida  boʻladi.  Har 
qaysi  huquqiy  titulga  asoslangan  egalik  kilish,  agar  mulkdor  yoki  u 
ashyoni  egalik  qilishga  berayotgan  shaxs  tomonidan  qonunchilikning 
barcha  shartlari  bajarilganidagina  vujudga  keladi.  Mulkdor  boʻlmagan 
shaxsning  egalik  qilish  huquqi  mulk  huquqiga  qaraganda  hosila  va  tobe 
tusga egadir, chunki u mulkdor belgilagan doirada amal qilishi mumkin.  
Qonuniy  titulga  asoslanmagan  egalik  qilish  noqonuniy  hisoblanadi. 
Noqonuniy  egalik  qilish  kimningdir  subyektiv  fuqarolik  huquqlari 
buzilishini  nazarda  tutadi,  shuning  uchun  ham  qonun  tomonidan  himoya 
qilinmaydi.  Faqat  bir  holatdagina,  mulk  huquqini  vujudga  keltiruvchi 
egalik qilish  muddatiga asoslangan titulsiz egalik qilish qonun tomonidan 
himoya qilinadi.  
Foydalanish  huquqi  –  ashyodan  foydalanish  jarayonida  uning 
foydali,  xoʻjalik  xususiyatlarini  yuridik  jihatidan  ta’minlangan  iste’mol 
qilish 
imkoniyatidir. 
Foydalanish 
huquqining  mazmuniga 
ashyo 
keltiradigan  hosil  va  daromadlarni  oʻzlashtirish  huquqi  ham  kiradi. 
Masalan,  FK  92-moddasiga  muvofiq,  ashyodan  keladigan  hosil  va 
daromadlar,  agar  qonun  yoki  shartnomada  boshqacha  tartib  belgilab 
qoʻyilgan boʻlmasa, ashyo egasiga tegishlidir.  
Foydalanish  huquqi  egalik  qilish  huquqiga  asoslanadi.  Shuning 
uchun ashyoning foydali xususiyatlarini nafaqat mulkdorlar, balki mulkdor 
egalik  qilish  huquqi  bilan  ushbu  huquqlarni  taqdim  qilgan  shaxslar  ham 
olishlari  mumkin.  Demak,  kim  mulkka  egalik  qilsa,  u  undan  foydalanish 
imkoniyatiga  egadir.  Chunki,  ashyoga  egalik  qilmasdan,  undan 
foydalanish mumkin emas.  
Foydalanish  huquqi  qonun  bilan  kafolatlanadi  va  uchinchi 
shaxslarning  tajovuzidan  himoya  qilinadi.  Bu  bilan  birga,  amaldagi 
qonunchilik  uni  amalga  oshirish  chegaralarini  belgilab  qoʻyadi. 
Foydalanish  huquqini  amalga  oshirishda  mulkdor  va  oʻzga  titul  egalari 
boshqa shaxslarning  huquqlarini  va qonun  tomonidan himoya  qilinadigan 
manfaatlarini  buzmasliklari  kerak,  axloqiy  tamoyillarni  va  jamiyatning 
ma’naviy  me’yorlarini  hurmat  qilishlari  kerak.  Qonunchilikda  nazarda 
tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sud shaxsga tegishli boʻlgan 
foydalanish huquqini himoya qilishda rad javobini berishi mumkin.  
Tasarruf  etish  huquqi  –  mulkdorning  ashyoga  nisbatan  yuridik  va 
faktik  harakatlarni  amalga  oshirish  orqali  uning  amaldagi  va  yuridik 
taqdirini  qonun  tomonidan  kafolatlangan  belgilash  imkoniyatidir.  Egalik 
qilish  va  foydalanish  huquqlaridan  farqli  oʻlaroq,  tasarruf  etish  huquqi 
faqat  mulk  egasiga  tegishlidir.  Ashyolarning  yuridik  taqdirini  belgilash 
ularni  sotish,  almashtirish  yoki  boshqalar  tasarrufiga  oʻtishning  boshqa 


159 
 
shakllari orqali amalga oshiriladi, ashyolarning amaldagi taqdirini tasarruf 
etish  esa  mulkni  iste’mol  qilish  yoki  uni  yoʻq  qilish  orqali  amalga 
oshiriladi.  Mulkdor  tasarruf  etish  huquqini  amalga  oshirib,  ashyoga 
nisbatan  mulk  huquqini  bekor  qilishi  (sotib  yuborish,  hadya  qilish, 
almashtirish,  xoʻjalik  jamiyatlar  yoki  shirkatlarning  ustav  fondiga  berish 
va  h.k.)  yoki  egalik  qilish  va  foydalanish  boʻyicha  huquqlar  (ijaraga, 
saqlashga berish) amalga oshirilishini vaqtincha toʻxtatib turishi mumkin.  
Qonun  hujjatlarida  mulkdor  tomonidan  tasarruf  etish  huquqini 
amalga  oshirish  boʻyicha  ma’lum  cheklashlar  va  taqiqlar  oʻrnatilishi 
mumkin.  Masalan,  mulk  xatlanganda,  qonunchilikda  nazarda  tutilgan 
bankrotlik  taomillari  joriy  qilinganida,  mulkdor  tasarruf  etish  huquqini 
vaqtinchalik amalga oshirishi mumkin emas.  
Mulk  huquqi  tushunchasiga  “oʻz  ixtiyoriga  koʻra”  va  “oʻz 
manfaatlarida” kabi kategoriyalarni joriy qilish, birinchidan, mulkdorlar va 
boshqa  titulli  egalik  qiluvchilarning  mol-mulkka  boʻlgan  huquqlarini 
farqlaydi, ikkinchidan esa, mulk huquqining faqat qonun bilan cheklangan 
boʻlib,  unga  tegishli  mulkka  nisbatan  har  qaysi  harakatlarni  amalga 
oshirishda  namoyon  boʻladigan  mulk  huquqining  mutlaq  xususiyatini 
isbotlab  beradi.  Albatta,  “oʻz  manfaat”iga  mulkdor  boʻlmagan 
egallovchilar ham ega boʻladi, lekin ular mol-mulkka nisbatan harakatlarni 
mulkdorning xohishi asosida amalga oshirishlari lozim boʻladi.  
Mulk  huquqi  mutlaq  (absolyut)  huquqdir,  chunki  bunday  huquqiy 
munosabatda  huquqdor  shaxsga  (mulkdorga)  har  biri  mulkdorning 
huquqlarini buzishdan oʻzlarini saqlashlari shart boʻlgan burchli (mulkdor 
boʻlmagan)  shaxslarning  nomuayyan  doirasi  qarshi  turadi.  Mulkdorga 
tegishli boʻlgan ashyoni egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishda uning 
manfaatini  qondirish,  agar  mulkdor  oʻz  ixtiyoriga  koʻra  tasarruf  etish  va 
boshqalarning  unga  har  qanday  ta’sir  koʻrsatishidan  chegaralash  mumkin 
boʻlgandagina amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu manfaatni 
qondirish  vositasi  sifatida  xizmat  qiluvchi  subyektiv  mulk  huquqi  boshqa 
shaxslardan  unga  egalik  qilish,  foydalanish  va  tasarruf  etishda  toʻsqinlik 
qiladigan  harakatlarni  bajarishdan  oʻzlarini  saqlashlarini  talab  qilish 
huquqini oʻzida saqlab qoladi.  
Mulk huquqining muddatsizlik tamoyili oʻrnatilishi FK novellasidir. 
Mazkur tamoyil mulkdor oʻz mulkidan foydalanishda, istagan vaqtida oʻz 
ixtiyoriga koʻra mulk huquqini amalga oshirishda muddatsiz huquqqa ega 
ekanligini bildiradi.  
Mulk huquqi mutlaq huquqdir va qonun bilan qoʻriqlanadi. “Xususiy 
mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor 
faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum 


160 
 
etilishi 
mumkin” 
(Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining                   
53-moddasi).  
Mulk  huquqi  nafaqat  fuqarolik  qonunchiligi  me’yorlari  bilan,  balki 
jinoyat,  ma’muriy,  mehnat,  yer  va  oila  qonunchiligi  me’yorlari  bilan 
qoʻriqlanishi,  har  qaysi  jamiyatni  normal,  madaniy  mavjudlik  sharti 
sifatida,  har  qaysi  huquqiy  tizimning  muhim  vazifalaridan  biri  sifatida 
e’tirof etiladi.  
Mulk daxlsizlik tamoyili  mulkdorga  oʻz  manfaatlarida  unga tegishli 
mulkdan,  boshqalarni  oʻzboshimchalik  bilan  aralashishlari  yoki 
ta’qiqlashlari  yoxud  foydalanishda  cheklashlaridan  qoʻrqmasdan, 
foydalanish  imkoniyatini  ta’minlashni  bildiradi.  Shuning  uchun  qonun 
chiqaruvchi  mulk  munosabatlari  mustahkamligi  va  barqarorligini  saqlab 
qolish  va  qoʻllab-quvvatlash  uchun  mulkni  olib  qoʻyish  va  mulk 
huquqining cheklash tartib va asoslarni maxsus tartibga soladi.  
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
53-moddasida 
ta’kidlanadiki  “Bozor  munosabatlarini  rivojlantirishga  qaratilgan 
Oʻzbekiston  iqtisodiyotining  negizini  xilma-xil  shakllardagi  mulk  tashkil 
etadi.  
Konstitutsiyada  “xilma-xil  shakllardagi  mulk”,  “barcha  mulk 
shakllari himoyalanishi” haqida aytilishiga qaramay, bugungi kunda mulk 
shakllarining roʻyxati xususiy mulk va ommaviy mulk bilan chegaralanib 
qoladi.  
Ayni  paytda  shuni  ham  unutmaslik  lozimki,  mulk  shakllari 
tushunchasi  Konstitutsiyada  ham,  FK  ham  tushuntirib  berilmaydi.  Mulk 
shakllarining  ajratilishi  manfaatlar  turli  boʻlishi  belgisi  boʻyicha  amalga 
oshiriladi.  Rim  huquqidayoq  ommaviy  va  shaxsiy  manfaatlar  qarshi 
qoʻyilgan.  Rim  yuristi  Ulpianning  aytishicha,  “Ommaviy  huquq  bu  Rim 
davlatining  holatiga  tegishli  boʻladi,  xususiy  huquq  esa  alohida 
shaxslarning manfaatiga tegishli boʻladi”.  
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir.  
Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq 
shaxslarga qarashli boʻlishi mumkin.  
Mol-mulk  fuqaro,  yuridik  shaxs  yoki  davlatning  mulki  boʻlishiga 
qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda 
uni  tasarruf  etish  huquqini  vujudga  keltirish  va  bekor  qilish  xususiyatlari 
qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.  
Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot 
dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan 
binolar, xonadonlar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, 
pul,  qimmatli  qogʻozlar  va  boshqa  mol-mulk,  shuningdek  aqliy  mulk 
obyektlari mulk boʻlishi mumkin.  


161 
 
FKning  172-moddasiga  koʻra,  mulkdorning  oʻz  huquqlarini  amalga 
oshirishi  boshqa shaxslarning  huquqlarini  va  qonun  bilan  qoʻriqlanadigan 
manfaatlarini buzmasligi shart.  
Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor 
boshqa  shaxslar  uning  mol-mulkidan  cheklangan  tarzda  foydalanishiga 
yoʻl qoʻyishga majbur.  
Mulkdor  oʻzining  ustunlik  mavqeini  suiste’mol  qilishga,  boshqa 
shaxslarning  huquqlarini  va  qonun  bilan  qoʻriqlanadigan  manfaatlarini 
kamsitadigan oʻzga harakatlarni qilishga haqli emas.  
Mulkdor  oʻz  huquqini  amalga  oshirganida  fuqarolarning  sogʻligʻiga 
va  atrof  muhitga  zarar  yetkazishining  oldini  olish  choralarini  koʻrishga 
majbur.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish