Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Mulk huquqining vujudga kelish va bekor boʻlish asoslari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   205
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor boʻlish asoslari 
 
Muayyan  shaxslarda  ma’lum  mol-mulkka  mulk  huquqini  vujudga 
kelishi  huquq  yaratuvchi  faktlar  orqali  ham,  subyektlarning  harakatlari, 
kishilarning irodasiga bogʻliq boʻlmagan hodisalar roʻy berishi orqali ham 
sodir  boʻlishi  mumkin.  Mazkur  huquq  yaratuvchi  yuridik  faktlar  mulk 
huquqi paydo boʻlishining asoslari (titullari) deb nomlanadi. Mulk huquqi 
ikki  xil  usul,  ya’ni  dastlabki  va  hosilaviy  usullar  yordamida  qoʻlga 
kiritiladi.  Mulk  huquqining  dastlabki  usulda  qoʻlga  kiritilishida,  sotib 
oluvchining  huquqlari  va  majburiyatlari  qonun  tomonidan  belgilanadi, 
hosilaviy  usulda  esa  sobiq  mulkdorning  irodasi,  huquqlari  va 
majburiyatlari,  tomonlarning  oʻzaro  roziligi  va  davlat  xokimligi 
organlarining dalolatnomalari muhim ahamiyatga ega boʻladi.  
Dastlabki  (boshlangʻich)  usullarga  mulk  huquqi  ayni  ashyoga 
nisbatan  birinchi  bor  paydo  boʻladigan  sharoitdagi  mulk  huquqini 
(masalan,  ilgari  mavjud  boʻlmagan,  va  shu  sababdan  hech  kimning 
egaligida  hali  boʻlmagan  yoki  garchi  mavjud  ilgari  kimnidir  egaligida 
boʻlgan  taqdirida  ham,  biroq  hozirda  hech  kimga  tegishli  boʻlmagan 
ashyolar)  yohud mazkur  ashyoga  sobiq  mulkdorning erki-irodasidan  qat’i 
nazar mavjud mulk huquqlarini qoʻlga kiritish usullarini kiritadilar. Mulk 
huquqini  bunday  qoʻlga  kiritish  usullariga  yangi  ashyoni  yaratilishi, 
oʻsimlik,  hayvonot  olamining  va  notirik  tabiatning  umumiy  iste’molga 
yaroqli  obyektlarining  yigʻim  terimi,  mulk  huquqiga  nisbatan  egalik 
huquqini  vujudga  keltiruvchi  muddati,  egasiz  mulkka  ega  boʻlish  va 
boshqalar kiradi.  


164 
 
Hosilaviy  usullar  boʻlib  mazkur  shaxs  tomonidan  mulk  huquqining 
qoʻlga  kiritilishi  dastlabki  mulkdorining  mulk  huquqiga  asoslanadigan 
usullar  hisoblanadi.  Yuridik  shaxsning  qayta  tashkil  etishdagi  huquqiy 
vorislik tartibida tuziladigan mol-mulkni taqsimlash bitimlari asosida mulk 
huquqining  qoʻlga  kiritilishi  mulk  huquqini  qoʻlga  kiritishning  xosilaviy 
usullariga taalluqlidir.  
Mulkchilik  huquqini  qoʻlga  kiritish  usullarini  dastlabki  asos  va 
hosilaviy 
usullarga 
boʻlinishi 
amaldagi 
FKda 
qonuniy 
mustahkamlanmaganligiga qaramay, uni amaliy maqsadlar uchun qoʻllash 
mumkin. Mulk huquqini qoʻlga kiritilishi usullarini dastlabki va xosilaviy 
usullarga  farqlashning  amaliy  ahamiyati  –  ularning  yordamida  mulk 
huquqini  oluvchining  huquq  va  majburiyatlari  hajmining  belgilanishida 
namoyon  boʻladi.  Mulk  huquqini  qoʻlga  kiritishning  hosilaviy  usullarida 
yangi  mulkdori,  oʻzining  oʻtmishdoshiga  tegishli  boʻlgan  xuddi  oʻsha 
huquqlari, va shular bilan birga mazkur huquqning barcha cheklanishlarini 
qoʻlga kiritadi. Dastlabki usulda oluvchiga mulk huquqining hech qanday 
cheklovlari tatbiq etilmaydi.  
Mulk  huquqi  vujudga  kelishining  dastlabki  usullarga  quyidagilar 
kiradi: 
mol-mulkni yaratish va koʻpaytirish; 
- mehnat faoliyati; 
-  mol-mulkdan  foydalanish  sohasidagi  tadbirkorlik  va  boshqa 
xoʻjalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, koʻpaytirish, bitimlar 
asosida qoʻlga kiritish; 
- davlat mol-mulkini xususiylashtirish; 
- meros qilib olish; 
- egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; 
-  hamma  yigʻib  olishi  mumkin  boʻlgan  ashyolarni  mulkka 
aylantirish; 
- egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi; 
- topilmaga egalik huquqini olish; 
- qarovsiz hayvonlarga egalik huquqini olish; 
- xazinaga egalik huquqini olish; 
Mulk huquqi vujudga kelishining hosila usullariga quyidagilar kiradi: 
- bitim boʻyicha mol-mulkni olish; 
- sudning qarori.  
FKning  197-moddasiga  koʻra,  mulk  huquqi  mulkdorning  ixtiyoriy 
suratda  majburiyatni  bajarishi,  mulkdorning  mol-mulk  taqdirini  hal 
qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni 
olib  qoʻyish  (sotib  olish)  yoʻli  bilan,  shuningdek  mulk  huquqini  bekor 
qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor boʻladi. 


165 
 
Mulk  huquqining  bekor  boʻlish  tartibotini  oʻrganishda  jamiyat  va 
mulkdor  manfaatlarining  oʻziga  xos  toʻqnashuvini  kuzatish  mumkin. 
Bozor  munosabatlarini  rivojlantirish  uchun  ularning  oʻrtasidagi 
muvozanatni  saqlash  zarur  va  bunga  mulkchilik  tizimi  munosabatlarining 
tartibga solish jarayonida erishiladi.  
Xususiy  mulkning  daxlsizligini  e’tirof  qilayotgan  Oʻzbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi  53-moddasining  ikkinchi  qismiga  muvofiq, 
«...Mulkdor  undan  faqat  qonun  tomonidan  koʻzda  tutilgan  hollarda  va 
tartibda mahrum etilishi mumkin» deyilgan. Mazkur koʻrsatmaga tayangan 
holda  FK  mulk  huquqining  bekor  boʻlishining  asoslarini,  shuningdek 
FKning  birinchi  moddasida  oʻrnatilgan  mulkning  daxlsizligi  tamoyiliga 
asoslangan holda ham tartibga soladi. Fuqarolik qonunchiligining negiziga 
kirgan  mulkning  daxlsizligi  tamoyili  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mulk 
muomalasining  barqarorligini  qoʻllab  quvvatlashda,  mulkdor  uchun  mol-
mulkidan  oʻz  xohishiga  koʻra  va  oʻz  manfaatlaridan  kelib  chiqqan  holda 
foydalanishi uchun har tomonlama qulay shart sharoitlarning yaratilishida 
muhim  oʻrin  tutadi.  Mulk  huquqi  bekor  boʻlishi  asoslarining  fuqarolik-
huquqiy  belgilanishi  asosan  fuqarolar  va  yuridik  shaxslar  xususiy 
mulkining daxlsizligini ta’minlanishi uchun qaratilgan.  
Mulk  huquqining  bekor  boʻlishi  qonun  tomonidan  koʻzda  tutilgan 
ma’lum, huquqni toʻxtatuvchi yuridik faktlarni  paydo boʻlishi bilan sodir 
boʻladi. Mazkur yuridik faktlar vujudga kelishining huquqiy oqibati mulk 
huquqining bekor qilinishidir.  
Mulk  huquqining  bekor  qilinishiga  faqat  qonunda  koʻrsatilgan 
asoslar  boʻyicha  yoʻl  qoʻyiladi.  Bunday  asoslarga  mulkdor  tomonidan 
majburiyatning  ixtiyoriy  ijro  etilishi,  mulkdor  tomonidan  mulkning 
taqdirini  hal  etadigan  bir  tomonlama  qarorning  qabul qilinishi,  sud  qarori 
va  qonun  hujjatlarining  mulk  huquqini  bekor  qiladigan  normalari  asosida 
mulkning olib qoʻyish (sotib olish) taalluqlidir.  
Mulk huquqining bekor qilinishi boʻyicha mulkdorning oʻz roziligini 
bildirishiga  bogʻliq  holda,  yuqorida  koʻrsatilgan  asoslarni  ikki  guruhga, 
ya’ni  ixtiyoriy  (mulkdorning  erki  boʻyicha)  va  majburiy  (mulkdorning 
erkidan tashqari) asoslarga boʻlish mumkin.  
Majburiyatning  mulkdor  tomonidan  ixtiyoriy  tarzda  bajarilishi  va 
mulkdor  tomonidan  mulkning  taqdirini  hal  etadigan  bir  tomonlama 
qarorning  qabul  qilinishi  mulk  huquqi  bekor  qilinishining  ixtiyoriy 
asoslaridir.  Oʻz  navbatida,  sud  qarori  va  qonun  hujjatlarining  mulk 
huquqini bekor qiladigan qoidalari asosida mulkning olib qoʻyilishi (sotib 
olinishi) majburiy asoslarga kiradi.  


166 
 
Majburiyatning  mulkdor  tomonidan  ixtiyoriy  tarzda  bajarilishi  yoʻli 
bilan  mulk  huquqining  bekor  qilinishi  mol-mulkni  tasarruf  etuvchi 
shartnomalar,  ya’ni  oldi  –  sotdi,  ayriboshlash,  xadya  qilish  va  boshqa 
shartnomalar  asosida  amalga  oshiriladi.  Bu  holda  tasarruf  etish  huquqini 
amalga  oshirayotgan  mulkdor  oʻzining  mulkiga  nisbatan  oʻz  ixtiyoriga 
koʻra va oʻz manfaatlarini koʻzlagan holda mulk huquqini bekor qiladi.  
Mulkdor  tomonidan  mulkning  taqdirini  hal  etadigan  bir  tomonlama 
qarorning  qabul  qilinishi  asosida,  mulkdor  tomonidan  mulkni  iste’mol 
qilish,  yoʻq  qilib  tashlash  yoki  roʻyxatdan  chiqarish  natijasida,  va  bir 
tomonlama  bitimlarning  (masalan,  vasiyatnoma)  tuzilishi  tufayli  mulk 
huquqi ixtiyoriy tarzda toʻxtatiladi (vasiyat qoldiruvchi vafot etgach).  
Oʻz  navbatida,  mulk  huquqining  majburiy  bekor  qilinishini,  mulk 
huquqining  bekor  qilinishi  uchun  nima  asos  boʻlganligiga  qarab  ikki 
guruhga  boʻlish  mumkin.  Birinchi  guruhga  sud  qarori  asosida  amalga 
oshiriladigan  mulk  huquqining  bekor  qilinishi  usullari  kiradi.  Bularga 
mulkdorning  majburiyatlari  boʻyicha  uning  mulkiga  nisbatan  undirishni 
qoʻllash,  shaxsga  tegishli  boʻlishi  mumkin  boʻlmagan  mulkka  nisbatan 
mulk  huquqining  bekor  qilinishi,  tarix  va  madaniyat  yodgorliklarni 
egasizlarcha  saqlanishi  va  huquqbuzarlik  uchun  mol-mulkni  musodara 
qilish talluqlidir.  
Ikkinchi guruhni qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladigan mulk 
huquqini bekor qilish usullari tashkil qiladi. Mulk huquqini toʻxtatishning 
shunday  usullariga  natsionalizatsiya,  rekvizitsiya  va  mulkdordan  mol-
mulkni bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda mulk huquqining bekor 
qilinishi kiradi.  
Mulkning majburiy tarzda olib qoʻyilishi, musodara va  mulkdorning 
majburiyatlari  boʻyicha  uning  mol-mulkiga  nisbatan  undirishni  qoʻllash 
hollaridan  tashqari,  umumiy  qoida  boʻyicha  toʻlovli  asosda  amalga 
oshiriladi.  
Yuqorida  aytilgandan  tashqari,  tabiiy  ofat  (yongʻin,  zilzila  va 
boshqalar) natijasida ashyoning nobud boʻlishi holatida mulk huquqi bekor 
qilinishi  mumkin.  Ashyoning  nobud  boʻlganidan  keyin,  saqlanib  qolgan 
unga tegishli tarkibiy qismlar, agarda alohida ma’lum ashyolarga nisbatan 
qoʻyiladigan talablarga javob bersa, mulkdoriga tegishli boʻladilar.  
 
 


167 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish