Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Xususiy mulk huquqi subyektlari va obyektlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   205
Xususiy mulk huquqi subyektlari va obyektlari 
 
FKning  208-moddasiga  muvofiq,  fuqarolar  oʻzlariga  tegishli  mol-
mulkning  xususiy  mulkdorlaridir  va  shu  sababli  ular  oʻzlariga  qarashli 
mol-mulkka  nisbatan  oʻz  xohishlariga  koʻra  qonunga  va  boshqa  huquqiy 
hujjatlarga  zid  boʻlmayldigan  har  qanday  harakatlarni  sodir  etishlari 
mumkin.  Xususiy  mulk  subyekti  sifatida  har  qaysi  fuqaro,  ham  shaxsiy 
tarzda,  ham  umumiy  ulushli  mulk  asoslarida  xususiy  mulk  subyekti 
sifatida  faoliyat  koʻrsatishi  mumkin.  Fuqarolarning  xususiy  mulki  ishlab 
chiqarishda ishtirok qilishdan olingan daromadlar, mehnat qilish huquqini 
boshqa  xil  tarzda  tasarruf  etish,  tadbirkorlik  faoliyati,  oʻz  xoʻjaligini 
yuritish  va  kredit  muassasalariga,  aksiyalarga  va  boshqa  xil  qimmatli 
qogʻozlarga  sarmoya  qilingan  vositalardan  olingan  daromadlar,  mulkni 
meros huquqi boʻyicha qoʻlga kiritish va qonunga xilof boʻlmagan boshqa 
asoslar hisobiga yaratiladi va koʻpaytiriladi.  
Amaldagi  qonunchilik  fuqarolarga,  xususiy  mulk  huquqi  asosida 
ularga  tegishli  har  qanday  mulkdan,  ham  shaxsiy  iste’mol  uchun,  ham 
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanish huquqini beradi, mazkur 
holat  fuqarolar  huquq  layoqatining  mazmunida  tadbirkorlik  faoliyati, 
shuningdek qonun tomonidan ta’qiqlanmaydigan har qanday faoliyat bilan 
shugʻullanish  huquqi  elementlarida  oʻz  mujassamini  topgan.  Fuqarolar 
tadbirkorlik  bilan  yakka  tartibda  yoki  yuridik  shaxs  tashkil  etgan  holda 
shugʻullanishlari mumkin (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
toʻgʻrisida”  gi  Qonunining  6-7-moddalari).  Xususiy  tadbirkorlik  yakka 
tadbirkor  tomonidan  mustaqil  tarzda,  ishchilarni  yollash  huquqisiz,  mulk 
huquqi  boʻyicha  oʻziga  tegishli  mol-mulk  asosida  va  shuningdek,  mol-
mulkka egalik qilishga va undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan boshqa xil 
ashyoviy  huquq  asosida  amalga  oshiriladi.  Fuqarolarning  birgalikdagi 
tadbirkorlik  faoliyati,  yuridik  shaxsni  tashkil  qilmagan  holda  oila 
tadbirkorlik  shaklida,  oddiy  shirkat  yoki  dehqon  xoʻjaligi  koʻrinishida 
amalga  oshirilishi  mumkin.  Tadbirkorlik  faoliyatining  subyektlari  oʻzlari 
ishlab  chiqargan  mahsulotning  (bajargan  ishlarning  xizmatlarning)  va 
ularni  sotishdan  olinadigan  daromadlarning  (foydaning)  mulkdorlaridir. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining, ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining 
qoplanishidan,  soliqlar,  yigʻimlar  va  barcha  majburiy  toʻlovlar 
toʻlanishidan  qolgan  daromadlari  (foydasi),  sud  tartibida  majburiy  tarzda 
qarzlarni  undirish  hollaridan  tashqari,  ularning  oʻz  xohishi  bilan  tasarruf 
etiladi  (“Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  toʻgʻrisida”  gi 
Qonunining 20-moddasi).  


171 
 
Fuqarolar xususiy mulki huquqining obyektlari deb yer uchastkalari, 
turar  joy  uylari,  xonadonlar,  dala  hovlilar,  garajlar,  uy-roʻzgʻor  ashyolari, 
shaxsiy  iste’mol  ashyolari,  pul  mablagʻlari,  qimmatli  qogʻozlar  va 
shuningdek,  korxonalar  hamda  ishlab  chiqarish  uchun  moʻljallangan 
boshqa  xil  mulkiy  majmualar,  binolar,  inshootlar,  transport  vositalari, 
ishlab  chiqarishning  boshqa  vositalari  tan  olinadi.  Mol-mulkning  miqdori 
va  qiymati,  agarda  u  mulk  sifatida  qonunga  yoki  shartnomaga  muvofiq 
olingan boʻlsa, cheklanmaydi.  
Xoʻjalik  shirkatlari  va  jamiyatlari,  kooperativlar,  jamoat 
birlashmalari, jamoat fondlari va boshqa nodavlat yuridik shaxslar yuridik 
shaxslarning  xususiy  mulk  huquqi  subyektlari  deb  tan  olinadi. 
Ishtirokchilar,  ta’sischilarning  ulushlari,  xoʻjalik  faoliyatidan  olingan 
daromadlar  va  boshqa  qonun  tomonidan  yoʻl  qoʻyilgan  asoslar  boʻyicha 
olingan mol-mulklar nodavlat yuridik shaxslar mol-mulki shakllanishining 
asoslaridir. Davlatga tegishli yuridik shaxslardan (unitar korxonalar, davlat 
korxonalari)  farqli  ravishda,  mazkur  yuridik  shaxslarning  mulki  ularga 
xususiy mulk huquqi asosida tegishlidir.  
Qonun  tomonidan  koʻzda  tutilgan  hollardan  tashqari,  yuridik 
shaxslarning  xususiy  mulki  tasarrufida  muomaladan  chiqarilmagan  har 
qanday koʻchmas va koʻchar ashyolar boʻlishi mumkin.  
Amaldagi  fuqarolik  qonunchiligi  boʻyicha,  barcha  yuridik  shaxslar, 
yuritayotgan  faoliyatining  maqsadiga  bogʻliq  holda  tijorat  va  notijorat 
toifalarga boʻlinadi. Tijorat yuridik shaxs sifatida oʻz faoliyatining asosiy 
maqsadi  sifatida  foyda  olishni  koʻzlagan  tashkilot  tan  olinadi,  notijorat 
tashkilot  deb  esa  shunday  maqsad  sifatida  foyda  olishni  maqsad  qilib 
qoʻymagan tashkilot hisoblanadi.  
Yuridik  shaxslarning  shakliga  qarab,  yuridik  shaxsning  mulkiga 
nisbatan  ta’sischilar  (ishtirokchilar)  huquqlarining  xususiyati  ham  farq 
qiladi.  Xoʻjalik  shirkatlarida  va  jamiyatlarida  hamda  kooperativ 
(shirkat)larda  ta’sischilar  (ishtirokchilar)  yuridik  shaxsning  mulkiga 
nisbatan  hech  qanday  ashyoviy  huquqlarga  ega  emas  va  faqat  majburiyat 
huquqlariga  egadirlar.  Ta’sischilar  (ishtirokchilar)ning  ulushlari  hisobiga 
yaratilgan  mulk,  va  shuningdek  xoʻjalik  shirkati  tomonidan  faoliyat 
yuritish  jarayonida  ishlab  chiqarilgan  va  sotib  olingan  mol-mulk,  mulk 
huquqi  asosida  unga  tegishlidir.  Barcha  ustav  fond  bitta  yagona  jismoniy 
yoki  yuridik  shaxsga  (masalan,  100%li  davlat  ishtirokidagi  AJ  yoki  bitta 
shaxs  tomonidan  yaratilgan  MChJ)  tegishli  boʻlishiga  qaramay,  tijoratchi 
yuridik shaxslarning mulki ta’sischilarga emas, balki mulk huquqi asosida 
faqat  shu  yuridik  shaxslarga  tegishli  boʻladi.  Ta’sischilarga  mulk  huquqi 
asosida  faqat  aksiyalar  va  tegishli  yuridik  shaxslarning  ustav  fondlaridagi 
ulushlari tegishlidir.  


172 
 
Fuqarolar  va  yuridik  shaxslarning  xususiy  mulkida  muomaladan 
chiqarilgan ashyolardan tashqari har qanday koʻchar va koʻchmas ashyolar 
boʻlishi mumkin.  
FKning  210-moddasiga  koʻra,  belgilangan  tartibda  ajratib  berilgan 
yer  uchastkasida  qurilayotgan  yangi  uy-joyga  mulk  huquqi  davlat 
roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.  
Bir  yoki  bir  necha  shaxslar  tomonidan  qurilayotgan  uy-joy  qurilishi 
tamom  boʻlguncha  va  roʻyxatdan  oʻtkazilguncha  mahalliy  hokimiyat 
organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.  
Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.  
Kooperativ  uy-joyga,  kvartiraga,  garajga,  chorboqqa  va  boshqa 
binolarga  mulk  huquqi  kooperativ  a’zosi  pay  badallarini  batamom  toʻlab 
boʻlganidan keyin vujudga keladi.  
Koʻp  xonadonli  (kvartirali)  uydagi  kvartira  mulkdoriga  oʻziga 
tegishli  xonalar  bilan  birga  uydagi  umumiy  mol-mulkka  nisbatan  ulushli 
mulk  huquqi  ham  tegishlidir.  FKning  211-moddasining  birinchi  qismiga 
koʻra  koʻp  kvartirali  uyda  umumiy  mulk  obyektlari  boʻlib,  ushbu  uyning 
umumiy  xonalari,  jumladan  ustun,  toʻsin,  devor  konstruksiyalari, 
kvartiralararo  zinapoyalar  maydonchalari,  zinalar,  liftlar  va  boshqa 
shaxtalar,  yoʻlaklar,  texnik  qavatlar,  yertoʻlalar,  cherdaklar  va  tomlar,  uy 
ichidagi  injenerlik  va  kommunikatsiyalar  tarmoqlari,  bino  ichida  yoki 
tashqarisida joylashgan, bir necha binolarga, kvartiralarga xizmat qiluvchi 
mexanik,  elektr,  texnik-sanitariya  va  boshqa  qurilmalar  va  uskunalar 
hisoblanadi.  Ushbu  obyektlar  koʻp  kvartirali  uylarga  xizmat  qilish 
vazifalarini bajarishga moʻljallangan boʻlib oʻziga xos tarzda yagona mol-
mulk  majmuasini  tashkil  etadi.  Koʻp  kvartirali  uydagi  umumiy  mol-mulk 
va  ushbu  umumiy  mol-mulkning  alohida  qismlari  mulk  huquqining 
mustaqil  obyektlari  boʻlib  hisoblanmaydi  va  begonalashtirishga  yoʻl 
qoʻyilmaydi.  
Koʻp  xonadonli  uydagi  umumiy  mulk  yagona,  boʻlinmas  obyektni 
tashkil  etishini  va  umumiy  ulushli  mulk  tarkibida  mavjud  ekanligini 
ta’kidlash  lozim.  Koʻp  xonadonli  uydagi  xonadon  mulkdorida  qonunga 
muvofiq,  uydagi  oʻzi  sotib  olgan  xonadonga  mulk  huquqining  paydo 
boʻlishi  paytida  umumiy  mulk  huquqidagi  umumiy  mulkning  ulushli 
huquqi paydo boʻladi.  
Koʻp  xonadonli  uyda  umumiy  mulk  huquqidagi  umumiy  mulkning 
ulushli huquqi muhim ahamiyatga ega. FKning 211-moddasining ikkinchi 
qismidagi  me’yorlar  qaydlovchi  xususiyatga  egadir,  chunki  mazkur 


173 
 
qismda  uyning  umumiy  mulki  tarkibida  mulk  huquqidagi  mulkdorlarga 
tegishli  ulushlarning  miqdori  va  mulkdorlar  oʻrtasida  uyni  tutish  va 
mazkur  mulkni  saqlash  boʻyicha  sarf-xarajatlarni  taqsimlash  tartibi 
turarjoy qonunchiligi tomonidan belgilanishi aniq koʻrsatilgan.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish