Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Xususiy mulk huquqining himoya qilish kafolatlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   205
Xususiy mulk huquqining himoya qilish kafolatlari 
 
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari 
toʻgʻrisida”gi  Qonunida  xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilish  va 
mulkdorlar  huquqlarining  muhim  va  asosiy  kafolatlari  belgilandi. 
Jumladan,  qonunda  “xususiy  mulk  boʻlgan  mol-mulkning  miqdori  va 
qiymati cheklanmasligi”, “xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidaligi”, 
“davlat  xususiy  mulkning  but  saqlanishini  ta’minlash  va  uning 
koʻpaytirilishi  uchun  barcha  zarur  sharoitlarni  yaratishi”,  “mulkdor  faqat 
qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibdagina  oʻz  mol-mulkidan 
mahrum  etilishi”  kabi  umumiy  qoidalar  bilan  birga,  oʻta  muhim 
ahamiyatga  ega  boʻlgan  kafolatlar  ham  nazarda  tutildi.  Masalan, 
Qonunning  5-moddasiga  binoan,  xususiy  mulk  huquqi  muddatsizdir. 
Mulkdorga  mol-mulkka  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf 
etish muddati belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.  
Qolaversa,  Qonunning  7-moddasida  milliy  huquqshunoslik  uchun 
oʻziga  xos  yangi  qoida  “mulkdor  huquqlarining  ustuvorligi” 
mustahkamlandiki,  bu  qoidaning  mohiyatga  koʻra,  mulkdorning  davlat 
organlari bilan oʻzaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi 
prinsipi  amal  qiladi,  unga  muvofiq  qonun  hujjatlaridagi  xususiy  mulk 
huquqini  amalga  oshirish  bilan  bogʻliq  holda  yuzaga  keladigan  barcha 
bartaraf  etib  boʻlmaydigan  ziddiyatlar  va  noaniqliklar  mulkdorning 
foydasiga talqin etiladi.  
Mazkur  Qonuning  2-bobi  xususiy  mulk  huquqini  himoya  qilish 
usullariga  bagʻishlangan  va  bunda  xususiy  mulk  huquqining  buzilishi  va 
xususiy  mulk  huquqiga  yetkazilgan  zararlarni  qoplash  nazarda  tutilgan 
boʻlsa,  Qonunning  3-bobi  mulkdor  huquqlarining  kafolatlarini  nazarda 
tutgani holda har bir aniq holat uchun alohida kafolatlarni belgilaydi. Ana 
shunday  muhim  kafolatlardan  biri  Qonunning  17-moddasi  2-qismida 
belgilangan  boʻlib,  unga  koʻra,  xususiy  mulk  boʻlgan  mol-mulkni,  shu 
jumladan  yer  uchastkasini  natsionalizatsiya  va  rekvizitsiya  qilingan 
hollarda  olib  qoʻyish,  agar  qonunda  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan 
boʻlsa,  mulkdorga  uning bozor qiymati, shuningdek, bunday olib qoʻyish 
munosabati  bilan  mulkdorga  yetkazilgan  zararning  oʻrni  toʻla  qoplanishi 
sharti bilangina amalga oshiriladi. 


174 
 
Qonunda  mulkdorlar  huquqlari  uchun  belgilangan  eng  muhim 
kafolatlardan  yana  biri  bu  uning  19-moddasida  nazarda  tutilgan 
qoidalardir.  Aynan  mazkur  qoidalar  mulk  huquqi  mulkdorning  mol-
mulkini  bevosita  olib  qoʻyishga  qaratilmagan  holda  bekor  qilinganda 
uning  huquqlari  kafolatlari  sifatida  “mulk  huquqining  bekor  qilinishiga 
faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyilib, bunda 
mulkdorga  olib  qoʻyilgan  mol-mulkka  teng  mol-mulk  beriladi  va  u 
koʻrgan  boshqa  zararlarning  oʻrni  qoplanadi  yoki  mulk  huquqi  bekor 
qilinishi  tufayli  yetkazilgan  zararning  oʻrni  toʻla  hajmda  qoplanishi” 
mustahkamlandi. 
Qonunning 
19-moddasi 
3-qismida 
esa, 
“olib 
qoʻyilayotgan  yer  uchastkasidagi  uyni,  boshqa  imoratlarni,  inshootlarni 
buzib  tashlash  yoki  dov-daraxtlarni  qoʻporib  tashlashga  zararning  oʻrni 
bozor  qiymati  boʻyicha  oldindan  va  toʻla  qoplanmagunga  qadar  yoʻl 
qoʻyilmasligi”  belgilangan  boʻlib,  uning  muhim  jihati  sifatida  mol-
mulkning  bozor  qiymati  oldindan  mulkdor  toʻlanganidan  soʻng  mulk 
huquqini bekor qilinishi hisoblanadi. Binobarin bu qoida mulkdor oʻz mol-
mulkiga  nisbatan  huquqlariga  boʻlgan  ishonchi  oshishiga  xizmat  qilishi 
bilan birga, xususiy mulk huquqining daxlsizligini ta’minlaydi.  
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari 
toʻgʻrisida”gi  Qonunda  belgilangan,  fuqarolik  qonunchiligi  uchun  yangi 
qoidalardan  navbatdagisi  bu  –  uning  24-moddasida  belgilangan 
xususiylashtirish  natijalarining  qayta  koʻrib  chiqilmasligi  va  bekor 
qilinmasligi  qoidasidir.  Mazkur  qoida  mulkdorlarning  xususiylashtirish 
natijasida qoʻlga kiritgan mol-mulkiga nisbatan kafolatlar boʻlib, bu davlat 
organlari  tomonidan  suiiste’mollik  holatlariga  yoʻl  qoʻyilmasligini 
ta’minlaydi.  


175 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish