12-MAVZU. XUSUSIY MULK HUQUQI
Xususiy mulk huquqining tushunchasi. Xususiy mulk huquqi
subyektlari va obyektlari. Xususiy mulk huquqining himoya qilish
kafolatlari.
Xususiy mulk huquqining tushunchasi
Oʻtish davri iqtisodiyoti amalda boʻlgan mamlakatlarda bozor
iqtisodiyotini barpo etish uchun xususiy mulk hayotiy ahamiyatga ega.
Xususiy mulk tadbirkorlik faoliyati uchun asos boʻlib xizmat qiladi va shu
sababdan bozor munosabatlari tizimida alohida oʻrin tutadi. Mazkur jihatni
inobatgan olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-
moddasida “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston
iqtisodiyotining asosini turli koʻrinishlardagi mulk tashkil etadi. Mulkning
boshqa koʻrinishlari bilan bir qatorda, xususiy mulk daxlsizdir va davlat
tomonidan himoya qilinadi” deb koʻrsatilgan .
Oʻzbekiston Respublikasida xususiy mulkni huquqiy tartibga solishni
rivojlanishi evolyutsion yoʻl bilan sodir boʻlganligini ta’kidlash joiz.
Birinchi bor, mulkning bir koʻrinishi sifatida xususiy mulk 1990-yil 31-
oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi
Qonunida koʻzda tutilgan edi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq, xususiy
mulk fuqarolarning mulki sifatida muomalaga kiradi, nodavlat yuridik
shaxslarning va ularga qarashli birlashmalarning mulki esa va shuningdek,
ijtimoiy hamda diniy birlashmalarning mulki Qonunning 8-moddasida
xususiy emas, balki jamoa mulki deb ta’riflanadi. Demak, mazkur Qonun
tomonidan xususiy mulkning faqat bitta turi – fuqarolarning xususiy mulki
tan olinadi.
Harakatdagi FKning qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasida
xususiy mulk huquqini rivojlantirishdagi hal qiluvchi bosqich boʻldi.
“Mulkchilik toʻgʻrisida” gi Qonundan farqli ravishda FK xususiy mulk
huquqining subyektiv tarkibini jiddiy tarzda kengaytirgan holda, uning
tarkibiga nafaqat fuqarolarni, balki tijorat hamda notijorat nodavlat yuridik
shaxslarni ham kiritdi. Demak, bugungi kunda xususiy mulk huquqi
fuqarolarning va nodavlat yuridik shaxslarning mulk huquqi sifatida
muomalaga kirmoqda.
Qolaversa, 2012 yil 24 sentyabrdagi “Xususiy mulkni himoya qilish
va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda ham
xususiy mulk huquqi subyektlarining vakolatlarini yanada mustahkamladi
va tegishli kafolatlarni belgiladi.
169
Xususiy mulk huquqining subyektlari, ya’ni fuqarolar va nodavlat
yuridik shaxslar oʻz xohishlariga koʻra va oʻz manfaatlari yoʻlida,
oʻzlariga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish va shuningdek mulk huquqining har qanday buzilishlarini,
ular kim tomonidan sodir etilishidan qat’i nazar, bartaraf qilishni talab
etishga haqlidirlar.
Xususiy mulk egaligida mavjud boʻlgan mulkning miqdori va
qiymati cheklanmaydi. Masalan, Uy-joy Kodeksining 11-moddasining
toʻrtinchi qismiga muvofiq, uy-joylarga, xonadonlarga, uyning bir
qismiga, xonadonning bir qismiga mavjud xususiy mulk egaligi miqdor,
oʻlcham va qiymat boʻyicha cheklanmaydi. Lekin, shu bilan birga,
qonunchilikda belgilangan hollarda, xususiy va ijtimoiy manfaatlarini
koʻzlash maqsadlarida ba’zi bir cheklashlar oʻrnatilishi mumkin. Masalan,
“Giyohvandlik vositalari va psixotropli moddalar toʻgʻrisida” gi
Qonunning 22-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslar oʻzlarining ishlab
chiqarish faoliyatida foydalanish uchun, koʻrsatilgan faoliyat turi uchun
litsenziyaning mavjudligi va yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ortiq
boʻlmagan miqdorda, prekursorlarni sotib olishlari mumkin va sotib
olingan yoki buyurtirilgan prekursor miqdori mazkur ehtiyojlardan ortib
qolgan har bir holatda maxsus vakolatli organni shu haqda xabardor
qilishga majburdirlar. Monopolistik faoliyatni cheklash va unga chek
qoʻyish, hamda raqobatni rivojlantirish maqsadlarida, monopoliyaga qarshi
qonunchilik tomonidan aksiyalarni ma’lum miqdorda sotib olish uchun
tegishli davlat organidan ruxsatnoma olinishi shartligi koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi 2012 yil
6 yanvardagi qonunining 17-moddasiga koʻra, ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar, agar bu
bitimlarni tuzish paytida tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar
aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni
realizastiya qilishdan olgan jami tushumi eng kam ish haqining yuz ming
baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri ustun
mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa, shaxs yoki
shaxslar guruhi tomonidan aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini olishga
nisbatan, agar bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ushbu olishga qadar
mazkur aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini tasarruf etmagan boʻlsa yoki
mazkur aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
aksiyalarning oʻttiz besh foizidan kamini tasarruf etgan boʻlsa, bunda ana
shu shaxs yoki shaxslar guruhi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
aksiyalarning oʻttiz besh va undan ortiq foizini tasarruf etish huquqini
olish boʻyicha monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi boʻlgan
taqdirda tuziladi.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |