Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Da’vo muddati oʻtishining toʻxtatilishi, uzilishi va



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   205
Da’vo muddati oʻtishining toʻxtatilishi, uzilishi va 
da’vo muddatining tiklanishi 
 
FKning 156-moddasiga muvofiq, da’vo muddatining oʻtishi quyidagi 
hollarda toʻxtatiladi: 
1)  agar  da’vo  qoʻzgʻatilishi  uchun  muayyan  sharoitlarda  oldini  olib 
boʻlmaydigan  favqulodda  hodisa  (yengib  boʻlmas  kuch)  toʻsqinlik  qilgan 
boʻlsa; 
2)  Oʻzbekiston  Respublikasi  Hukumati  majburiyatlarni  bajarishni 
kechiktirganligi (moratoriy) tufayli; 
3)  agar  da’vogar  yoki  javobgar  harbiy  holatga  oʻtkazilgan  qurolli 
Kuchlar, chegara qoʻshinlari va ichki qoʻshinlar tarkibida boʻlsa; 
4) agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari boʻlmasa; 
5)  tegishli  munosabatni  tartibga  soluvchi  qonun  hujjatlarining  amal 
qilishi toʻxtatilgan boʻlsa.  
Da’vo  muddati  oʻtishining  toʻxtatilishi  holatlari  turli  davlatlar 
fuqarolik  qonun  hujjatlarida  turli  xil  qilib  belgilangan. 
Masalan,  Rossiya 
Federastiyasi  Fuqarolik  kodeksida  da’vo  muddati  oʻtishining  asoslari  Oʻzbekiston 
Respublikasi  Fuqarolik  kodeksidan  farq  qilib  toʻrtta  banddan  iborat  qilib 
belgilangan  boʻlsa  va  bu  davlat  FKda  “muomalaga  layoqatsiz  shaxsning  qonuniy 
vakillari  boʻlmasligi”  sababli  da’vo  muddatining  oʻtishi  toʻxtatilish  holati  mavjud 
emas.  Qozogʻiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksi  mamlakatimiz  FK  kabi  da’vo 
muddati  oʻtishining  toʻxtalishini  beshta  asosdan  iborat  qilib  belgilagan.  Rossiya 
FKda muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari boʻlmasligi da’vo muddati 
oʻtishining  toʻxtalishi  holatining  mavjud  emasligi  shu  bilan  izohlash  mumkinki, 
muomalaga  layoqatsiz  shaxsning  qonuniy  vakillari  mavjud  boʻlmaganligi  tufayli 
da’vo  muddati  oʻtkazib  yuborilish  holatini  sud  uzrli  sabab  deb  topib,  oʻtkazib 
yuborilgan  da’vo  muddatini  qayta  tiklaydi.  Shu  munosabat  bilan  bu  holatni  da’vo 
muddati oʻtishi toʻxtalishining zaruriy boʻlgan fakti sifatida qarash shart emas. 
 


149 
 
Muddatning  toʻxtatilishiga  turilishiga  asos  boʻlgan  holat  barham 
topgan  kundan  boshlab  da’vo  muddatining  oʻtishi  davom  etadi,  bunda 
muddatning  qolgan  qismi  olti  oygacha,  da’vo  muddati  olti  oydan  kam 
boʻlsa, da’vo muddatiga qadar uzaytiriladi.  
FKning  158-moddasi  da’vo  muddati  oʻtishi  toʻxtatilishiga  asos 
boʻladigan yana bir holatni nazarda tutadi. Unga muvofiq, agar jinoyat ishi 
boʻyicha  qoʻzgʻatilgan  da’vo  sud  tomonidan  koʻrilmasdan  qoldirilgan 
boʻlsa, da’vo qoʻzgʻatilgunga qadar oʻta boshlagan da’vo muddati da’voni 
koʻrmasdan qoldirgan hukm qonuniy kuchga kirgunicha toʻxtatib turiladi, 
da’vo  muddati  toʻxtatib  turilgan  vaqt  da’vo  muddatiga  qoʻshilmaydi. 
Bunda  muddatning  qolgan  qismi  olti  oydan  kam  boʻlsa,  u  olti  oygacha 
uzaytiriladi.  
Agar  da’vo  sud  tomonidan  koʻrilmasdan  qoldirilgan  boʻlsa,  da’vo 
qoʻzgʻatilganga  qadar  oʻta  boshlagan  da’vo  muddati  umumiy  tartibda 
davom etadi (FKning 158-moddasi 1-qismi).  
Ma’lumki, fuqarolik huquqida da’vo muddati oʻtishining toʻxtatilishi 
da’vo  muddati  oʻtishining  uzilishidan  farqlanadi.  Agar  da’vo  muddati 
toʻxtatilganda da’vo muddati toʻxtab qolgan muddatdan davom etsa, da’vo 
muddati  uzilganda  u  da’vo  muddatining  qaysi  paytida  uzilganidan  qat’i 
nazar  yangidan  boshlanadi.  Shuningdek,  da’vo  muddati  oʻtishining 
toʻxtatilishi shaxsning erk-irodasiga bogʻliq  boʻlmagan holatlar natijasida 
vujudga kelsa, da’vo muddatining uzilishi qarzdor yoki kreditorning erki-
irodasiga asoslangan harakat natijasida vujudga keladi.  
Da’vo  muddati  oʻtishining  uzilishi  uzilish  uchun  asos  boʻlgan 
holatlar  vujudga  kelgunga  qadar  oʻtgan  muddat  da’vo  muddati  tarkibiga 
kiritilmasligi  va  da’vo  muddati  yangidan  boshlanishini  bildiradi.  Da’vo 
muddati  oʻtishining  uzilish  u  toʻgʻrisidagi  masala  butunlay  tugaganligini 
bildirmaydi, aksincha bunda da’vo muddati butunlay yangidan boshlanadi. 
FKning  157-modasi  da’vo  muddati  oʻtishi  uzilishining  quyidagi  ikki 
holatini belgilaydi: 
1) belgilangan tartibda da’vo qoʻzgʻatilishi bilan; 
2)  majbur  shaxs  qarzni  tan  olganligini  koʻrsatuvchi  harakatlarni 
qilishi bilan.  
Da’vo  muddati  oʻtishining  toʻxtatilishi,  da’vo  muddati  oʻtishining 
uzilishi  bilan  birgalikda  fuqarolik  huquqlarini  himoya  qilishda  da’vo 
muddatining  tiklanishi  ham  alohida  ahamiyatga  ega  boʻladi.  Da’vo 
muddatining  tiklanishi,  da’vo  muddati  oʻtishining  toʻxtatilishi  va 
uzilishidan farq qilib, tegishli vakolatli organ tomonidan hal qiladi. Da’vo 
muddatining  tiklanishi  bevosita  vakolatli  davlat  organining  qaroriga 


150 
 
bogʻliq  boʻladi.  Agar  vakolatli  davlat  organi  mavjud  vaziyatga  huquqdor 
shaxsning  foydasiga  qaror  chiqarsa,  da’vo  muddati  tiklanadi  va 
aksinchadir.  
Oʻzbekiston  Respublikasi  FKning  159-moddasiga  koʻra,  basharti, 
sud  da’vo  muddatining  oʻtkazib  yuborilganligi  sababini  uzrli  deb  topsa, 
buzilgan huquq himoya qilinishi kerak.  
Da’vo  muddatini  oʻtkazib  yuborish  sabablari  da’vo  muddatining 
oxirgi  olti  oyida,  bu  muddat  olti  oyga  teng  yoki  olti  oydan  kam  boʻlsa, 
da’vo  muddatida  yuz  bergan  boʻlsa,  ular  uzrli  deb  hisoblanishi  mumkin 
(FKning  159-moddasi).  FKning  159-moddasida  belgilangan  “da’vo 
muddatining oxirgi olti oyida jumlasi” dan shunday ma’no anglashiladiki, 
agar  da’vo  muddatining  oʻtkazib  yuborilish  sabablari  da’vo  muddati 
tamom boʻlishidan olti oy oldin sodir etilgan boʻlsa, sud da’vo muddatini 
tiklamaydi.  Zero,  da’vo  muddatining  oxirgi  olti  oyidan  oldin  vujudga 
kelgan,  huquqdor  shaxsning  oʻz  huquqlarini  amalga  oshirishga  va  sud 
orqali  himoya  qilishiga  toʻsqinlik  qilgan  vaziyatlar  da’vo  muddatining 
qolgan qismida bartaraf etilishi va shaxs oʻz huquqlari himoyasini amalga 
oshirishi  mumkin  deb  hisoblandi
.  Masalan,  fuqaro  da’vo  muddatining  oxirgi 
sakkiz  oyida  ogʻir  kasallandi.  Qonun  bu  vaziyatda  sakkiz  oylik  muddat  fuqaroning 
davolanib  oʻz  huquqlarini  himoya  qilishiga  imkon  beradi  deb  hisoblaydi.  Shu 
munosabat  bilan  da’vo  muddati  tugashining  olti  oyidan  oldin  vujudga  kelgan 
sabablar  tufayli  da’vo  muddati  oʻtkazib  yuborilganda  sud  da’vo  muddatini 
tiklamaslikka haqli hisoblanadi.  
Fuqarolik  qonun  hujjatlarida  agar  sud  da’vo  muddatining  oʻtkazib 
yuborilish  sabalarini  uzrli  deb  topsa,  sudga  da’vo  muddatini  uzaytirish 
huquqini 
(majburiyat 
yuklamaydi) 
beradi. 
Muddatning 
bunday 
«uzaytirilishi»  koʻpchilik  holatlarda  amaliyotda  da’vo  muddatining 
«tiklanishi» - deb ham nomlanadi. Da’vo muddati tiklanishining ahamiyati 
shundaki, bunday tiklanish natijasida, fuqaro oʻzining buzilgan huquqi va 
putur  yetkazilgan  qonuniy  manfaatini,  garchi  imkoniyat  yoʻqotilgan 
boʻlsada himoya qila oladi.  
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish