Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Da’vo muddati tushunchasi va ahamiyati



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   205
Da’vo muddati tushunchasi va ahamiyati 
 
FKning  149-moddasiga  muvofiq,  da’vo  muddati  -  shaxs  oʻzining 
buzilgan  huquqini  da’vo  qoʻzgʻatish  yoʻli  bilan  himoya  qilishi  mumkin 
boʻlgan  muddatdir.  Fuqarolik  huquqlarini  himoya  qilishning  asosiy 
usullari ushbu huquqlarni sud orqali himoya qilish hisoblanganligi sababli, 
da’vo  ana  shu  himoyani  amalga  oshirishning  asosiy  vositasi  hisoblanadi. 
Fuqarolik  huquqlari  protsessual  qonunlar  yoki  shartnomada  belgilanib 
qoʻyilganidek,  ishlarning  qaysi  sudga  taalluqli  boʻlishiga  qarab,  sud, 
xoʻjalik  sudi  yoki  hakamlik  sudi  tomonidan  himoya  qilinadi  (FKning           
10-moddasi). Bunday himoya va da’vo bir qancha shartlarga javob berishi 
va  qonunda  belgilangan  tartibda  amalga  oshirilishi  lozim.  Shuning  uchun 
ham  buzilgan  fuqarolik  huquqlarini  da’vo  qoʻzgʻatish  orqali  himoya 
qilishda da’vo muddatining ahamiyati katta hisoblanadi.  
Huquqi  buzilgan  shaxs  da’vo  qoʻzgʻata  turib  nafaqat  bu  da’vo  sud 
tomonidan  qabul  qilinishini,  shu  bilan  birga  ish  sudda  koʻrib  chiqilishini 
talab  qilishi  mumkin.  Zero  da’vo  qoʻzgʻatishdan  asosiy  maqsad  ham 
buzilgan  fuqarolik  huquqlarini  himoya  qilish  hisoblanadi.  Bunday 
himoyaga erishish va ish sud tomonidan koʻrib chiqilishi uchun fuqarolik 
huquqi  nuqtayi  nazaridan  quyidagi  holatlar  talab  etiladi:  a)  da’vo 
qoʻzgʻatayotgan  shaxs  tegishli  subyektiv  huquqlar  sohibi  boʻlishi;  b)  shu 
bilan  birga  uning  subyektiv  huquqlari  buzilishi  yoki  unga  putur 
yetkazilishi; v) bunday buzilish da’vo boʻyicha javobgar sifatida ishga jalb 
etilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi.  
Da’vo  muddatlarida  belgilangan  vaqt  davrlari  taraflar  tomonidan 
oʻzgartirilishi mumkin hisoblanmaydi. Odatda da’vo muddatlari imperativ 
xarakterga  ega  boʻladi,  taraflar  ularni  oʻz  istak  xohishlari  asosida 
uzaytirishga  yoki  qisqartirishga  haqli  boʻlmaydilar.  Shu  bilan  birga 
huquqiy  munosabat  ishtrokchilari  da’vo  muddatining  boshlanish  paytini, 
uning  qancha  vaqtgacha  davom  etishini  qonunda  belgilangan  muddatdan 
koʻp  yoki  kam  qilib  belgilashlari  mumkin  emas.  FKning  152-moddasiga 
biror  da’vo  muddatlari  va  ularni  hisoblash  tartibi  taraflarning  kelishuvi 
bilan  oʻzgartirilmaydi.  Bunday  oʻzgartirish  qonun  hujjatlarida  koʻzda 
tutilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.  


145 
 
Umumiy qoidaga koʻra, da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi 
tarafning  sud  qaror  chiqargunicha  bergan  arizasiga  muvofiq  qoʻllaniladi. 
Bu qoida shunday ma’noni anglatadiki, agar javobgar sudga da’vo muddati 
oʻtib ketganligini bildirmasa, sud da’vogar va javobgar oʻrtasidagi nizoni 
mazmunan  koʻrib  chiqish  va  hal  qiluv  qarori  chiqarishi  lozim.  Bunda 
da’vo  muddatining  oʻtib  ketganlik  holati  ahamiyatga  ega  boʻlmaydi. 
Ushbu  holatda  taraflar  oʻzaro  bitim  tuzish  paytida,  ular  oʻrtasidagi  bitim 
yoki  shartnomaga  nisbatan  da’vo  muddati  joriy  qilinmasligi  toʻgʻrisida 
kelishuvga erishsalar, bunday kelishuv oʻz-oʻzidan haqiqiy sanalmaydi.  
Da’vo  muddati  institutining  maqsadi  kimnidir  jazolash  yoki  kim 
uchundir  noqulaylik  vujudga  keltirish  hisoblanmaydi.  Bu  institutning 
maqsadi  va  vazifasi  huquqiy  munosabatlarni  buzmasdan,  ular  koʻlamiga 
ta’sir etmasdan huquqiy munosabatlardagi noaniqliklarni bartaraf etishdir.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish