Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQIDA MUDDATLAR VA



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   205
10-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQIDA MUDDATLAR VA 
DA’VO MUDDATI 
 
Muddatlar  tushunchasi  va  ahamiyati.  Muddatlarning  turlari. 
Muddatlarni  hisoblash  asoslari  va  tartibi.  Da’vo  muddati  tushunchasi  va 
ahamiyati.  Da’vo  muddatining  turlari.  Da’vo  muddatining  oʻta  boshlashi. 
Da’vo  muddati  oʻtishining  toʻxtatilishi,  uzilishi  va  da’vo  muddatining 
tiklanishi.  Da’vo  muddati  oʻtishining  oqibatlari.  Da’vo  muddati  joriy 
qilinmaydigan talablar. 
 
 
Muddatlar tushunchasi va ahamiyati 
 
Ijtimoiy  hayotda  vujudga  kelgan  yangi  munosabatlarni  huquqiy 
tartibga solishda fuqarolik huquqining boshqa institutlari kabi “muddatlar 
va da’vo muddati” instituti ham muhim ahamiyatga ega. Aynan muddatlar 
orqali  fuqarolik  huquqida  “aniqlik”,  “vaqt”,  “majburiyatlarni  lozim 
darajada  bajarish”,  “sub’ektlarning  oʻz  huquqlariga  e’tiborli  boʻlishlari”, 
“xatti-harakatlarni bajarishda kechikmaslik” holatlari e’tiborga ega boʻladi 
va  har  bir  fuqarolik-huquqiy  munosabatlar  uchun  zaruriy  shartlardan  biri 
sanaladi.  Shu  bilan  birga  muddatlar  subyekt  va  obyektning  oʻzaro 
bogʻliqligida  muhim  oʻringa  ega  boʻlib,  shaxsning  obyektga  nisbatan 
huquqlari  va  majburiyatlari  amal  qilishining  eng  koʻp  va  kam  vaqtini 
belgilab  beradi.  Masalan,  subyektlarning  mol-mulkka  nisbatan  mulk 
huquqi  muddatsizligi  (FKning  164-moddasi)  yoki  ijarachining  ijaraga 
olingan  ashyoga  egalik  qilish  muddatining  taraflarning  roziligi  bilan 
belgilanishi va hokazo. 
Har  qanday  muddat  ham  aniq  belgilangan  (mavhum  yoki 
belgilanmagan  vaqt  huquqiy  ahamiyatga  ega  emas)  vaqt  hisoblanadi. 
Vaqtning doimiy harakati muddat oʻtishi boshlanishi va tamom boʻlishini 
yuzaga  keltiradi.  Mantiqiy  nuqtayi  nazardan  qaraganda,  muddat 
belgilangan vaqtdan oʻta boshlaydi,  ma’lum payt  (davr)dan soʻng tamom 
boʻladi. Aynan shunday vaqt ham muayyan voqea-hodisa yoki sana bilan 
belgilangach,  oʻta  boshlaydi  va  belgilangan  davr  (payt)da  u  tugaydi. 
Shuning uchun ham muddat tushunchasi fuqarolik huquqida faqatgina aniq 
belgilangan  vaqt  tushunchasi  bilan  ayniy  hisoblanadi.  Ikkinchidan, 
boshlanishi va oʻtishi belgilangan huquqiy oqibatlarni vujudga keltiradigan 
paytlar  va  vaqt  davrlarigina  muddat  hisoblanishi,  vaqt  aniq  belgilanishi 


139 
 
bilan  birga,  huquqiy  oqibatlar  vujudga  keltirishi  lozimligini  ifodalaydi. 
Masalan, mahsulot yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, mahsulot yetkazib berish 
payti  sifatida  1  mart  belgilangan  boʻlsa,  aynan  shu  paytdan  boshlab  mahsulot 
yetkazib  berishni  kechiktirganlik  uchun,  kechiktirishning  har  bir  kuniga  qonunda 
nazarda tutilgan miqdordagi penyani toʻlash nazarda tutiladi. 
 
Muddatning  oʻtib  ketishi  ham  biror  huquqiy  oqibatni  vujudga 
keltirishi  lozim. 
Masalan,  Oʻzbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  895-
moddasiga  muvofiq,  yuk  topshiruvchi  ashyolarni  qaytarib  olishdan  bosh  tortgan 
taqdirda  lombard  ularni  uch  oy  mobaynida  saqlab  turishi  shart.  Bu  muddat 
oʻtganidan  keyin  lombardda  talab  qilib  olinmagan  ashyoni  qonunda  belgilangan 
tartibda sotish huquqi vujudga keladi.
  
Mazkur 
holatlardan 
kelib 
chiqib, 
muddatlar 
tushunchasini 
quyidagicha bayon etish mumkin: 
 
Fuqarolik  huquqida  muddat  deb,  aniq  belgilangan,  oʻtishining 
boshlanishi  va  tamom  boʻlishi  muayyan  huquqiy  oqibatlarni  vujudga 
keltiradigan, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va  muhofaza qilishga 
qaratilgan paytlar va vaqt davrlariga aytiladi.  
 
Muddat  huquqiy  oqibat  tugʻdirishi,  huquq  va  burchlarni  vujudga 
keltirish, oʻzgartirish va bekor qilish mumkinligi uchun ham ularni yuridik 
fakt deb atash mumkin boʻladi. Muddatlar yuridik faktlar tizimida alohida 
oʻringa ega.  
Yuridik  faktlar  fuqarolik  huquqiy  munosabatlarni  vujudga  keltirish, 
oʻzgartirish  va  bekor  qilishga  qaratilgan  harakatlar  hisoblanadi.  Har 
qanday  harakatlar  ham  yuridik  fakt  hisoblanmaydi.  Faqatgina  yuz  berishi 
natijasida  fuqarolik  huquqiy  munosabatni  vujudga  keltirishi,  oʻzgartirishi 
yoki  bekor  qilishi  mumkin  boʻlgan  harakatlargina  yuridik  fakt  boʻlishi 
mumkin.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish