Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov jarayoni tushunchasi



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   250
1-§. Saylov jarayoni tushunchasi 
Saylov  jarayoni  saylovlardagi  muhim  institut  bo’lib,  saylov  huquqi  bilan 
chambarchas bog’liq. Ayrim adabiyotlarda saylov jarayoni saylov ishitirokchilarining 
saylovlarni tayyorlash va o’tkazishdagi faoliyatini saylov huquqi bilan tartibga solish 
deb  ta’riflanadi
1
.  Bu  ta’rifda  haqiqatda  saylov  huquqi  bilan  saylov  jarayonini 
bog’liqligini  ko’rish  mumkin.  Agar  saylov  huquqi  davlat  hokimiyatining  qonuniy 
almashishini tartibga solsa, saylov jarayoni fuqarolarning saylov (siyosiy) huquqlarini 
amalga  oshirishni,  hokimiyatda  ishtirokining  texnologiyasini  aks  ettiradi.  Saylov 
jarayoni  vakillik  va  saylov  demokratiyasining  asosiy  institutlarini  siyosiy-huquqiy 
mexanizmini tashkil etadi
2

Demokratik  saylov  jarayoni  saylovlarning  asosiy  ishtirokchilari  bo’lgan 
saylovchilar bilan saylovlarni tashkil etuvchi va o’tkazuvchi davlat-jamoat institutlari 
hisoblanuvchi  saylov  komissiyalari  o’rtasidagi  o’zaro  ishonchga  asoslangan  aloqani 
namoyon  bo’lishidir.  Fuqarolik  ishonchi  fuqarolar  huquqiy  madaniyatining  muhim 
elementi  sifatida  hozirgi  zamon  saylov  jarayonini  mohiyatini  belgilaydi.  Bundan 
ko’rinib  turibdiki,  saylov  jarayoni,  uning  muvaffaqiyatli  o’tishi,  saylovchilarning 
huquqiy  madaniyatiga  bog’liq.  Chunki  eng  demokratik  prinsiplar,  qoidalar,  tartiblar 
qonunlarda qanchalik belgilanmasin, yozib qo’yilmasin, agar ular so’zsiz bajarilmasa, 
ulardan  naf  yo’q  yoki  еtarli  darajada  foyda  bermaydi.  Shuning  uchun  aytish 
                                                           
1
 Qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран. M.: «Проспект», 2009, стр.266. 
2
 Qarang: Избрательное право и процесс в РФ. M.: «Норма», 1999, стр. 213. 


126 
 
mumkinki,  huquqiy  madaniyat,  qolaversa,  saylov  madaniyati  kuchli  jamiyatdagina 
saylov  huquqi  to’la  ro’yobga  chiqadi, fuqarolar saylov  huquqlaridan  to’la  foydalana 
oladi. 
Prezident tomonidan ilgari surilgan, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni 
yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  Konsepsiyasi”da 
jamiyatda  inson  huquqlari  bo’yicha  madaniyatni  shakllantirishga  alohida  ahamiyat 
berish  zarurligi  ko’rsatilar  ekan,  bu  bevosita  saylov  huquqi  madaniyatiga  ham 
taalluqlidir. Chunki saylov huquqi inson huquqining ajralmas qismidir. 
Huquqiy  madaniyat  rivojlanishiga  siyosiy-huquqiy  voqеalarni  rivojlanishi, 
huquqiy  ta’limni  yo’lga  qo’yilganlik  darajasi  va  nihoyat  huquqiy  targ’ibotni  yaxshi 
yo’lga  qo’yilganligi  ta’sir  qiladi.  Shuning  uchun  bu  borada  mamlakatimizda  keng 
ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda va rejalashtirilmoqda
1

Huquqiy  madaniyat  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  barcha  demokratik 
mamlakatlarda e’tirof etilib, shu borada maxsus tadbirlar amalga oshirildi.  
 
Jumladan,  Rossiyada  1994-yil  1-yanvarda  “Saylovchilarni,  saylov  tashkil  qiluvchilarni, 
jamoatchilik  vakillarini  huquqiy  madaniyatini  oshirishning  federal  Dasturi”  Prezident  farmoyishi 
bilan  tasdiqlangan
2
.  Unda  belgilanishicha,  saylov  jarayoni  saylov  huquqi  va  saylov  o’tkazish 
prinsiplarini amalga oshirish shakli va texnologik infrastrukturasidir. 
 
Ayrim  vaqtlarda  “saylov  jarayoni”  kengmi,  “saylov  kampaniyasi”  qеngmi 
degan savol tug’iladi va “saylov jarayoni” “saylov kampaniyasi” boshlanganligi e’lon 
qilingandan so’ng boshlanadi degan fikrlar ham yo’q emas.  
 
Aslida  esa  “saylov  jarayoni”,  “saylov  kampaniyasi”ga  qaraganda  keng,  yoki 
boshqacha  aytganda  “saylov  kampaniyasi”  “saylov  jarayoni”  ichiga  kiradi.  Saylov 
to’g’risidagi  qonunlarning  tegishli  moddalarida,  saylov  kampaniyasining 
boshlanganligi  tegishlicha  Prezidentni,  vakillik  organlarining  vakolat  muddati 
tugashidan  kamida  uch  oy  oldin  e’lon  qilinadi  deb  belgilab  qo’yilgan.  “Saylov 
jarayoni”  esa  faqat  shu  davrda  emas,  ijtimoiy-siyosiy  hayotning  boshqa  vaqtlarida 
ham amalda bo’lishi mumkin. 
 Masalan,  o’rni  bo’shab  qolgan  o’rinlarga  deputat  saylash  har  qanday  vaqtda, 
saylov  kampaniyasi  davridan  boshqa  vaqtlarda  ham  bo’lishi  mumkin,  bu  “saylov 
jarayoni”ning “saylov kampaniyasi”dan kengligini ko’rsatuvchi birinchi asos.  
                                                           
1
 Qarang: Karimоv I.A. “Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini 
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi”. T.: О’zbekistоn, 2010, 27-28 betlar.  
2
 Qarang: Избрательное право и процесс в РФ. M.: «Норма», 1999, стр. 213. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish