Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylovlarda nomzodlar va ularning turlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   250
1-§. Saylovlarda nomzodlar va ularning turlari 
Nomzod  –  saylov  huquqida  tegishli  huquqiy  munosabatlar  ishtirokchisi 
hisoblanuvchi  tegishli  mamlakatning  fuqarosidir.  Nomzodning  huquqiy  holati 
qonuniy  asoslarga  ega.  Nomzod  –  saylovlarda,  tegishli  lavozimga  yoki  vakillik 
organlari deputatligiga  (a’zoligiga) da’vogar  shaxs
1
.  U  faqat  jismoniy  shaxs  bo’lishi 
mumkin. 
Lavozimlar  har  xilligi  va  vakillik  organlarining  turli  pog’onada  (darajada) 
tashkil etilishi nomzodlarni ham turlicha bo’lishini keltirib chiqaradi. 
                                                           
1
 Bu haqda qarang: Пастников A.С. Избрательное право России. M. Инфра. M.:“Норма”, 1996, стр-64. 


139 
 
 Lavozimga  nomzodlar  tizimiga:  Prezidentlikka  nomzod,  Bosh  vazir 
lavozimiga  nomzod,  hokim  lavozimiga  nomzod,  Oliy  Majlis  Senati  Raisi 
(o’rinbosarlari),  Qonunchilik  palatasi  Spikeri  (o’rinbosarlari),  Fuqarolar  yig’ini  raisi 
va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar kiradi. 
Vakillik  organlari  a’zoligiga  nomzodlar  tizimiga:  Qonunchilik  palatasi 
deputatligiga,  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashlari  deputatligiga,  Oliy  Majlis  Senati 
a’zoligiga (cenatorlikka) nomzodlar kiradi. 
Bundan  tashqari  saylov  huquqida  yana  Markaziy  saylov  komissiyasiga 
saylanuvchi  nomzodlar,  saylov  komissiyalari  tarkibiga  saylanuvchi  a’zolarning 
nomzodlari tushunchalari ham mavjud. 
Mazkur  mavzuda  faqat  prezidentlikka  nomzod,  Qonunchilik  palatasi 
deputatligiga,  viloyat,  tuman,  shahar  Kegashlari  deputatligiga  nomzod  va 
Senatorlikka  nomzodlar  haqida  bilim  beriladi.  Chunki  bular  saylov-huquqiy 
munosabatining bevosita ishtirokchilaridir. 
Prezidentlikka  nomzod,  Qonunchilik  palatasi,  viloyat,  tuman,  shahar 
Kengashlari  deputatligiga  nomzodlar  bir-biridan  ko’rsatilish  tartibi,  ularga 
qo’yiladigan  talablar,  ro’yxatga  olinishi,  saylov  munosabatlarida  ishtirok  etish 
vakolatlari, huquqlarining kafolatlari darajasi bilan farq qiladi. 
Ularning  barchasini  bir  narsa,  saylovchilarning  ishonchini  qozonib,  еtarli 
darajada  ovoz  olib,  mo’ljallangan  lavozimga  yoki  vakillik  organlariga  saylanish 
maqsadini mavjudligi xarakterlaydi. 
Mamlakatda  tegishli  lavozimga,  vakillik  organlari  deputatligiga  (a’zoligiga) 
kim  saylanishi,  keyinchalik  mamlakatga,  xalqqa  saylanadiganlardan  qanday  naf 
bo’lishi, nomzodlarga, ularni to’g’ri tanlashga bog’liq. 
Saylovlarning xalqaro tajribasida nomzodlar tegishli siyosiy kuchlar, ommaviy 
harakatlar  tomonidan  ko’rsatilishi  ham  nomzodlarni  tanlash  katta  va  ma’suliyatli 
masala ekanligini ko’rsatadi. 
Saylovchilar  turli  siyosiy  kuchlar  tomonidan  taklif  etiladigan  bir  necha 
nomzodlar orasidan munosibini tanlab olishadi. Bu esa saylovlarda hal qiluvchi kuch 
saylovchi ekanligini bildiradi. 
Saylovlarning  demokratik  o’tishining  va  xalqaro  miqyosda  e’tirof  etilishining 
asosiy  shartlaridan  biri  har  qanday  saylanadigan  lavozim  va  deputatlik,  Senatorlik 
o’rinlariga  nomzodlarning  muqobillik  asosida  bo’lishi,  ya’ni  saylanadiganga  ko’ra 
ovozga  qo’yilayotganlar  soni  ko’proq  bo’lishligidir.  Bu  saylov  huquqining  eng 
muhim sharti – tanlash imkoniyatini beradi. Tanlash imkoniyati bo’lmasa, u haqiqiy 
saylov bo’lmaydi. Shuning uchun har qanday saylovlarda tanlash huquqini ro’yobga 
chiqaruvchi shart – bu nomzodlarni muqobillik asosida saylashdir. 
Sobiq  tuzum  davrida  o’tgan  biror-bir  saylov  muqobillik  asosida  o’tmagan. 
Biron-bir lavozim muqobillik asosida shakllantirilmagan. Hamma vaqt bir o’ringa bir 
nomzod  qo’yilib  saylangan.  Bunday  saylovni  tayinlashdan  hеch  qanday  farqi  yo’q. 
Muqobilsiz  saylovlar  saylovchilarni  saylovlarga  qatnashishga  bo’lgan  huquqini, 
undan manfaatdorligini yo’qqa chiqaruvchi asosiy omildir. 
Yana  saylovlarda  bir  lavozimga,  deputatlik,  Senatorlik  o’rinlariga  tavsiya 
etilayotgan  nomzodlarning  mavqеlarini  teng  bo’lishi,  ular  haqiqatdan  ham  o’z 


140 
 
mehnati, faoliyati bilan xalqqa tanilgan, ular tomonidan e’tirof etilgan bo’lgandagina, 
tanlash imkoniyati kuchayadi. 
Saylov  huquqida  nomzodlar,  huquqiy  holatiga  ko’ra  ham  bir-biridan  farq 
qiladi.  Bunda  tegishli  tartibda  ro’yxatga  olinguncha  bo’lgan  nomzodlar  va  tegishli 
tartibda  ro’yxatga  olingan  nomzodlar  ko’zda  tutiladi.  Ro’yxatga  olinguncha  har  bir 
nomzod  ko’rsatish  huquqiga  ega  sub’ektlar  (ayrim  mamlakatlarda  o’zini  o’zi  ham 
ko’rsatish mumkin) nomzodlarni o’z ixtiyoriga ko’ra, qonunda belgilangan miqdorda 
ko’rsataveradi.  Bu  nomzodlar  faqat  nomzod  ko’rsatgan  sub’ektning  hujjatidagina 
nomzod  hisoblanadi.  Lekin  hamma  ko’rsatilgan  nomzodlar  ham  tegishli  tartibda 
ro’yxatga  olinmasligi  mumkin.  Chunki  nomzodlarga  qo’yiladigan  ma’lum  talablar 
bo’lib,  hamma  nomzodlar  ham  shu  talablarga  javob  bera  olmasligi  mumkin.  Bu 
birinchi  guruh  nomzodlardir.  Ikkinchi  guruh  nomzodlar  esa,  tegishli  komissiyalar 
tomonidan, belgilangan tartibda ro’yxatga olingan nomzodlar hisoblanadi.  
Tegishli tartibda ro’yxatga olingan nomzodlargina, to’la huquqiy maqomga ega 
nomzod hisoblanadi va saylov munosabatlarining ishtirokchisiga aylanadi. Ro’yxatga 
olingan paytdan boshlab ularga nomzodlik faoliyatini kafolatlari qo’llaniladi. 
2014-yil 21-dekabrda Oliy Majlis Qonunchiligiga bo’lgan saylovda jami 135 ta 
saylov  okrugidan  127  tasida  4  tadan,  8  tasida  esa  3  tadan  nomzod  ishtirok  etdi
1

(2015-yil  29-martda  O’zbekiston  Prezidentligiga  saylovda  to’rt  nomzod  ishtirok 
etadi),  bu  esa  saylovning  eng  muhim  shartlaridan  biri  –  muqobillikni  ta’minladi,  bu 
esa saylovchilarning tanlash huquqini ro’yobga chiqardi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish