Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   250
5-§. Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish 
Saylov  jarayonida  saylov  kampaniyasini boshlanganligini e’lon  qilish  birinchi 
va dastlabki bosqich bo’lsa, ikkinchi ya’ni undan keyingi bosqich – saylov okruglari 
va saylov uchastkalarini tuzish bosqichidir. 
Saylovlar  vaqtida  mamlakat  hududi  saylov  birligi  hisoblanuvchi  saylov 
okruglariga bo’linadi. Saylov tizimiga qarab saylov okruglari bir mandatli (majoritar 
tizimda) yoki ko’p mandatli (proporsional tizimda) bo’lishi mumkin. 
Majoritar  tizimli  saylovda,  jumladan,  O’zbekistonda  bir  mandatli  saylov 
okruglari  tashkil  qilinadi.  Okruglarning  soni,  qamrab  oladigan  hududlar  doirasi 
qanday saylov o’tkazishga bog’liq. 
Majoritar tizimda  (O’zbekistonda) vakillik  organlariga saylovda okruglar  soni 
vakillik organlariga saylanadigan deputatlar soniga bog’liq. Bu narsa Konstitusiyada 
yoki  saylov  to’g’risidagi  qonunlarda  belgilab  qo’yilgan.  O’zbekiston  Respublikasi 
Konstitusiyasining  77-moddasida  O’zbekiston  Respublikasining  “O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to’g’risida”gi  qonunga  muvofiq 
saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat, deb belgilangan. 


134 
 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 1-
moddasida  “Qonunchilik  palatasining  bir  yuz  o’ttiz  besh  deputati  hududiy  bir 
mandatli  saylov  okruglari  bo’yicha  ko’ppartiyaviylik  asosida  umumiy,  teng  va 
to’g’ridan-to’g’ri  saylov  huquqi  asosida  yashirin  ovoz  berish  yo’li  bilan  saylanadi” 
deb  ko’rsatilib,  bu  O’zbekistonda  Qonunchilik  palatasiga  saylovda  135  ta  okrug 
tuzilishiga asos bo’ladi. 
Shu qonunning 7-moddasida Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazish uchun bir 
yuz o’ttiz beshta hududiy okrug tuzilishi, har bir okrugdan bittadan deputat saylanishi 
belgilab qo’yilgan. 
Qonunchilik  palatasiga  deputatlar  saylovini  o’tkazuvchi  saylov  okruglari 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklarining  taqdimnomasiga  binoan  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 
tuziladi. 
Saylov 
okruglarining 
chegaralarini 
belgilashda 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga 
olinadi. 
Saylov okruglarini tuzishda qoida tariqasida har bir okrugda saylovchilar soni 
teng bo’lishiga erishiladi. Har bir okrug uchun saylovchilar normasi Markaziy saylov 
komissiyasi  tomonidan  belgilanadi.  2014-yil  21-dekabrdagi  Qonunchilik  palatasiga 
saylovda har bir saylov okrugiga to’g’ri keladigan saylovchilar normasi o’rtacha 154 
ming saylovchi hisobidan belgilanadi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  saylov  okruglari  ro’yxatini  ularning  chegaralari 
va saylovchilar sonini ko’rsatgan holda saylovga kamida еtmish besh kun qolganida 
e’lon qiladi. 
Mahalliy  Kengashlarga  saylovda  okruglar  har  bir  Kengashga  saylanadigan 
deputatlarning  soniga  qarab  tuziladi.  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar 
Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan, xalq deputatlari 
viloyat  va  Toshkent  shahar  Kengashlariga  deputatlar  saylashda  oltmishtadan  ko’p 
bo’lmagan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylovda o’ttiztadan ko’p 
bo’lmagan hududiy saylov okruglari tuziladi. 
Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov  o’tkazuvchi 
saylov okruglari soni aholining, saylovchilarning sonini, hududni va boshqa mahalliy 
sharoitlarni  inobatga  olgan  holda  ushbu  qonun  belgilagan  normalar  doirasida  xalq 
deputatlari Kengashlari tomonidan belgilanadi. 
Saylov  okruglari  tegishli  viloyat,  tuman,  shahar  saylov  komissiyalari 
tomonidan  qoida  tariqasida  saylovchilar  soni  teng  holda  tuziladi.  Okrug  chegaralari 
viloyatlar,  tumanlar  va  shaharlarning  ma’muriy-hududiy  tuzilishini  inobatga  olgan 
holda belgilanadi. 
Tegishli  saylov  komissiyalari  saylov  okruglarining  ro’yxatini,  ularning 
chegaralari va saylovchilar sonini ko’rsatib, saylovdan kamida еtmish besh kun oldin 
e’lon qiladi. 
Konstitusiyaning  99-moddasiga  binoan  shahar  tarkibidagi  tumanlarda  va 
tumanga  bo’ysunuvchi  shaharlarda  xalq  deputatlari  Kengashlari  bo’lishi  ko’zda 
tutilmagani uchun u еrlarda saylov o’tkazilmaydi. 


135 
 
Demak  vakillik  organlariga  saylov  jarayoni  vaqtida  ikki  xil  –  Qonunchilik 
palatasi  deputatlarini  saylovi  uchun  okrug  va  mahalliy  Kengash  deputatlari  saylovi 
uchun okrug tuziladi. 
Birinchisi Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, viloyatlar va 
Toshkent  shahar  hokimliklari  ishtirokida  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 
tuziladi.  Ikkinchisi  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashlari  ishtirokida 
tegishli hudud saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovida  saylov  okruglarini  tuzish 
vakillik  organlari  saylovida  okruglar  tuzishdan  farq  qiladi.  Prezident  saylash  butun 
mamlakat  saylovchilarini  soni  asosida  aniqlangani uchun  unda  okruglarda  aholining 
sonini teng bo’lishni ahamiyati yo’q. Shuning uchun bu saylovda okrugga asos qilib, 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri  olinadi.  “O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  Qonunning  9-moddasi  “Saylov 
okruglarini  tuzish”  deb  atalib,  unga  ko’ra,  Prezident  saylovini  o’tkazuvchi  saylov 
okruglarini  Markaziy  saylov  komissiyasi  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar 
va  Toshkent  shahri  chegaralari  doirasida  tuzib,  saylovga  kamida  еtmish  besh  kun 
qolganida okruglar ro’yxatini, saylovchilar sonini hamda saylov komissiyalari qaerda 
joylashganligini e’lon qiladi. Shunday qilib, Prezident saylovida mamlakatimizda 14 
ta saylov okruglari tashkil qilinadi va ularda saylovchilar soni har xil bo’ladi. 
Saylovlarni tashkil qilish va o’tkazishda muhim rol o’ynovchi yana bir saylov 
tuzilmasi – saylov uchastkalaridir.  
Agar  turli  saylovlar  o’tkazuvchi  okruglar  tuzishda  va  ularni  vazifasida  ayrim 
farqlar  mavjud  bo’lsa,  saylov  uchastkalari  barcha  saylovlarda  bir  xil  vazifaga  ega 
bo’ladi va ularni tuzishda deyarli farq yo’q. 
Saylov  to’g’risidagi  qonunlarga  asosan,  saylov  uchastkalari  tumanlar, 
shaharlar, 
shahardagi 
tumanlarning 
chegaralarini 
inobatga 
olgan 
holda, 
saylovchilarga  mumkin  qadar  ko’proq  qulaylik  yaratish  maqsadida  tuziladi.  Saylov 
uchastkalari harbiy qismlarda ham tuzilib, shu qism joylashgan еrdagi saylov okrugi 
tarkibiga kiradi. 
O’zbekiston  Respublikasining  xorijiy  mamlakatlardagi  vakolatxonalarida, 
sanatoriylarda  va  dam  olish  uylarida,  kasalxonalar  va  boshqa  statsionar  davolash 
muassasalarida,  olis  va  borish  qiyin  bo’lgan  еrlardagi  fuqarolar  turgan  joylarda 
saylov  uchastkalari  tuzilishi  mumkin.  Bu  saylov  uchastkalari  o’zlari  joylashgan 
еrdagi  saylov  okrugi  tarkibiga  kiradi.  O’zbekistondan  tashqarida  tuziladigan  saylov 
uchastkalarini  qaysi  okrugga  biriktirish  masalasi  Markaziy  saylov  komissiyasi 
tomonidan hal qilinadi.  
Mahalliy  Kengashga  saylovlar  bo’yicha  saylov  uchastkalari  xorijiy 
mamlakatlarda tuzilmaydi. 
Saylov  uchastkalari  tuman,  shahar  hokimliklarining  taqdimiga  binoan  okrug 
saylov  komissiyalari  tomonidan  tuziladi.  Harbiy  qismlarda  tuziladigan  saylov 
uchastkalari  harbiy  qism  yoki  qo’shilma  komandirlarining  taqdimiga  binoan  shu 
еrdagi  okrug  saylov  komissiyasi  tomonidan  tuziladi.  Xorijiy  mamlakatlarda  saylov 
uchastkalari  tashqi  ishlar  vazirligining  taqdimnomasiga  binoan  Markaziy  saylov 
komissiyasi  tomonidan  tuziladi.  Mahalliy  Kengashlarga  saylov  o’tkazish  uchun 


136 
 
saylov  uchastkalari  tuman,  shahar  hokimliklarining  taqdimiga  binoan  tegishli 
Kengashga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. 
Mahalliy  Kengashlarga  saylov  o’tkazish  uchun  saylov  uchustkalari,  tuman, 
shahar  hokimliklari  taqdimiga  binoan  tegishli  Kengashga  saylov  o’tkazuvchi  saylov 
komissiyalari  tomonidan  tuziladi.  Saylov  uchastkalari  saylovga  kamida  60  kun 
qolganda, xorijiy davlatlarda va olis, borish qiyin bo’lgan joylarda ham shu muddatda 
alohida hollarda istisno tariqasida saylovga kamida 5 kun qolganda tuziladi. 
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar, ko’pi bilan 3000 nafar 
saylovchidan iborat etib tuziladi.  
Saylov  uchastkasiga  tuman,  shahar  hokimliklari  bino  ajratadi.  O’zbekiston 
Prezidenti  va  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  saylovi  uchun  okrug  komissiyalari 
saylov,  har  bir  saylov  uchastkasining  chegaralari  to’g’risida  saylovchilarni 
komissiyalari  uchastka  saylov  komissiyasining  va  ovoz  berish  binosining  joylarini 
ko’rsatgan  holda  xabardor  etishni  tashkil  etadi.  Mahalliy  Kengashlar  deputatligiga 
saylovlar uchun esa tuman, shahar saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib 
raqamini  belgilaydi  hamda  uchastka  saylov  komissiyasining  va  ovoz  berish 
binosining  manzilini  ko’satgan  holda  har  bir  saylov  uchastkasining  chegaralari 
to’g’risida saylovchilarni habardor e’tishni tashkil qiladi. 
Demak,  O’zbekiston  Prezidenti  va  Qonunchilik  palatasi  deputatlari  saylovi 
uchun  saylov  uchastkalari  tuzishda  hokimliklar,  harbiy  qism  komandirlari,  okrug 
saylov  komissiyalari,  xorijda  tuziladigan  uchastka  saylov  komissiyalarini  tuzishda 
Markaziy saylov komissiya va Tashqi ishlar vazirligi ishtirok etadi. 
Mahalliy kengashlarga saylovlarda saylov uchastkalarini tuzishda hokimliklar, 
harbiy qism komandirlari va tegishli hududiy saylov komissiyalari ishtirok etadi. 
 
Xulosa  
“Saylov  jarayoni”  saylov  huquqini  amalga  oshirishni  ta’minlovchi  tadbirlar, 
harakatlar  yig’indisi  bo’lib,  uni  qanday  tashkil  qilish  saylovlarni  muvaffaqiyatli 
o’tkazishga, adolatli o’tishiga hal keluvchi ta’sir etadi. 
“Saylov  jarayoni”  ma’lum  bosqichlardan  iborat  bo’lib,  bu  bosqichlarda  turli 
tadbirlar o’tkaziladi. 
Bu  tadbirlarning  yuridik  ahamiyati  ularni  o’tkazishning  aniq  vaqtlari,  amalga 
oshiruvchilarning  qonunlarda  aniq  belgilab  qo’yilganidir.  “Saylov  jarayoni” 
bosqichlari bir birini almashtirib turadi. 
“Saylov jarayoni” saylov komissiyasini ham o’z ichiga oladi va ayrim paytda 
umumiy saylov davridan chiqib boshqa vaqtlarda ham ko’rinadi. Masalan:  
- o’rni bo’shab qolgan deputatlarning saylovida,  
- deputatlarni chaqirib olishda.  
Saylov  kampaniyasi  boshlanganligini  e’lon  qilish  bilan  saylovga  tayyorgarlik 
ko’rish  va  o’tkazishning  asosiy  tadbirlari  boshlanadi.  Saylov  kampaniyasi 
boshlanganligini e’lon qilish saylov kunini belgilash bilan boshlanadi. Bunda saylov 
tayinlanmay,  avvaldan  aniqlab  qo’yilgan  muddatlarda  uni  o’tkazish  belgilanadi. 
Lekin O’zbekistonda saylovni tayinlash tartibidan ham foydalaniladi.  
 


137 
 
Masalan,  Qonunchilik  palatasi  deputati  o’rni  bo’shab  qolganda,  Markaziy  saylov 
komissiyasi,  mahalliy  kengash  deputatlari  o’rni  bo’shab  qolganda,  tegishli  Kengashlar  saylov 
tayinlaydi.  Saylov  jarayonini  moliyalashtirish,  saylovlarni  teng  bo’lishini,  saylanadiganlar 
keyinchalik  hеch  kimga  qaram  bo’lib  qolmasligi  nuqtai  nazaridan  faqat  davlat  byudjeti  hisobidan 
amalga oshiriladi. 
  
Saylovlarni o’tkazishda turli vazifalarni bajaruvchi saylov tuzilmalari – saylov 
okruglari  va  uchastkalari  tashkil  etiladi.  Turli  saylovlar  o’tkazish  uchun  tuziladigan 
saylov okrugalrini tuzish  tartibi  ularning  hududi,  saylovchilar soni  har  xil.  Bu  tartib 
va normalar qonunlarda aniq belgilab qo’yilgan. Saylovlarda saylovchilarga qulaylik 
yaratish va ovozlarni dastlabki natijalarni aniqlash uchun, barcha saylovlarda saylov 
uchastkalari  tuziladi.  Saylovlar  qanday  organlar  uchun  bo’lishidan  qat’iy  nazar 
saylov  uchastkalarini  tuzishda,  ularning  vazifasida  farq  yo’q,  faqat  mahalliy 
saylovlarda xorij mamlakatlarda saylov uchastkalari tuzish ko’zda tutilmagan. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish