2-§. Saylov jarayoni bosqichlari
Saylov jarayoni bosqichlari aniq vaqti, maqsadi, ishtirokchilari, ularning huquq
va burchlari ko’rsatilib, qonunda mustahkamlangan, turli tadbir va saylov harakatlari
yig’indisidir.
Ayrim manbalarda saylov jarayonini beshta bosqichi
1
, ayrim manbalarda еttita
bosqichi ko’rsatiladi
2
.
Birinchi manbada saylov jarayoni quyidagi bosqichlarga bo’lingan: 1) Saylov
tayinlash (ayrim mamlakatlarda saylov tegishli oliy organlar yoki davlat boshlig’i
1
Qarang: Избрательное право и процесс в РФ. M.: «Норма», 1999, стр. 217.
2
Axmedоv D., Xashimxоnоv A.: О’zbekistоn Respublikasida saylоv huquqi va saylоv jarayoni. T.: О’zbekistоn,
2007, 20-21 bet.
128
tomonidan tayinlanadi. M: Rossiyada); 2) Saylov okruglari, saylov uchastkalarini
tashkil etish, saylovchilar ro’yxatini tuzish; 3) Nomzodlar ko’rsatish (nomzodlar
ro’yxatini taqdim etish) va ularni ro’yxatga olish; 4) Saylovoldi tashviqoti olib
borish; 5) ovoz berish, ovoz berish natijalarini aniqlash va ularni e’lon qilish. Bu
bosqichlarda saylov komissiyalarini tuzishdek saylov harakati saylov bosqichlarini
birortasiga ham qiritilmagan.
Ikkinchi manbada saylov bosqichlari еttiga bo’lib ko’rsatilgan, bular:
1)
Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish;
2)
Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish; saylov komissiyalarini tuzish;
3)
Fuqarolarni saylovchilar ro’yхatiga kiritish;
4)
Nomzodlar ko’rsatish va ularni ro’yхatga olish;
5)
Saylov oldi tashviqoti;
6)
Ovoz berish va va saylov natijalarini aniqlash;
7)
Saylov yakunlarini e’lon qilish.
Bu “saylov jarayoni” bosqichlari jarayonni to’laroq ifodalaydi. Bu еrda ovoz
berish va saylov natijalarini aniqlash; saylov yakunlarini e’lon qilish; fuqarolarni
saylovchilar ro’yхatiga kiritish alohida-alohida bosqich sifatida berilgan. Birinchi
manbada saylov jarayoni bosqichlari bo’linishida saylovchilarni ro’yхatini tuzish
nimagadir nomzod ko’rsatish bosqichi qo’shib yuborilgan va ovoz berish va saylov
natijalarini aniqlash bilan, saylov yakunlarini e’lon qilishni ham bir bosqichga
birlashtirgan. Lekin shu mualliflar fikrining ijobiy tomoni ular saylovlarda vujudga
kelishi mumkin bo’lgan boshqa tadbir (bosqichlar) bo’lishini ham ta’kidlashadi.
Masalan: takroriy saylov, takroriy ovoz berish va bo’shab qolgan deputatlik o’rniga
saylov o’tkazish masalalari.
Ikkinchi ta’rif ancha keng bo’lsa-da, uning ham ayrim kamchiliklari bor,
jumladan, unda ro’yxat tuzish nimagadir nomzodlar ko’rsatishdan oldin berilgan
hamda u “fuqarolarni saylovchilar ro’yxatiga kiritish” deb nomlangan, qonunda esa
bu “saylovchilar ro’yxatini tuzish” deb atalgan.
Yuqoridagilarni umumlashtirib, “saylov jarayoni” quyidagi bosqichlarga
bo’linadi deb ko’rsatish mumkin:
1)
Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish;
2)
Saylov okruglari va uchastkalarini va okrug, uchastka saylov komissiyalarini
tuzish;
3)
Nomzodlar ko’rsatish va ularni ro’yхatga olish;
4)
Saylovoldi tashviqotini tashkil qilish;
5)
Saylovchilar ro’yхatini tuzish. Saylov byulletenlarini tayyorlash;
6)
Ovoz berish va saylov natijalarini aniqlash hamda e’lon qilish;
7)
Tegishli hol sodir bo’lsa, takroriy ovoz berish va takroriy saylov tashkil
etish.
Bular bir saylov kampaniyasi davrida vujudga keladigan “saylov jarayoni”
bosqichlaridir.
Bu “saylov jarayoni” bosqichlarining maqsadi, saylovlar legitimligini
ta’minlovchi turli saylov tadbirlari va harakatlarini vaqt bo’yicha qat’iyligini,
mazmun bo’yicha ketma-ketligini ta’minlashdir.
129
“Saylov jarayoni”ning ba’zi elementlari yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi
(texnologik) xarakterda bo’ladi. Masalan, o’z vaqtida va еtarli miqdorda moliyaviy
tomondan ta’minlamasdan turib saylovlarni o’tkazib bo’lmaydi.
“Saylov jarayoni”da turli harakat va tadbirlarning aniq belgilangan vaqtda
o’tishi muhimdir. Shuning uchun vaqt, muddat “saylov jarayoni”da saylovlarni
tashkil qilishda ajralmas elementlardan hisoblanadi. Vaqt, muddat saylov jarayoni
bosqichlarida yuridik ahamiyatga ega bo’ladi. Tegishli saylov munosabatlarini
vujudga kelishi, o’zgarishi yoki bekor bo’lishi vaqt bilan bog’liq. Masalan, nomzod
ko’rsatish va nomzodni ro’yxatga olishni aniq vaqti belgilab qo’yilgan. Yoki saylov
oldi tashviqoti ham aniq belgilangan muddatda olib boriladi va aniq muddatda
to’xtatiladi. Vaqt yuridik fakt sifatida qaraladi. Undan unumsiz foydalanish,
belgilangan vazifalarni o’rnatilgan vaqtda bajara olmaslik saylov ishtirokchilarini
imkoniyatlarini cheklaydi (masalan, vaqtida saylovchilarni imzosini to’play olmagan
siyosiy partiya saylovda ishtirok etmaydi).
Saylov komissiyalari saylovning darajasi va turiga qarab saylovga tayyorgarlik
ko’rish va o’tkazish tadbirlarining kalendar rejasini ishlab chiqadi. Bunday kalendar
rejalar u yoki bu saylov jarayoni bosqichlarida alohida saylov harakatlari va
protseduralarni amalga oshirish muddatlarini yuridik jihatdan tartibga soladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2014-yil 12-mayda
tasdiqlagan “2014-yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish
bo’yicha tadbirlar Dasturi”ning ikkinchi qismi – “Saylov kampaniyasining asosiy
bosqichi” deb nomlangan va unda shu bosqichda qilinadigan ishlar, ularning muddati,
mas’ul shaxs va organlarning soni ko’rsatilgan. Unda ba’zi qonunlarda muddati
ko’rsatilmagan tadbirlarni amalga oshirish muddatlari (vaqti) ham ko’rsatilgan.
Masalan, saylov byulletenlari va saylov varaqalarini o’z vaqtida tayyorlashni tashkil etish,
6-dekabrdan kechiktirmay, saylov varaqalarini saylov uchastkalariga еtkazish – 8-dekabrdan
kechiktirilmay amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.
Dasturning 3-qismi “Saylov kampaniyasining yakuniy bosqichi” deb nomlanib,
unda “fuqarolarni ovoz berish vaqti va joyi haqida xabardor qilish” – 11-dekabrdan
kechiktirilmay, “muddatidan oldin ovoz berishni o’tkazish” 11–19-dekabrda amalga
oshirilishi va boshqa tadbirlar muddati, uning uchun mas’ullar belgilab qo’yilgan.
Dasturda takroriy ovoz berishning ham aniq muddatlari belgilab qo’yilgan.
Saylov jarayoni bosqichlari saylov kampaniyasi e’lon qilingandan boshlab,
saylov natijalari e’lon qilingungacha bir-birini almashtirib turadi. Bir bosqich tugab,
ikkinchisi boshlanadi. Saylov jarayoni murakkab huquqiy munosabatlar tizimidan
iborat bo’lib, unda saylov ishtirokchilarning barchasi ishtirok etadi.
Jahon saylov tajribasida, saylovlarni tinch, talafotsiz o’tishi uchun, “saylov
jarayoni” boshlangandan keyin saylov o’tkazish tartib qoidalarini o’zgartirmaslik
qoidasi amal qiladi.
Saylov
qoidalari,
tartiblari
“saylov jarayoni” o’tmayotgan vaqtda
o’zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin. Lekin “saylov jarayoni” ketayotgan
paytda hеch qanday o’zgarishlarga yo’l qo’yilmaydi. Bu saylovlarga qo’yiladigan
130
xalqaro talablardan biri. Chunki saylov ishtirokchilari shu qoidalarga tayyorlangan.
Qoidalarni “saylov jarayoni”da o’zgartirish qaysidir ishtirokchiga qulaylik berish,
qaysidir ishtirokchilarni manfaatiga zarar еtkazishi mumkin. Bu saylov huquqining
umumiy prinsiplariga zid bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |