Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   250
3-§. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish 
Saylov  jarayonlarini  boshlanishini  jahon  tajribasida  asosan  ikki  usuli  mavjud. 
Birinchisi, saylovni tayinlash, ikkinchisi saylov kampaniyasini boshlanganligini e’lon 
qilish.  Har  ikkala  holda  ham  saylov  kuni  belgilanadi.  Bu  esa  fuqarolarning  saylov 
huquqlarini ro’yobga chiqishiga sharoit tug’diradi.  
Saylovlar  tayinlash  bilan  belgilanadigan  mamlakatlarda,  Konstitusiya  yoki 
saylov  to’g’risidagi  qonunlarda  qaysi  saylovni  qaysi  organ  tayinlashi  belgilab 
qo’yilgan. 
Hokimiyat  bo’linishi  prinsipi,  hokimiyat  tarmoqlarining  bir-birini  tiyib  turish 
mexanizmlarini ishlashi natijasida bir organ (hokimiyat tuzilmasini) saylovini boshqa 
organ tayinlashi tajribaga kiritilgan.  
 
Masalan,  Rossiya  Konstitusiyasiga  binoan,  Rossiya  Prezidenti  saylovini  Federasiya 
Kengashi  (Совет  Федерации)  tayinlaydi,  ya’ni  Federal  Majlisning  yuqori  palatasi  Prezident 
saylovini tayinlaydi. Federal Majlisning quyi palatasi Davlat Dumasiga saylovni (Государственная 
Дума) Rossiya Prezidenti tayinlaydi.  
 
O’zbekiston  Respublikasida  ham  dastlab  saylovlarni  oliy  davlat  organlari 
tayinlaganlar.  
Saylov  belgilashning  yana  bir  turi  saylov  kampaniyasining  boshlanganligini 
e’lon  qilish  hisoblanadi.  2003-yil  24-aprelda  Konstitusiyaga  kiritilgan  o’zgarishga 
binoan,  ya`ni,  saylov  tegishincha  saylanadigan  davlat  organlarining  konstitusiyaviy 
vakolat  muddati  tugaydigan  yilda  –  dekabr  oyi  uchinchi  o’n  kunligining  birinchi 
yakshanbasida  o’tkazilishiga  oid  normalarning  kiritilishi  asosida  O’zbekistonda 
Prezident  saylovi,  Qonunchilik  palatasiga,  mahalliy  Kengashlarga  saylov  saylov 
kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish orqali belgilanadigan bo’ldi.  
Saylov kuni qaysi usul bilan belgilanmasin, davlatlar tajribasida saylov kunini 
belgilashni (muddatni aniqlashni) ham ikki xil usulidan foydalaniladi.  
Birinchisi  tegishli  organlarning  vakolat  muddati  tugaydigan  yilda,  vakolat 
tugashidan oldin vakolatli organ o’z xohishiga ko’ra saylov kunini belgilaydi.  
Ikkinchi  usulda  esa  saylov  o’tkazishning  vaqtini  oldindan  konstitusiya  va 
qonunlarda belgilab qo’yiladi. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarining Prezidentlik 
saylovi  har  to’rt  yilda  noyabr  oyining  birinchi  dushanbasidan  keyingi  birinchi 
seshanbasida o’tkaziladi. Senator va Kongressmenlar saylovi esa toq yilda xuddi shu 
kuni o’tkaziladi
1
.  
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasida  ham  saylov  o’tkazish  muddati 
oldindan  belgilab  qo’yildi.  Konstitusiyaning  117-moddasiga  binoan  “O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  saylovi,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Qonunchilik  palatasiga  hamda  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesiga, 
                                                           
1
 Qarang: Алебастрова И.A. Конституционное право зарубежных стран. M.: «Проспект», 2009, стр. 266 


131 
 
viloyatlar,  tumanlar,  shaharlar  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga  saylov 
tegishincha  ularning  konstitusiyaviy  vakolat  muddati  tugaydigan  yilda  –  dekabr  oyi 
uchinchi  o’n  kunligining  birinchi  yakshanbasida  o’tkaziladi”.  Saylov  o’tkazishning 
bunday  muddatlarining  belgilab  o’tkazilishi,  saylovlarni  har  safar  deyarli  bir  vaqtda 
barqaror  o’tishini  ta’minlaydi.  Shuningdek,  avvaldan  muddati  belgilab  qo’yilgan 
saylovlarni  hеch  qanday  kuch  o’z  manfaati  yo’lida,  o’ziga  qulay  vaqtda  o’tkazishi, 
saylov muddatlarini cho’zish, qisqartirish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.  
2014-yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Jo’qorg’i Kengesi, mahalliy vakillik organlariga saylovlar 21-dekabrga to’g’ri keldi.  
O’zbekiston  saylov  kunini  belgilashni  demokratik  asosda  amalga  oshirish 
maqsadida,  saylov  kampaniyasi  boshlanganligini  e’lon  qilish  vakolatini,  barcha 
hokimiyat  tuzilmalaridan  holi,  mustaqil,  maxsus  organ  –  Markaziy  saylov 
komissiyasiga berilgan. 
O’zbekiston  Respublikasi  “Markaziy  saylov  komissiyasi  to’g’risida”gi 
Qonunning  5-moddasiga  binoan  Markaziy  saylov  komissiyasi  O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentligiga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar yuzasidan 
saylov  kampaniyasi boshlanganligini e’lon  qiladi.  Prezident  saylovi bo’yicha saylov 
kampaniyasining  boshlanganligini  e’lon  qilish  “O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
saylovi  to’g’risida”gi  Qonunning  8-moddasida  berilgan  bo’lib,  unga  ko’ra: 
“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy 
oldin  saylov  kampaniyasi  boshlanganligi  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi Qonunning 19-
moddasi,  “Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov 
to’g’risida”gi  Qonunning  19-moddasi  Qonunchilik  palatasi  deputatlarining  vakolat 
muddati  va  mahalliy  Kengash  deputatlarining  vakolat  muddati  tugashidan  kamida 
uch  oy  oldin  Markaziy  saylov  komissiyasi  shu  vakillik  organlariga  saylov 
kampaniyasi boshlanganligini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.  
Markaziy  saylov  komissiyasi  Oliy  Majlisning  Qonunchilik  palatasi,  xalq 
deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov  bo’yicha  saylov 
kampaniyasi  2014-yil  15-sentyabrdan,  O’zbekiston  Prezidenti  saylovi  bo’yicha 
saylov kampaniyasi 2014-yil 26-dekabrdan boshlanishini e’lon qilish haqida qarorlar 
qabul qilgan hamda Prezident saylovi bo’yicha saylov kampaniyasi boshlanganligini 
e’lon qilgan qarorida 2015-yil 29-martni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
kuni deb belgilagan. 
Demak, saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish shartlari, birinchidan, 
tegishli  organlar  vakolat  muddatining  tugashi,  ikkinchidan,  saylov  kampaniyasi 
boshlanganligi  haqidagi  e’lonni  albatta  saylovdan  kamida  uch  oy  oldin  berilishi 
hisoblanadi.  Bunday  muddatning  belgilanishi  (uch  oylik)  barcha  saylov  jarayoni 
bosqichidagi  tadbirlarni  bemalol,  shoshma-shosharliksiz  belgilangan  muddatda 
o’tkazilishini  ko’zlaydi.  Bu  muddat  barcha  tadbirlarni  sifatli  o’tkazish  uchun  еtarli 
hisoblanadi.  Saylov  kampaniyasi  boshlanganidan  so’ng,  belgilangan  muddatlarda 
saylov jarayonining boshqa bosqichlari, ularning tadbirlari boshlanadi. 
  


132 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish