Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov jarayonini moliyalashtirish



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   250
4-§. Saylov jarayonini moliyalashtirish 
Saylov jarayonini moliyalashtirish saylovlarni moliyalashtirish tushunchasidan 
kelib  chiqadi.  Saylovlar  ma’lum  harajat  talab  etadigan  faoliyatlar  qatoriga  kiradi. 
Saylov  jarayonini  to’g’ri  moliyalashtirish  –  saylovlarning  adolatli  o’tishini 
ta’minlovchi 
eng 
muhim 
vositalardan 
biri. 
O’zbekistonda 
saylovlarni 
moliyalashtirishning  demokratik  talabi  –  bu  ovoz  berishga  ta’sir  qilmaslik,  teng 
saylov  huquqi  prinsipini  buzmaslikdir.  Bunday  deyishni  sababi  turli  mamlakatlarda 
ovoz berish natijasiga qaysi partiya, qaysi nomzod g’alaba qilishiga moliyalashtirish 
katta  ta’sir  qiladi.  Chunki  u  mamlakatlarda  moliyalashtirish  siyosiy  partiyalar, 
nomzodlar manfaatiga qaratilishi mumkin. 
Turli  partiyalar,  nomzodlar  xorij  mamlakatlarida  turli  tuzilmalar  tomonidan 
moliyalashtirilganda,  o’z-o’zidan  ma’lum,  shu  asosda  saylangan  Prezident,  deputat, 
kongressmen, Senator ularning manfaatiga xizmat qiladi.  
Bundan  tashqari,  ayrim  mamlakatlarning  saylov  qonunchiligiga  asosan 
nomzodlar  saylovni  moliyalashtirish  uchun  zarur  saylov  fondlarini  tashkil  etish 
majburiyatiga  ega.  Xuddi  shuningdek,  vakillik  organlariga,  mahalliy  organlarga 
saylovda saylov birlashmalari ham saylov fondi tashkil etishga majbur
1

O’zbekiston  Respublikasi  saylovlarni  moliyalashtirishning  o’ziga  xos  va  eng 
adolatli tartibini belgiladi. 
Saylovning  barcha  harajatlari  davlat  byudjeti  hisobidan  moliyalashtirish 
o’rnatildi.  Shu  bilan  birga  saylovda  turli  tashkilotlar,  fuqarolar  o’z  mablag’larini 
ixtiyoriy ravishda saylov o’tkazishga berishi mumkinligi belgilandi.  
“O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida”gi  Qonunning  6-
moddasi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining moliyaviy ta’minoti” deb 
nomlanib,  unga  asosan:  Prezident  sayloviga  tayyorgarlik  ko’rish  va  uni  o’tkazish 
bilan  bog’liq  harajatlar  Respublikaning  davlat  mablag’lari  hisobidan  amalga 
oshiriladi.  Prezidentlikka  nomzodlarni  boshqa  mablag’lar  hisobidan  moliyaviy 
ta’minlash va o’zga tarzda moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash taqiqlanadi. 
Respublikaning  siyosiy  partiyalari,  jamoat  birlashmalari,  korxonalari, 
muassasalari,  tashkilotlari  va  fuqarolari  o’z  mablag’larini  saylov  o’tkazish  uchun 
ixtiyoriy  ravishda  berishlari  mumkin.  Bu  mablag’larni  Markaziy  saylov  komissiyasi 
saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi. 
Xuddi  shunday  normalar  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga  saylov 
to’g’risida”gi Qonunning 64-moddasida, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunning 48-moddasida mavjud. 
Bu  normalar,  birinchidan,  barcha  saylovlar  davlat  mablag’i  hisobiga  tashkil 
qilinishi  va  o’tkazilishini  belgilaydi.  Ikkinchidan,  saylovlarni  boshqa  mablag’lar 
(manbalar)  hisobidan  moliyaviy  ta’minlashni  ta’qiqlaydi.  Uchinchidan  esa, 
mamlakatimizdagi  siyosiy  partiyalarga,  jamoat  birlashmalariga,  korxonalar, 
tashkilotlar,  muassasalarga  o’z  mablag’larini  ixtiyoriy  ravishda  saylov  o’tkazishga 
berishlari  mumkinligini  ko’rsatadi.  Bu  еrda  taqiqlash  bilan  ruhsat  berish  qanday 
kelishadi.  Ruhsat  berish  doirasi,  birinchidan,  faqat  mamlakatimizning  siyosiy 
partiyalariga,  jamoat  birlashmalariga,  shuningdek,  turli  O’zbekiston  tasaruffidagi 
                                                           
1
 Qarang: Баглай М.В. Конституционное право РФ. M.: «Норма», 1998, стр. 367-368. 


133 
 
yuridik shaxslarga va O’zbekiston fuqarolariga tegishlidir. Ikkinchidan, hеch qanday 
chet  eldagi  siyosiy  partiyalar,  jamoat  birlashmalari,  xorijiy  korxona,  muassasa, 
tashkilotlar, chet el fuqarolariga bu ruxsat taalluqli emas. Uchinchidan, mamlakatimiz 
siyosiy  partiyalari,  jamoat  birlashmalari,  yuridik  shaxslari,  fuqarolari  faqat  ixtiyoriy 
ravishda  o’z  mablag’larini  berishi  mumkin.  To’rtinchidan,  eng  muhimi,  ixtiyoriy 
berilayotgan mablag’lar aslo biror partiya yoki nomzod uchun emas, umuman saylov 
uchun  bo’lib,  uni  Markaziy  saylov  komissiyasi  teng  taqsimlaydi.  Xorijiy 
mamlakatlar,  ularning  tuzilmalari,  xorij  fuqarolarining  saylovni  moliyaviy 
ta’minlashga  ishtirok  etishiga  yo’l  qo’ymaslik,  saylanadiganlarni  ular  oldida 
majburiyatga  ega  bo’lib  qolmasligi,  qaram  bo’lib  qolmasligi  nuqtai  nazaridan 
o’rnatilgan va buningcha to’g’ri qoidadir.  
O’zbekistonda  o’tkaziladigan  har  qanday  saylov  davlat  tomonidan 
moliyalashtirilar  ekan,  bundan  to’g’ri  foydalanish  muhim  rol  o’ynaydi.  “Markaziy 
saylov  komissiyasi  to’g’risida”gi  Qonunning  5-moddasida  va  Prezident  (14-modda) 
hamda  Oliy  Majlisga  saylov  to’g’risidagi  (11-modda)  qonunlarning  tegishli 
moddalarida,  shu  saylovlarga  tayyorgarlik  ko’rish  ularning  o’tkazishning  harajatlar 
smetasi  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  ishlab  chiqilib,  tasdiqlanadi, 
shuningdek 
MSK 
pul 
mablag’larini 
saylov 
komissiyalariga 
taqsimlashi 
mustahkamlab qo’yilgan. 
Mahalliy  Kengashga  saylovlarda  shu  Kengashlarga  saylov  to’g’risidagi 
qonunning  11-moddasining  tegishli  bandiga  asosan  viloyat,  tuman,  shahar  saylov 
komissiyasi pul mablag’larini tegishli saylov komissiyalari o’rtasida taqsimlaydi. 
Saylovlarni  moliyalashtirish  bilan  siyosiy  partiyalarni  saylov  faoliyatini 
moliyalashtirish bir-biridan farq qiladi. Saylovni moliyalashtirish siyosiy partiyalarni 
saylov  faoliyatini  moliyalashtirishdan  keng.Saylovlarni  moliyalash  mablag’laridan 
siyosiy  partiyalar  saylov  jarayonida  foydalanadi.  Siyosiy  partiyalar  faoliyatini 
moliyalashtirish 6-mavzuda alohida ko’rib chiqiladi. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish