126
mumkinki, huquqiy madaniyat, qolaversa, saylov madaniyati kuchli jamiyatdagina
saylov huquqi to’la ro’yobga chiqadi, fuqarolar saylov huquqlaridan to’la foydalana
oladi.
Prezident tomonidan ilgari surilgan, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da
jamiyatda inson huquqlari bo’yicha madaniyatni shakllantirishga alohida ahamiyat
berish zarurligi ko’rsatilar ekan, bu bevosita saylov huquqi madaniyatiga ham
taalluqlidir. Chunki saylov huquqi inson huquqining ajralmas qismidir.
Huquqiy madaniyat rivojlanishiga siyosiy-huquqiy voqеalarni rivojlanishi,
huquqiy ta’limni yo’lga qo’yilganlik darajasi va nihoyat huquqiy targ’ibotni yaxshi
yo’lga qo’yilganligi ta’sir qiladi. Shuning uchun bu borada mamlakatimizda keng
ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda va rejalashtirilmoqda
1
.
Huquqiy madaniyat muhim ahamiyat kasb etishi barcha demokratik
mamlakatlarda e’tirof etilib, shu borada maxsus tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, Rossiyada 1994-yil 1-yanvarda “Saylovchilarni, saylov tashkil qiluvchilarni,
jamoatchilik vakillarini huquqiy madaniyatini oshirishning federal Dasturi” Prezident
farmoyishi
bilan tasdiqlangan
2
. Unda belgilanishicha, saylov jarayoni saylov huquqi va saylov o’tkazish
prinsiplarini amalga oshirish shakli va texnologik infrastrukturasidir.
Ayrim vaqtlarda “saylov jarayoni” kengmi, “saylov kampaniyasi” qеngmi
degan savol tug’iladi va “saylov jarayoni” “saylov kampaniyasi” boshlanganligi e’lon
qilingandan so’ng boshlanadi degan fikrlar ham yo’q emas.
Aslida esa “saylov jarayoni”, “saylov kampaniyasi”ga qaraganda keng, yoki
boshqacha aytganda “saylov kampaniyasi” “saylov jarayoni” ichiga kiradi. Saylov
to’g’risidagi qonunlarning tegishli moddalarida, saylov kampaniyasining
boshlanganligi tegishlicha Prezidentni, vakillik organlarining vakolat muddati
tugashidan kamida uch oy oldin e’lon qilinadi deb belgilab qo’yilgan. “Saylov
jarayoni” esa faqat shu davrda emas, ijtimoiy-siyosiy hayotning boshqa vaqtlarida
ham amalda bo’lishi mumkin.
Masalan, o’rni bo’shab qolgan o’rinlarga deputat saylash har qanday vaqtda,
saylov kampaniyasi davridan boshqa vaqtlarda ham bo’lishi mumkin, bu “saylov
jarayoni”ning “saylov kampaniyasi”dan kengligini ko’rsatuvchi birinchi asos.
1
Qarang: Karimоv I.A. “Mamlakatimizda demоkratik islоhatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi”. T.: О’zbekistоn, 2010, 27-28 betlar.
2
Qarang: Избрательное право и процесс в РФ. M.: «Норма», 1999, стр. 213.
Do'stlaringiz bilan baham: