Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Saylov jarayoni bosqichlari



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   250
 
2-§. Saylov jarayoni bosqichlari 
Saylov jarayoni bosqichlari aniq vaqti, maqsadi, ishtirokchilari, ularning huquq 
va burchlari ko’rsatilib, qonunda mustahkamlangan, turli tadbir va saylov harakatlari 
yig’indisidir. 
Ayrim manbalarda saylov jarayonini beshta bosqichi
1
, ayrim manbalarda еttita 
bosqichi ko’rsatiladi
2

Birinchi  manbada  saylov  jarayoni  quyidagi  bosqichlarga bo’lingan:  1)  Saylov 
tayinlash  (ayrim  mamlakatlarda  saylov  tegishli  oliy  organlar  yoki  davlat  boshlig’i 
                                                           
1
 Qarang: Избрательное право и процесс в РФ. M.: «Норма», 1999, стр. 217. 
2
 Axmedоv  D.,  Xashimxоnоv  A.:  О’zbekistоn  Respublikasida  saylоv  huquqi  va  saylоv  jarayoni.  T.:  О’zbekistоn, 
2007, 20-21 bet. 


128 
 
tomonidan  tayinlanadi.  M:  Rossiyada);  2)  Saylov  okruglari,  saylov  uchastkalarini 
tashkil  etish,  saylovchilar  ro’yxatini  tuzish;  3)  Nomzodlar  ko’rsatish  (nomzodlar 
ro’yxatini  taqdim  etish)  va  ularni  ro’yxatga  olish;  4)  Saylovoldi  tashviqoti  olib 
borish;  5)  ovoz  berish,  ovoz  berish  natijalarini  aniqlash  va  ularni  e’lon  qilish.  Bu 
bosqichlarda  saylov  komissiyalarini  tuzishdek  saylov  harakati  saylov  bosqichlarini 
birortasiga ham qiritilmagan.  
Ikkinchi manbada saylov bosqichlari еttiga bo’lib ko’rsatilgan, bular: 
1) 
Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish; 
2) 
Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish; saylov komissiyalarini tuzish; 
3) 
Fuqarolarni saylovchilar ro’yхatiga kiritish; 
4) 
Nomzodlar ko’rsatish va ularni ro’yхatga olish; 
5) 
Saylov oldi tashviqoti; 
6) 
Ovoz berish va va saylov natijalarini aniqlash; 
7) 
Saylov yakunlarini e’lon qilish. 
Bu  “saylov  jarayoni”  bosqichlari  jarayonni  to’laroq  ifodalaydi.  Bu  еrda  ovoz 
berish  va  saylov  natijalarini  aniqlash;  saylov  yakunlarini  e’lon  qilish;  fuqarolarni 
saylovchilar  ro’yхatiga  kiritish  alohida-alohida  bosqich  sifatida  berilgan.  Birinchi 
manbada  saylov  jarayoni  bosqichlari  bo’linishida  saylovchilarni  ro’yхatini  tuzish 
nimagadir  nomzod  ko’rsatish  bosqichi  qo’shib  yuborilgan  va  ovoz  berish  va  saylov 
natijalarini  aniqlash  bilan,  saylov  yakunlarini  e’lon  qilishni  ham  bir  bosqichga 
birlashtirgan.  Lekin  shu  mualliflar  fikrining  ijobiy  tomoni  ular  saylovlarda  vujudga 
kelishi  mumkin  bo’lgan  boshqa  tadbir  (bosqichlar)  bo’lishini  ham  ta’kidlashadi. 
Masalan: takroriy  saylov,  takroriy  ovoz  berish va  bo’shab  qolgan  deputatlik  o’rniga 
saylov o’tkazish masalalari. 
Ikkinchi  ta’rif  ancha  keng  bo’lsa-da,  uning  ham  ayrim  kamchiliklari  bor, 
jumladan,  unda  ro’yxat  tuzish  nimagadir  nomzodlar  ko’rsatishdan  oldin  berilgan 
hamda  u  “fuqarolarni  saylovchilar  ro’yxatiga  kiritish”  deb  nomlangan,  qonunda  esa 
bu “saylovchilar ro’yxatini tuzish” deb atalgan. 
Yuqoridagilarni  umumlashtirib,  “saylov  jarayoni”  quyidagi  bosqichlarga 
bo’linadi deb ko’rsatish mumkin: 
1) 
Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish; 
2) 
Saylov okruglari va uchastkalarini va okrug, uchastka saylov komissiyalarini 
tuzish; 
3) 
Nomzodlar ko’rsatish va ularni ro’yхatga olish; 
4) 
Saylovoldi tashviqotini tashkil qilish; 
5) 
Saylovchilar ro’yхatini tuzish. Saylov byulletenlarini tayyorlash; 
6) 
Ovoz berish va saylov natijalarini aniqlash hamda e’lon qilish; 
7) 
Tegishli  hol  sodir  bo’lsa,  takroriy  ovoz  berish  va  takroriy  saylov  tashkil 
etish. 
Bular  bir  saylov  kampaniyasi  davrida  vujudga  keladigan  “saylov  jarayoni” 
bosqichlaridir.  
Bu  “saylov  jarayoni”  bosqichlarining  maqsadi,  saylovlar  legitimligini 
ta’minlovchi  turli  saylov  tadbirlari  va  harakatlarini  vaqt  bo’yicha  qat’iyligini, 
mazmun bo’yicha ketma-ketligini ta’minlashdir.  


129 
 
“Saylov  jarayoni”ning  ba’zi  elementlari  yordamchi,  xizmat  ko’rsatuvchi 
(texnologik)  xarakterda  bo’ladi.  Masalan,  o’z  vaqtida  va  еtarli  miqdorda  moliyaviy 
tomondan ta’minlamasdan turib saylovlarni o’tkazib bo’lmaydi. 
“Saylov  jarayoni”da  turli  harakat  va  tadbirlarning  aniq  belgilangan  vaqtda 
o’tishi  muhimdir.  Shuning  uchun  vaqt,  muddat  “saylov  jarayoni”da  saylovlarni 
tashkil  qilishda  ajralmas  elementlardan  hisoblanadi.  Vaqt,  muddat  saylov  jarayoni 
bosqichlarida  yuridik  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Tegishli  saylov  munosabatlarini 
vujudga  kelishi,  o’zgarishi  yoki  bekor  bo’lishi  vaqt  bilan bog’liq.  Masalan,  nomzod 
ko’rsatish va nomzodni ro’yxatga olishni aniq vaqti belgilab qo’yilgan. Yoki saylov 
oldi  tashviqoti  ham  aniq  belgilangan  muddatda  olib  boriladi  va  aniq  muddatda 
to’xtatiladi.  Vaqt  yuridik  fakt  sifatida  qaraladi.  Undan  unumsiz  foydalanish, 
belgilangan  vazifalarni  o’rnatilgan  vaqtda  bajara  olmaslik  saylov  ishtirokchilarini 
imkoniyatlarini cheklaydi (masalan, vaqtida saylovchilarni imzosini to’play olmagan 
siyosiy partiya saylovda ishtirok etmaydi). 
Saylov komissiyalari saylovning darajasi va turiga qarab saylovga tayyorgarlik 
ko’rish va o’tkazish tadbirlarining kalendar rejasini ishlab chiqadi. Bunday kalendar 
rejalar  u  yoki  bu  saylov  jarayoni  bosqichlarida  alohida  saylov  harakatlari  va 
protseduralarni amalga oshirish muddatlarini yuridik jihatdan tartibga soladi.  
O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasi  2014-yil  12-mayda 
tasdiqlagan  “2014-yilda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi,  xalq  deputatlari 
viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlari  sayloviga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazish 
bo’yicha  tadbirlar  Dasturi”ning  ikkinchi  qismi  –  “Saylov  kampaniyasining  asosiy 
bosqichi” deb nomlangan va unda shu bosqichda qilinadigan ishlar, ularning muddati, 
mas’ul  shaxs  va  organlarning  soni  ko’rsatilgan.  Unda  ba’zi  qonunlarda  muddati 
ko’rsatilmagan tadbirlarni amalga oshirish muddatlari (vaqti) ham ko’rsatilgan.  
 
Masalan, saylov byulletenlari va saylov varaqalarini o’z vaqtida tayyorlashni tashkil etish, 
6-dekabrdan  kechiktirmay,  saylov  varaqalarini  saylov  uchastkalariga  еtkazish  –  8-dekabrdan 
kechiktirilmay amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan. 
 
Dasturning 3-qismi “Saylov kampaniyasining yakuniy bosqichi” deb nomlanib, 
unda  “fuqarolarni  ovoz  berish  vaqti va  joyi  haqida  xabardor  qilish”  –  11-dekabrdan 
kechiktirilmay,  “muddatidan  oldin  ovoz  berishni  o’tkazish”  11–19-dekabrda  amalga 
oshirilishi  va  boshqa  tadbirlar  muddati,  uning  uchun  mas’ullar  belgilab  qo’yilgan. 
Dasturda takroriy ovoz berishning ham aniq muddatlari belgilab qo’yilgan. 
Saylov  jarayoni  bosqichlari  saylov  kampaniyasi  e’lon  qilingandan  boshlab, 
saylov natijalari e’lon qilingungacha  bir-birini almashtirib turadi. Bir bosqich tugab, 
ikkinchisi  boshlanadi.  Saylov  jarayoni  murakkab  huquqiy  munosabatlar  tizimidan 
iborat bo’lib, unda saylov ishtirokchilarning barchasi ishtirok etadi.  
Jahon  saylov  tajribasida,  saylovlarni  tinch,  talafotsiz  o’tishi  uchun,  “saylov 
jarayoni”  boshlangandan  keyin  saylov  o’tkazish  tartib  qoidalarini  o’zgartirmaslik 
qoidasi amal qiladi. 
Saylov 
qoidalari, 
tartiblari 
“saylov  jarayoni”  o’tmayotgan  vaqtda 
o’zgartirilishi,  takomillashtirilishi  mumkin.  Lekin  “saylov  jarayoni”  ketayotgan 
paytda  hеch  qanday  o’zgarishlarga  yo’l  qo’yilmaydi.  Bu  saylovlarga  qo’yiladigan 


130 
 
xalqaro  talablardan  biri.  Chunki  saylov  ishtirokchilari  shu  qoidalarga  tayyorlangan. 
Qoidalarni  “saylov  jarayoni”da  o’zgartirish  qaysidir  ishtirokchiga  qulaylik  berish, 
qaysidir  ishtirokchilarni  manfaatiga  zarar  еtkazishi  mumkin.  Bu  saylov  huquqining 
umumiy prinsiplariga zid bo’ladi.  
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish