Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   250
5-§. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi mustaqil yuridik shaxs 
hisoblanuvchi  doimiy  faoliyat  ko’rsatuvchi  organ.  U  o’ziga  tegishli  masalalar 
yuzasidan qarorlar qabul qilishi qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan.  
Bundan  tashqari  Markaziy  saylov  komissiyasi  saylov  komissiyalarini  uslubiy 
jihatdan ta’minlashi (bu ham ma’lum hujjat shaklida bo’ladi), saylovga doir masalalar 
yuzasidan  qarorlar  bilan  birga  yo’riqnomalar  chiqarishi,  nizomlarni  tasdiqlashi, 
tushuntirishlar berib borishi ko’rsatib o’tilgan. 
Bulardan  ko’rinib  turibdiki,  Markaziy  saylov  komissiyasi  qabul  qiladigan 
hujjatlar  nomi  turlicha,  shu  tufayli  ularning  amal  qilish  vaqti,  doirasi,  yuridik  kuchi 
ham turlichadir. Bularni keyinroq izohlaymiz. 
 Markaziy saylov komissiyasining qarorlari asosan saylov kampaniyasi davrida 
qabul  qilinadigan  va  alohida-alohida  masalalarni,  faktlarni  tartibga  solishni 
ko’zlaydigan hujjat bo’lib, shu fakt yuzaga kelgach yoki tugagach, qaror ham bekor 
bo’ladi, ya’ni boshqa faktlarga ta’sir qilmaydi. 
 
Masalan,  Markaziy  saylov  komissiyasining,  “Saylov  kampaniyasi  boshlanganligini  e’lon 
qilish  haqidagi  qarori  muddatli  hujjatdir.  Barcha  saylov  o’tkazish  tadbirlarini,  jarayonlarini 
boshlanishiga ta’sir qiladi. Bunday qaror qabul qilinmasdan hеch qanday tadbir o’tkazilmaydi. Shu 
qaror qabul qilingach, qonunlarda belgilangan tartib va muddat ichida tadbirlar o’tkaziladi.  
 
Bu  qarorning  muddatli  xarakterda  ekanligi  qachon  qabul  qilinishi  (tegishli 
organlarning vakolat muddati tugashiga uch oy qolganda) qonunda belgilab qo’yilgan 
va saylov kampaniyasi tugashi bilan qaror o’z kuchini yo’qotadi. 
Markaziy  saylov  komissiyasining  saylov  okruglari  va  saylov  komissiyalarini 
tashkil etish to’g’risidagi, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etishga ruxsat berish 
haqidagi,  nomzodlarni  ro’yxatga  olish  va  boshqa  saylov  kampaniyasi  davrida  qabul 
qilinadigan  qarorlari  faqat  shu  aniq  faktga  qaratiladi  va  ular  muddatli  hujjatlar 
hisoblanadi.  Demak,  saylov  davrida  qabul  qilingan  hujjatlar  (qarorlar)  shu  saylovga 


121 
 
va  uning  tadbirlariga  taalluqli  bo’lgani  uchun  ularni  muddatli  hujjatlar  deyish 
mumkin. 
Markaziy  saylov  komissiyasining  ayrim  hujjatlari  (nizom,  yo’riqnoma) 
muddatsiz,  doimiy  ishlaydigan  (barcha  saylovlarda)  hujjatlardir.  Ular  saylov 
qonunchiligida  nazarda  tutilmagan  ammo  huquqiy  jihatdan  tartibga  solish  zarur 
bo’lgan  masalalar  yuzasidan  chiqariladi.  Bunday  vakolatga  Markaziy  saylov 
komissiyasi  ega.  Ana  shunday  hujjatlarni  qabul  qilish  kerakligi  (Markaziy  saylov 
komissiyasining  vakolati)  ba’zan  saylov  to’g’risidagi  qonunlarda  belgilab  qo’yiladi. 
Masalan, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisga saylov to’g’risidagi qonunning 
55-moddasi  “davlat  hokimiyati  vakillik  organlarining  qo’shma  majlisini  chaqirish, 
Senat  a’zoligiga  nomzodlar  ko’rsatish,  ovoz  berish,  o’tkazish”,  -  deb  nomlanadi  va 
unda  davlat  hokimiyati  vakillik  organlarining  qo’shma  majlisini  chaqirish, 
shuninngdek, ovoz berishni o’tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi.  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Jo’qorg’i  Kengesi,  viloyatlar,  tumanlar  va 
shaharlar  davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  deputatlarining  tegishli  qo’shma 
majlislarida  Senat  a’zolarini  saylash  tartibi  to’g’risidagi  nizom  Markaziy  saylov 
komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va qabul qilinadi deb ko’rsatilgan. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  turli  masalalar  yuzasidan  ko’plab 
qonun hujjatlar qabul qilingan. 
Bu  hujjatlar  qatoriga:  “O’zbekiston  Respublikasi  Senat  a’zolarini  saylash 
to’g’risida”gi  Nizom,  “O’zbеkiston  ekologik  harakatidan  O’zbеkiston  Rеspublikasi 
Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  dеputatligiga  nomzodlar  ko’rsatish  va  ularni 
saylash  tartibi  to’g’risida”gi  Nizom,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
Qonunchilik  palatasiga  saylovda  boshqa  davlatlar,  xalqaro  tashkilotlar  va 
harakatlardan  qatnashadigan  kuzatuvchilar  to’g’risida”gi  Nizom,  “O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasiga  saylov  bo’yicha  saylov 
kampaniyasi  davrida  deputatlikka  nomzodlar,  siyosiy  partiyalarning  saylovoldi 
tashviqotini  o’tkazishda  ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanish  to’g’risida”gi 
Nizom,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi,  xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va 
shahar  Kengashlari  sayloviga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazishni  moliyalashtirish 
hamda  mablag’lardan  foydalanish  tartibi  to’g’risida”gi  Yo’riqnoma,  “O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi uchastka saylov 
komissiyasini  ishini  tashkil  qilish  tartibi  to’g’risida”gi  Yo’riqnoma,  “Siyosiy 
partiyalar  tomonidan  imzo  to’plash  va  imzo  varaqlari  to’g’ri  to’ldirilganligini 
tekshirish  tartibi  to’g’risida”gi  Yo’riqnoma,  “Siyosiy  partiyalar  vakolatli 
vakillarining  saylov  uchastkasida  ovozlarni  sanab  chiqishda  ishtirok  etish  tartibi” 
kiradi. 
Bu  hujjatlardagi  qoidalar  saylov  to’g’risidagi  qonunlardagi  ba’zi  qoidalarni 
tajribada  qo’llash  tartiblarini  belgilaydi.  Masalan,  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisiga  saylov  to’g’risida”gi  qonunning  55-moddasida:  Davlat  hokimiyati 
organlarining  qo’shma  majlislarini  chaqirish,  Senat  a’zoligiga  nomzod  ko’rsatish, 
shuningdek,  ovoz  berishni  o’tkazish  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  amalga 
oshiriladi, -deyiladi. 
Qo’shma  majlislarda  Senat  a’zolarini  saylash  tartibi  to’g’risida  nizom 
Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  ishlab  chiqiladi  va  tasdiqlanadi  deb 


122 
 
belgilangan.  Qonunning  shu  ko’rsatmasiga  asosan  Markaziy  saylov  komissiyasi 
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash tartibi to’g’risida”gi 
Nizomni  qabul  qilgan
1
.  Unda  saylov  yakunlari  e’lon  qilinganidan  so’ng  uch  kunlik 
muddatda  qo’shma  majlis  o’tkazilishi  haqida  e’lon  qilinishi,  hamda  majlisni 
tayinlash,  o’tkazish,  uni  rahbar  organlarni  saylash,  nomzodlar  ko’rsatish  va  ularni 
muhokama  qilish,  ovoz  berish  byulletenlariga  kiritish,  sanoq  komissiyasini  tuzish, 
ovoz  berishni  o’tkazish,  uning  natijalarni  aniqlash,  rasmiylashtirish,  takroriy  ovoz 
berish, takroriy saylov o’tkazish kabi masalalar mukammal tartibga solingan.  
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonuning 17
1
-
moddasida  va  prezident  saylovi  hamda  mahalliy  Kengashlarga  saylov  to’grisidagi 
qonunlarning tegishli moddalarida saylovlarda, saylov uchastkalarida ovozlarni sanab 
chiqishda siyosiy partiyalarning vakolatli vakili ishtirok etishi belgilangan. Ularning 
qanday  tayinlanishi,  ro’yxatga  olinishi  tartibi,  ularga  guvohnoma  berish  hamda 
vakolatli  vakilning  huquqlari  hamda  majburiyatlarga  egaligi  Markaziy  saylov 
komissyasi  tomonidan  qabul  qilingan  “Siyosiy  partiya  vakolatli  vakilining  saylov 
uchastkasida  ovozlarni  sanab  chiqishda  ishtirok  etish  tartibi”da  batafsil  belgilangan. 
Хuddi  shuningdek,  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  qabul  qilingan  va 
yuqorida  tilga  olingan  boshqa  nizom,  yo’riqnomalar  ham  saylov  to’g’risidagi 
qonularda  belgilangan  qoidalarni  aniqlashtirib,  keng  ravishda  qo’llashni  nazarda 
tutadi,  ya’ni  qonunlarda  belgilash  imkoniyati  bo’lmagan,  lekin  huquqiy  tartibga 
solish  zarur  bo’lgan  masalalar  Markaziy  saylov  komissiyasining  hujjatlari  bilan 
tartibga solgan. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan  qabul  qilingan  hujjatlardan  yana  biri 
Reglament  deb  atalib,  “Markaziy  saylov  komissiyasi  to’g’risida”gi  Qonunning  14-
moddasiga asosan “Markaziy saylov komissiyasining faoliyat ko’rsatish tartibi uning 
Reglamentida  belgilanadi”.  Reglamentda  Markaziy  saylov  komissiyasining  faoliyat 
shakli,  uni  ish  yuritishi,  ichki  organlar  faoliyati,  boshqa  tuzilmalar  bilan  aloqasi 
batafsil  tartibga  solingan  Reglament  –  qonundan  keyingi  Markaziy  saylov 
komissiyasi faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjatdir.  
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar tizimida, u 
tomonidan qabul qilinadgan “Konsepsiya”, “Dastur”lar alohida ahamiyatga ega.  
2009-yilgi  saylov  arafasida  Markaziy  saylov  komissiyasi  tomonidan 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi,  Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar 
Kengashlari  sayloviga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazish  bo’yicha  Konsepsiya  ishlab 
chiqilganligi  va  uning  xorij  ekspertlari  tomonidan  fuqarolarning  saylov  va  o’z 
xohish-irodasini  erkin  bildirish  borasidagi  konstitusiyaviy  huquqlariga  rioya  etilishi 
bo’yicha  noyob  hujjat  sifatida  baholanganligi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
tomonidan alohida ta’kidlandi
2
.
 
                                                           
1
 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоларини сайлаш тартиби тўғрисидаги Низом 
/ Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг 2004-йил 18-сентябрдаги 198-сонли қарори билан 
тасдиқланган  (Ушбу  Низомга  Марказий  сайлов  комиссиясининг  2005-йил  4-январдаги  240-сонли  ва  2006-йил 
14-апрелдаги 270-сонли қарорлари билан ўзгартишлар киритилган). 
2
 Karimоv  I.A.  Mamlakatimizda  demоkratik  islоhatlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarоlik  jamiyatini 
rivоjlantirsh kоnsepsiyasi. T. О’zbekistоn. 2010. 36-bet. 


123 
 
 2014-yil dekabrda bo’ladigan saylovlar arafasida 2014-yil 12-mayda Markaziy 
saylov  komissiyasi  “2014-yilda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi,  xalq 
deputatlari  viloyat,  tuman,  shahar  Kengashlari  sayloviga  tayyorgarlik  ko’rish  va  uni 
o’tkazish bo’yicha tadbirlar dasturi”ni qabul qildi. Dastur ikki qismdan iborat bo’lib, 
birinchi  qismi  “Tayyorgarlik  bosqichi”  deb  ataladi  va  2014-yil  maydan  to 
sentyabrgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan tadbirlarni o’zida mujassamlashtiradi. 
Dasturning  ikkinchi  qismi  “Saylov  kampaniyasining  asosiy  bosqichi  (saylov 
kampaniyasining  boshlanganligini  e’lon  qilish,  saylov  okruglarini,  uchastklarini, 
saylov komissiyalarini tuzish va h.k.) deb ataladi.  
Birinchi  bosqichda  saylov  komissiyasini  e’lon  qilinishigacha  qilanadigan 
tadbirlar, ularnig ijrosi uchun ma’sullar belgilangan bo’lsa, ikkinchi bosqich bevosita 
saylov  jarayonini  o’tkazish,  saylovga  tayyorgarlik  ko’rish  va  o’tkazishda  qonunda 
belgilangan talablarni yuqori darajada bajarilishini ta’minlashni nazarda tutadi. 
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi 2014-yil 26-dekabrda “O’zbekiston 
Prezidenti  sayloviga  tayyorgarlik  ko’rish  va  uni  o’tkazish  bo’yicha  asosiy  tadbirlar 
dasturi”ni qabul qilgan. Bu hujjatda saylov kampaniyasining boshlanishidan tortib, to 
saylangan  Prezident  Oliy  Majlis  palatalarining  qo’shma  majlisida  qasamyod  qabul 
qilib,  lavozimiga  kirgungacha  bo’lgan  davrda  o’tkaziladigan  tadbirlar,  ularning 
muddatlari, tadbir o’tkazishga mas’ullar aniq belgilab qo’yilgan. 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish