Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/250
Sana22.09.2021
Hajmi4,27 Mb.
#181509
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   250
Adolatlilik  prinsipi.  Bu  prinsip  ham  davlat  faoliyatining  asosiy  prinsiplari 
sifatida  Konstitusiyaning  14-moddasida  mustahkamlangan.  Shunday  ekan  uni 
Markaziy  saylov  komissiyasi  faoliyatida  qo’llanilishi  tabiiydir.  Markaziy  saylov 
komissiyasini tashkil etishdan ko’zlangan maqsad ham, saylovlarni tashkil qilishni va 
o’tkazishni, davlat organlari aralashuvini istisno qilgan holda, mustaqil, holis organ 
tomonidan  o’tkazishdir.  Shu  normani  o’zi  Markaziy  saylov  komissiyasining  asosiy 
vazifasi saylovlarni adolat nizomi asosida tashkil etish ekanini ko’rsatadi. 
Markaziy  saylov  komissiyasining  faoliyati  adolatni  ta’minlovchi,  saylovlarda 
ularni  tayyorgarligida  ham,  o’tkazilishida  ham  tenglik  va  erkinlikni  ta’minlashga 
qaratilgan.  Uning  vazifalari  sifatida,  saylov  ishtirokchilariga  teng  imkoniyatlar 
yaratish alohida o’rinni egallaydi. Markaziy saylov komissiyasi fuqarolarning saylov 
huquqlarini  to’la  amalga  oshishini  ta’minlaydi,  huquqlarini  himoya  qiladi,  buzilgan 
huquqlarni  tiklash  choralarini  ko’radi.  Siyosiy  partiyalar  tomonidan  to’plangan 
fuqarolar  imzolarini  haqiqiy  ekanligini  tekshirishga  bir  xil  yondashish,  saylov 
okruglarini  teng  saylovchilar  soni  asosida  tashkil  qilish,  nomzodlar  faoliyatini 
ommaviy axborot vositalarida bir xilda yoritilishini ta’minlash, saylov mablag’larini 
teng  taqsimlash,  Markaziy  saylov  komissiyasi  faoliyatidagi  adolatlilik  prinsipini 
amaliy ifodasidir. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  faoliyati  alohida  tartibda  va  shaklda  tashkil 
qilinadi.  Bu  qonunda  belgilab  qo’yilgan.  Uni  faoliyatini  tashkil  qilishda  Markaziy 
saylov komissiyasining Raisi alohida rol o’ynaydi. 
Markaziy  saylov  komissiyasi  Raisi,  komissiya  faoliyatiga  rahbarlikni  amalga 
oshiradi;  uning  majlislarini  chaqiradi,  ularga  raislik  qiladi  hamda  a’zolari  o’rtasida 
vazifalarni  taqsimlaydi;  komissiya  majlisida  ishtirok  etuvchilarni  taklif  etadi;  davlat 
organlari,  jamoat  birlashmalari,  xalqaro  tashkilotlar  bilan  aloqa  o’rnatadi;  saylov 
yakunlari  to’g’risida  Oliy  Majlis  palatalariga  axborot  beradi;  Markaziy  saylov 
komissiyasi  tomonidan  qabul  qilingan  hujjatlarni  imzolaydi  va  qonunlarda 
belgilangan boshqa vazifalarni bajaradi. 
Markaziy saylov komissiyasining tashkiliy shakli uning majlislari hisoblanadi. 
Majlislar Rais tomonidan zaruratga qarab o’tkaziladi. Majlislarda komissiya a’zolari 
umumiy  sonining  uchdan  ikki  qismi  (ya’ni  15  a’zosidan  10  tasi)  ishtirok  etsa 
komissiya  vakolatli  hisoblanadi.  Komissiyada  qarorlar  ochiq  ovoz  berish  orqali, 
oddiy ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lib qolganda 
Raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 
Majlisda  bayonnoma  yuritilib,  Rais  tomonidan  imzolanadi.  Ayrim  komissiya 
a’zolarining  alohida  fikrlari  bo’lsa,  yozma  shakda  bayonnomaga  ilova  qilinadi. 
Majlisda qaror qabul qilinib, Rais tomonidan imzolanib, matbuotda e’lon qilinadi. 
Markaziy  saylov  komissiyasining  vakolat  doirasida  qabul  qilingan  qarorlar 
okrug va uchastka saylov komissiyalari, davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa 
nodavlat tashkilotlari, korxona, muassasa, tashkilotlarlar uchun majburiydir. 
Markaziy  saylov  komissiyasining  vaklolat  doirasidagi  saylov  bilan  bog’liq 
murojaatlari davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, korxona, muassasa, tashkilolarlar 
rahbarlari tomonidan ko’rib chiqilishi va uch kun ichida ularga javob berilishi shart. 


120 
 
Markaziy  saylov  komissiyasining  faoliyati  uning  kotibiyati  tomonidan 
ta’minlanadi. Kotibiyat ishiga Markaziy saylov komissiyasi kotibi rahbarlik qiladi. 
Markaziy  saylov  komissiyasining  faoliyat  ko’rsatish  tartibi  reglamentda 
belgilanadi.  Reglament  komissiya  tomonidan  qabul  qilinadi.  Markaziy  saylov 
komissiyasining faoliyati davlat byudjetidan ta’minlanadi. 
Markaziy  saylov  komissiyasining  mustaqil  faqat  qonungagina  bo’ysunib 
faoliyat  yuritar  ekan,  uning  faoliyati  qonuniy  bo’lishini  nazorat  qilish  mexanizmi 
o’rnatilgan.  Bu  Markaziy  saylov  komissiyasining  qarorlari  ustidan  O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Sudiga  shikoyat  qilish  mumkinligidir.  Masalan,  saylov 
to’g’risidagi  qonunlarga  asosan,  Markaziy  saylov  komissiyasining  saylovlarni 
haqiqiy  emas  deb  topishi  haqidagi  qarorlari  ustidan  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Sudiga saylov natijalari e’lon qilinganidan o’n kun ichida shikoyat qilish mumkin. 
Shikoyatlar Oliy Sudda uch kun ichida, saylovga olti kun qolganda esa darhol 
ko’rib  chiqiladi.  Bundan  kelib  chiqadiki,  shikoyat  faqat  saylov  yakunlari  bo’yicha 
emas, balki boshqa masalalar yuzasidan ham bo’lishi mumki. 
 

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish