Nazorat savollari:
1. Kriminalistik identifikatsiya mazmun-mohiyatini tushuntirib
bering. U qanday vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi va qanday
shakllari mavjud?
2. Kriminalistik diagnostikaning mazmun-mohiyatini tushuntirib
bering, u identifikatsiyadan nimasi bilan farq qiladi?
Kazuslar:
1-kazus
2013 yil 5-fevral kuni CHilonzor tumani SHox ko‘chasi 5-uy 3
xonadonda bosqinchilik jinoyati sodir etilgan. Bosqinchilik jinoyati
natijasida hodisa joyidan qonga o‘xshash qizil dog‘lar, jabrlanuvchini
qo‘rqitish uchun otilgan o‘q va gilza hamda soch tolalari topilgan.
Tergovchi ushbu ob’ektlarni identifikatsiya qilish uchun qanday
harakatlarni amalga oshirish kerak.
YUqoridagi holatga kriminalistik jihatdan baho bering, bunda
tergovchi qanday tergov harakatlarini amalga oshirishi kerak. Ularni
amalga oshirish taktikasi va qo‘llaniladigan kriminalistik texnik
vositalarni bayon qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |