Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   548
natijalarini baholash hisoblanadi. O‘xshashlik bor yoki yo‘qligi haqida 

oxirgi  xulosani  chiqarish  uchun  qo‘lga  kiritilgan  barcha  tadqiqot 

materiallarini  taqqoslab  ko‘rish,  alohida-alohida  analiz  qilinganda 

ob’ektlar  holatiga  va  alohida  belgilariga  umumiy  baho  berish,  ba’zi 

belgilarning  mos  kelish  darajasi,  ularning  ahamiyati,  mos  keladigan  va 

kelmaydigan  belgilarning  o‘zaro  aloqalari  va  h.k.  Amaliyotda 

taqqoslanayotgan  ob’ektlarning  qiyosiy  belgilari  kamdan  kam  mos 

keladi. Ko‘pgina muhim belgilari mos kelgan holda ham, ayrim detallari 

tasodifiy  vaziyatlar  tufayli  mos  kelmay  qoladi.  Identifikatsiyaviy 

tadqiqot  jarayonida  ekspert  izlarda  aniq  va  to‘la-to‘kis  tasvirlangan 

belgilarni  etarli  miqdorda  aniqlab,  o‘xshashlik  bor-yo‘qligi  to‘g‘risida 

ishonch hosil qilgan bo‘lsa, bu haqda qat’iy xulosa chiqaradi.  

Ba’zi bir holatlarda ekspertlar qo‘yilgan savollarga aniq javob bera 

olmay, uni hal qilish imkoniyati bo‘lmadi, deb xabar qiladi. Ekspertning 

bunday 

javobini 

ekspertiza 

o‘tkazishga  etarlicha  tayyorgarlik 

ko‘rilmaganligi, savollar noto‘g‘ri qo‘yilganligi, topilgan izda individual 

belgilar  etarli  ifoda  topmaganligi,  u  yoki  bu  masalani  hal  qilish  uchun 

ilmiy  asoslar  etishmasligi  bilan  izohlash  mumkin.  Bunday  hollarda 

tergovchi  yuqoridagi  to‘siqlarni  bartaraf  etishi  yoxud  ish  yuzasidan 

E'tibor qiling! O'z-o'zidan ma'lumki, qat'iy va tahminiy hulosalar 

o'rtasida katta  farq  bor. Birinchisi, qat'iy tasdiqni anglatadi,  masalan, 

jasaddan  olingan  o'q  mazkur  quroldan  otilgan.  Ikkinchi  holda  izlar 

aniq  va  to'la  ifodalanmagani  sababli  ularni  tadqiq  etishda  katta 

qiyinchiliklar  tug’ilsa,  belgilar  mosligi  yoki  farqi  haqida  ekspert 

tahminiy  hulosa  chiqaradi:  mazkur  matn  fuqaro  Ivanov  tomonidan 

yozilgan bo'lishi ehtimol.  

Tahminiy  hulosa  faktni  aniq  emas,  balki  tahminiy  baholaydi. 

Shu  bois  ekspertning  bunday  hulosasini  tergovchi  va  sud  ayblov 

uchun  asos  qilib  olmasligi  lozim.  Tahminiy  hulosani  boshqa  dalillar 

yordamida  sinchkovlik  bilan  tekshirish  kerak.  Odatda,  ekspertning 

tahminiy  hulosasi  tergovchi  uchun  u  yoki  bu  tusmolni  ol?a  surish 

imkoniyatini  beradi,  qo'shimcha  dalillar  izlashda  yangi  qulayliklar 

yaratadi. 

 

 



 

31 


chiqqan  muammolarni  boshqa  tergov  harakatlari  yordamida  hal  qilishi 

lozim.  


Yuqorida  ta’kidlanganidek,  tergovchi  identifikatsiyaning  eng  faol 

sub’ekti  bo‘lib,  o‘zi  ham  mazkur  vazifani  mustaqil  hal  qilish 

imkoniyatiga ega. 

 

Tanib  olish  bilan  tergov  identifikatsiyasi  o‘tkazish  tergovchidan 



identifikatsiya nazariyasi talablariga rioya qilishni talab etadi. Tergovchi 

o‘zi  mustaqil  identifikatsiya  harakatlari  o‘tkazishdan  tashqari  ko‘p 

hollarda 

identifikatsiya 

vazifalarini 

turli 


ixtisosdagi 

ekspert-


kriminalistlarga  topshiradi.  Bu  identifikatsiya  tadqiqoti  o‘tkazish  uchun 

fan,  texnika,  san’at  va  hunarmandchilik  sohasida  maxsus  bilimlar  talab 

qilingan holatlarda amalga oshiriladi. 

Kriminalistik  ekspertiza  tayinlashga  tergovchi  boshqa  protsessual 

harakatlar kabi jiddiy tayyorlanishi kerak. 

JPKning 125-moddasi ish bo‘yicha so‘roq qilinganlarga tanib olish 

uchun  shaxsni  va  predmetni  ko‘rsatishni  nazarda  tutadi.  Uni  amalga 

oshirish uchun tergovchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: 

–  tanib  olish  uchun  ko‘rsatiladigan  ob’ekt  to‘g‘risida 

identifikatsiyaviy  axborotni  yig‘ish,  identifikatsiya  qilinadigan  ob’ektni 

izlash; bir qancha ob’ektlar orasida tanib olish uchun ko‘rsatilishi lozim 

bo‘lganlarni aniqlab olish; 

–  tanib olish uchun hujjatlarni va fotosuratlarni tayyorlash; 

–  tanib  olishga  imkon  beruvchi  usul  va  vositalarni  aniqlash, 

jumladan,  ovoz  va  funksional  belgilari  asosida  tanish  uchun 

imkoniyatlar yaratish; 

–  tanish  natijalarini  baholash,  to‘g‘riligini  va  o‘ziga  xos 

tomonlarini tekshirish; 

–  o‘xshashlikning  mavjudligi  va  mavjud  emasligi  to‘g‘risida 

xulosaga  asos  bo‘ladigan  identifikatsiyaviy  belgilar  tasviri  bilan  tanib 

olishi uchun sharoitlarni hozirlash. 

E'tibor  qiling!  Tergovchining  identifikatsiyaviy  harakatlari 

deganda,  shunday  tergov  harakatlari  tushuniladiki,  u  o'z  mazmuniga 

ko'ra,  ob'ektning  qiyosiy  tadqiqoti  asosida  o'hshashlik  yoki  aynanlik 

mavjudligi  yoki  mavjud  emasligi  to'g'risida  yakun  chiqarishga 

qaratilgan faoliyatni amalga oshira oladi.  

 



 

32 


Ekspertizaning 

muvaffaqiyati 

ekspert 

xulosasining 

dalillik 

ahamiyati  unga  taqdim  qilingan  materiallar  qanchalik  yaxshi 

tanlanganligiga va ekspertning malakasiga bog‘liq. 

 

Kriminalistik 



identifikatsiyaviy 

ekspertizani 

tayinlashning 

protsessual  asoslanganligi  jinoiy-protsessual  qonun  talablaridan  kelib 

chiqadi.  U  faqat  jinoyat  ishlari  yuzasidan  surishtiruvchi  tergovchi, 

prokuror  yoki  sud  tomonidan  tayinlanishi  mumkin.  Jinoyat  ishi 

qo‘zg‘atilgan  bo‘lmasa-da  ekspertiza  tayinlash  qonunga  ko‘ra  mumkin 

(JPK  329-modda).  Ekspertiza  tayinlash  to‘g‘risidagi  qarorda  tergovchi 

qanday  ekspertiza  o‘tkazish  kerakligini  ko‘rsatadi:  dastxatshunoslik, 

daktiloskopik, ballistik ekspertizalar shular jumlasiga kiradi. Agar bunga 

zarurat  tug‘ilgan  bo‘lsa  va  barcha  kerakli  materiallar  yig‘ilgan  bo‘lsa, 

o‘z  vaqtida  ekspertiza  tayinlanishi,  bu  haqda  tegishli  qaror  qabul 

qilinishi lozim. 

Ekspertga  berilgan  savollar  aniq,  ekspertiza  predmetiga  tegishli 

bo‘lishi, ishdagi ma’lumotlar va ekspertiza tayinlash bilan bog‘liq shart-

sharoitlar  to‘g‘risida  ekspertga  etarli  axborot  berish  kerak.  Noto‘g‘ri 

axborot  ekspert  xulosasining  shakllanishiga  salbiy  ta’sir  qiladi. 

Tergovchi  taqdim  qilingan  namunalar  sifati  uchun  javob  beradi,  shu 

sababli  u  materiallarni  sinchiklab  o‘rgangan  holda  tayyorlashi  zarur. 

Ashyoviy  dalillar  bo‘yicha  ekspert  tadqiqoti  –  o‘xshashlik  mavjudligi 

yoki  mavjud  emasligi  to‘g‘risida  dalillarga  erishish  maqsadida  moddiy 

qayd  qilingan  izlar-tasvirlar,  odamlar  va  buyumlarni  qiyoslash, 

o‘xshashlik  yoki  aynanlikni  aniqlashning  asosiy  va  eng  ishonchli 

usuldir.  

Tekshirilayotgan  ob’ektlarni  individuallashtirish  jarayonida  avval 

qidirilayotgan  va  tekshirilayotgan  ob’ektning  guruhga  xos  belgilari 

aniqlanadi, so‘ngra ularning individual belgilari o‘rganiladi. 

Identifikatsiya  jarayonida  ekspert  ob’ektlarni  sinchiklab  tadqiq 

qiladi,  sudlov-tadqiqot  fotografiyasining  turli  usullarini,  fizik  va 

kimyoviy metodlarini qo‘llaydi.  

Ma'lumot  uchun!  Identifikatsiyaviy  ekspertiza  uchun  materiallar 

tayyorlashga  bir  qancha  talablar  qo'yiladi:  ekspertiza  tayinlashning 

protsessual asoslanganligi; ekspertiza o'tkazish  qanchalik zarurligi va 

ekspertga  topshiriladigan  haqiqiy  vaziyat  naqadar  aniqligi;  tadqiq 

qilinadigan ob'ektlarning kelib chiqishiga oid ma'lumotlar to'g'riligi. 

 



 

33 


Bundan  tashqari,  ob’ektlarni  alohida-alohida  tadqiq  qilganda 

belgilangan identifikatsiya aloqalarini to‘la va har tomonlama o‘rganish 

maqsadida  izlarni  ko‘pincha  eksperimental  tayyorlash  zarur  bo‘ladi. 

Masalan, qiyosiy mikroskop yordamida o‘qotar qurolning o‘qi va gilzasi 

bo‘yicha  identifikatsiya  qilishda  ekspert  quroldan  eksperimental  otib 

ko‘rish vositasida identifikatsiya belgilarini o‘rganishga kirishiladi. 

Qiyosiy 

tadqiqot-ekspert 

identifikatsiyaning 

hal 


qiluvchi 

bosqichidir. Bu bosqichda ekspert ob’ektlarni qiyoslashning uchta asosiy 

usulidan  foydalanadi:  taqqoslash,  ustma-ust  qo‘yish  va  belgilarni  birga 

qo‘shish.  Tasvirlarni  taqqoslash  usuli  o‘zining  soddaligi  va  qulayligi 

bilan  keng  tarqalgan  bo‘lib,  kriminalistik  identifikatsiyaning  barcha 

turlarida  qo‘llaniladi.  U  taqqoslanayotgan  tasvirni  bir-biriga  yaqin 

qo‘yib 

yagona 


ko‘rinish 

maydonini 

paydo 

qiladi. 


Bunda 

taqqoslanayotgan 

tasvir 

imkon 


boricha 

oydinlashtiriladi 

va 

kattalashtiriladi. Taqqoslashga eng yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida 



qiyosiy mikroskop qo‘llash mumkin. 

Ustma-ust qo‘yish usuli taqqoslanayotgan tiniq tasvirni boshqasini 

ustiga qo‘yib, belgilari to‘g‘ri kelsa, yagona tasvir hosil qilishga yordam 

beradi.  Agar  taqqoslanadigan  tasvir  tiniq  bo‘lmasa,  masalan,  karton 

qog‘ozga  tushirilgan  bo‘lsa,  ulardan  diopozitiv  tayyorlanadi  yoki 

maxsus optik asboblardan ham foydalanish mumkin. 

Belgilarni  qo‘shish  usulida  taqqoslanganda  tasvir  shunday 

joylashtiriladiki, bunda tasvirdagi biror belgi  mos kelib qolganda tabiiy 

ravishda boshqasining davomi ko‘zga tashlanadi. 

Bir-biriga yondosh qo‘yilgan tasvirlar taqqoslanayotgan tasvirning 

tarkib  topish  mexanizmidan  ancha  farqli  bo‘lsa-da,  kattalashtirib 

foydalanish imkoniyatini beradi. Kesilish, ishqalanish va boshqa usulda 

hosil  bo‘lgan  murakkab  izlarni  taqqoslashda  bu  usul  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. Tasvirni qiyoslash maqsadida har xil optik asboblarni, asosan 

turli mikroskoplarni qo‘llash mumkin. 

Fotosuratlar  bo‘yicha  tasvirlarni  bir-biriga  qo‘shib  aniqlash  keng 

yoyilgan.  SHu  maqsadda  suratlar  shunday  qirqilsinki,  kesishgan  chiziq 

tasvirning  xarakterli  tomonlarini  ko‘proq  qamrab  olsin.  Nomlari 

keltirilgan  qiyosiy  tadqiqotning  har  bir  turi  qiyoslashning  xususiy 

usulidir.  Alohida-alohida  va  qiyosiy  tadqiqot  natijasida  olingan 

ma’lumotlar  majmuiga  baho  berish,  ya’ni  qidirilayotgan  ob’ektlar 

o‘xshashligi  yoki  farqli  ekani  to‘g‘risida  ekspert  xulosasi  –  ekspert 

identifikatsiya jarayonining oxirgi bosqichini tashkil etadi.  



 

34 


Qiyosiy  tadqiqot  natijalarini  baholash  avvalgi  bosqichlarda 

o‘tkazilgan tadqiqot jarayonining mantiqiy davomi desa bo‘ladi. 

Ob’ektlarni ko‘zdan kechirishdayoq shakllangan tusmollardan biri 

sifatida  o‘xshashlik  yoxud  farq  to‘g‘risida  fikr  yuritish,  identifikatsiya 

belgilarini  qiyoslash  bosqichida  mustahkamlanadi,  identifikatsiya 

tugashi  bilan  esa  uzil-kesil  hal  etiladi.  Masalan,  ekspert  barmoq  izi 

bo‘yicha  shaxsni  topishda  barmoq  izlari  belgilarini  ko‘zdan  kechirib, 

taqqoslashni boshlaydi, izdagi mavjud barcha aniq ifodalangan va o‘zaro 

bog‘liq tomonlarni belgilab oladi. 

Guruhga ajratilgan barmoq izlari yoki ularning kelib tutashgan joyi 

o‘xshash  ekani  to‘g‘risida  xulosa  chiqarish  uchun  ekspert  qiyosiy 

tadqiqot o‘tkazadi. Belgilar kompleksining ko‘pchiligi to‘g‘ri kelgan bir 

vaziyatda  ba’zi  farqlar  chiqib  qolganda  ish  ancha  murakkablashadi. 

Bunday holda ekspert tadqiqotning avvalgi bosqichlariga murojaat qilib 

qiyoslanayotgan  ob’ektning  har  biriga  xos  identifikatsiyaviy  belgilarni 

to‘la  tahlil  etadi.  Buning  natijasida  ilgari  kuzatilmagan  belgilar  kelib 

chiqishi mumkin. 

 

Ba’zi  hollarda  qiyoslangan  natijalarga  baho  berish  bosqichida 



identifikatsiyalanadigan  va  identifikatsiyalaydigan  ob’ektlar  belgilarini 

yana  taqqoslab  va  qiyoslab  qo‘shimcha  eksperimentlar  o‘tkazishga 

to‘g‘ri keladi. Dastlab qiyosiy tadqiqotdagi farqlar aniqlanib, unga baho 

beriladi.  Bunday  baholashning  asosiy  vazifasi  bo‘lib  o‘tgan  hodisaga 

aniqlik  kiritish,  ya’ni  aynan  o‘sha  ob’ektning  o‘zidagi  o‘zgarishlar 

sababli  ikki  ob’ektdagi  farqlar  yuz  bermadimi,  degan  savolga  javob 

olishdan iborat. 

Xossalarning tasviri bir xil bo‘lmaganligi bilan bog‘liq belgilardagi 

farq  bilan  qiyoslanayotgan  ob’ekt  xossalarida  mavjud  bo‘lgan  farqni 

aralashtirmaslik  kerak.  Qiyoslanayotgan  dastxat  belgilaridagi  farq 

imzolashning  bir  xil  sharoitda  bajarilmaganligi;  qurol  izlaridagi  farq 

ularning  vujudga  kelish  mexanizmi  bir  xil  bo‘lmaganligi,  fotosuratdagi 

Ma'lumot  uchun!  Taqqoslanayotgan  ob'ektni  fotosuratga  olish  va 

qiyoslashni  engillashtiradigan  qo'shimcha  ishlov  berish  mumkin 

(qiyosiy  to'r,  geometrik  shakl,  chiziq  va  h.k.).  Bunday  ishlovlarning 

ahamiyati  shundaki,  ular  ba'zi  belgilar  o'rtasidagi  nisbatni  bilish, 

guruhga  hos  tomonlarini  taqqoslab  ko'rish  va  shunday  qilib  yangi 

belgilarni kashf qilish imkonini beradi. 




 

35 


farq  suratga  olish  sharoitlari  bir  xil  bo‘lmaganligi  sababli  yuz  bergan 

bo‘lishi mumkin. 

Bunday  farqlarni  qiyoslanayotgan  ob’ektlarning  o‘z  xossalaridagi 

farq  bilan  aralashtirmaslik  kerak.  Agar  aynan  qiyoslanayotgan  ob’ekt 

xossalarida  farq  sezilsa,  qidirilayotgan  ob’ekt  o‘tgan  ancha  uzoq  davr 

ichida o‘zgarganidan darak berishi mumkin. Masalan, yozuv mashinkasi 

foydalanish jarayonida shikastlangan, oyoq kiyim tagcharmi kiyib yurish 

jarayonida  yoki  ta’mirlashdan  keyin  o‘zgargan  bo‘lishi  ehtimol.  Odam 

qariganda,  jarohat  olganda,  kasallanganda  yoki  operatsiya  natijasida 

tashqi  ko‘rinishi  o‘zgaradi.  Ob’ektning  o‘zgarishi  identifikatsiyadan 

qochish  maqsadida  manfaatdor  shaxs  tomonidan  ataylab  qilingan 

bo‘lishi mumkin. 

 

Agar  topilgan  farq  ob’ekt  o‘zgargani  oqibatida  yuz  bermagan 



bo‘lsa, binobarin, qidirilayotgan va tekshirilayotgan ob’ekt xossalari bir-

biriga  to‘g‘ri  kelmasa,  o‘xshashlik  to‘g‘risidagi  masala  inkor  etiladi. 

To‘g‘ri  kelmaslik  qiyoslanayotgan  ob’ekt  xossalarining  guruhli 

farqlariga  ham  taalluqli.  Qidirilayotgan  oyoq  kiyimi  va  qo‘lga  olingan 

shaxsning  oyoq  kiyimi  razmeridagi  katta  farq;  shikast  etkazishda 

foydalangan  va  tintuv  vaqtida  topilgan  turli  ko‘rinishdagi  tig‘li  buyum 

(masalan, bolta, hanjar) ham shular jumlasiga kiradi. 

Ekspert  belgilangan  hodisalarning  jamini  baholar  ekan,  ular 

individualmi  yoki  o‘xshashmi  degan  savolga  javob  beradi.  Agar  mos 

kelish  yig‘indisi  uning  turli  ob’ektlardagi  takrorlanish  imkoniyatini 

inkor  etmasa,  bunda  ob’ektlar  o‘xshash  yoki  bir  turdagi  hodisa  sifatida 

talqin  etiladi.  Agar  mos  kelish  yig‘indisi  individual  bo‘lsa,  turli 

ob’ektlarda  takrorlanmasa,  qidirilayotgan  va  tekshirilayotgan  ob’ekt 

aynan  o‘sha,  deb  qabul  qilinadi.  Mos  kelish  individual  majmuini 

baholashda  indentifikatsiya  tadqiqoti  va  identifikatsiya  xossalari  va 

ularni qo‘shib takrorlash soni ustidan ekspert kuzatuvi katta ahamiyatga 

ega.  Farqlar  va  mos  kelishlarning  natijalarini  taqqoslash  asosida 

ob’ektlar o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.  




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish