3-MAVZU. KRIMINALISTIK IDENTIFIKATSIYA
VA DIAGNOSTIKA
Kriminalistik identifikatsiya tushunchasi, vazifalari, prinsiplari va
shakllari. Kriminalistik identifikatsiya ob’ektlari. Identifikatsiya
ob’ektlarining tasnifi. Identifikatsiyaviy tadqiqot jarayoni. Kriminalistik
diagnostika.
22
Kriminalistik identifikatsiya tushunchasi, vazifalari, prinsiplari va
shakllari
Identifikatsiya atamasi lotincha “idem” (aynan o‘sha) so‘zidan
olingan bo‘lib, aynanlikni aniqlashni bildiradi. Bu atamani birinchi
marta fransiyalik olim Alfons Bertilon odamlarni ro‘yxatga olishga
bag‘ishlangan o‘z ixtirosida qo‘llagan. Kriminalistik identifikatsiya
jinoyat ishi bo‘yicha qidirilayotgan, aniqlanishi lozim bo‘lgan muayyan
(odam, buyum) ob’ektning aynan o‘zi ekanini bildiradi.
Jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida turli ob’ektlarni qidirish
va aniqlash zaruriyati doimiy hodisa sodir bo‘lgan joyda qolgan qo‘l izi
bo‘yicha – shaxs, g‘ildirak izlari bo‘yicha – avtotransport vositalari,
kiyim yoki poyabzaldagi tuproq va o‘simlik qoldiqlari bo‘yicha joy
kabilar aniqlanadi.
Identifikatsiya jarayonida iz qoldirgan ob’ekt qolgan iz bilan
taqqoslab ko‘riladi. Agar izni shu ob’ekt qoldirgan bo‘lsa, aynanlik qayd
etiladi.
Jinoyatni tergov qilish jarayonida o‘xshashlik tushunchasi, uni
aniqlash prinsiplari va metodikasiga oid qoidalar va amaliy tavsiyalar
majmui kriminalistik identifikatsiya to‘g‘risidagi nazariyani tashkil
etadi.
E'tibor qiling! Aynanlik va o'hshashlikni aniqlash vositasida jinoyat
ishiga oid bir qancha holatlar aniqlanadi, chunonchi: narsaning belgilari -
uni qaysi korhona, qachon yasab chiqarganini; hodisa sodir bo'lgan
joydagi moddiy izlar - u yerda kim, qanday harakat qilganini; o'q va
gilzani tekshirib, otish qurolining turi va aynan o'zini; dasthat bo'yicha
uni yozgan shahsni; odam oyog'ining izi bo'yicha - shu odamning
bo'yini; qog’oz va siyoqning belgilari bo'yicha hujjatning necha yil
muqaddam yozilganini aniqlash imkoniyatlari bor.
Esda tuting! Iz deganda, faqat moddiy izlar (qo'l, oyoq, buzish qurollari
va h.k.) tushunilmay, balki tasviri bor barcha buyumlar: qo'lyozma,
fotosurat, narsaning qoldiqlari, qismlari kabilarni, shuningdek, hotirani
tasavvur etish lozim.
E'tibor qiling! Kriminalistik identifikatsiya deganda, ob'ektlarning
qiyosiy tadqiqoti tushuniladi, bunda aynanlik va o'hshashlikdan dalil
sifatida foydalaniladi.
23
Kriminalistik identifikatsiya – bilish vositasi, usuli va metodik
majmui sifatida ob’ektning turli holati, ko‘rinishi, turli vaqtlarda va har
qanday murakkab sharoitda kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan
aynanlik va o‘xshashlikni aniqlashga imkon beradigan mukammal
metodikaga ega bo‘lishi kerak.
Kriminalistik identifikatsiya ishonchli, universal va yuqori
darajadagi nazariy ta’limotdir. Moddiy dunyoning ob’ektivligi, xilma-
xilligi undagi o‘xshashlik umumiy bo‘lib, aynanlik har bir voqea va
narsalarning o‘zigagina xosligi, ikkita aynan voqea yoki narsa tabiatda
va jamiyatda bo‘lishi mumkin emasligi, ularning har biri faqat o‘ziga
teng ekanligi identifikatsiyaning tub mohiyatini anglatadi.
Kriminalistik identifikatsiya nazariyasi uchun shu ob’ektlarning
o‘zaro ta’siri natijasida bir-birida qoladigan moddiy asoratlar, izlar,
ularni tadqiq qilish imkoniyati mavjudligi asos bo‘lib hisoblanadi.
Zo‘ravonlik sodir etilganda, uning izlari faqat jabrlanganlar badanida
qolmay, jinoyatchining badanida yoxud kiyim-kechagida ham bo‘ladi.
Birinchi va ikkinchi turdagi iz ham kriminalistikada ahamiyatli
hisoblanadi.
SHuning uchun ham to‘g‘ri, teskari va qarshi identifikatsiya
E'tibor qiling! Kriminalistik identifikatsiyaning asosiy hususiyatlari
quyidagilardan iborat:
kriminalistik identifikatsiya sud dalillari hisoblangan faktik
ma'lumotlarni aniqlashga yo'naltirilgan, u jinoyat-processual qonun
talablariga bo'ysunadi;
kriminalistik identifikatsiya ilgari sodir etilgan hodisa izidan borib,
jinoyatni tergov qilish protsessida notanish ob'ektni tadqiq qiladi;
kriminalistik identifikatsiya metodi aniq bir moddiy ob'ekt yohud
uning eng kichik bir qismini aniqlashga yo'naltirilgan.
E'tibor qiling! Identifikatsiya belgilari:
Ob'ektni qamrab olish darajasiga ko'ra: umumiy va hususiy;
Ahamiyatiga ko'ra: guruhga oid va individiuallashtirilishga
ko'ra;
Harakteriga ko'ra: miqdoriga va sifatiga ko'ra;
Ob'ekt bilan aloqasiga ko'ra: zaruriyat tufayli va tasodifiy
aloqalarga bog’liq.
24
aloqalarini uzviylikda tadqiq qilish va ulardan foydalanish kriminalistik
identifikatsiya nazariyasi va amaliyotining dolzarb vazifasidir.
Kriminalistik identifikatsiya noprotsessual va protsessual
shakllarda amalga oshiriladi. Uning noprotsessual shakli o‘z navbatida
bir necha ko‘rinishlarda bo‘ladi: 1) surishtiruv organlari tomonidan
tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish chog‘ida amalga oshirilgan
identifikatsiya; 2) fuqarolik sudlari, shuningdek, notariat organi
faoliyatida foydalaniladigan ma’muriy-huquqiy identifikatsiya.
Jinoyat-protsessual qonun normalari va talablariga muvofiq
aynanlik dastlabki tergov, surishtiruv va sud muhokamasi davrida
Kriminalistik identifikatsiya printsiplari
Identifikatsiya processida qatnashadigan ob'ektlar identifikatsiyalanuvchi va
identifikatsiyalaydigan turlarga bo'linadi. Identifikatsiyalanuvchi - bu
aynanligi to'g'risidagi masalani hal qilish kerak bo'lgan yoki qidirilayotgan
ob'ekt hisoblanadi, identifikatsiyalaydigan ob'ekt esa aynanlikni aniqlash
uchun vosita bo'lib hizmat qiladi.
Identifikatsiya jarayonida hamma ob'ektlar - identifikatsiyalanuvchi ham
identifikatsiyalaydigan ham o'zgarishsiz qoladi, deb bo'lmaydi, chunki ular
doim harakatda, rivojlanishda. Shu bilan birga ob'ektlarning o'zgarish
darajasi va tezligi xar hil bo'ladi. Shuni hisobga olib kriminalistik
identifikatsiya ob'ektlari o'zgaradigan va nisbatan o'zgaradigan hillarga
bo'linadi
.
Identifikatsiya jarayonida bilishning analiz va sintez metodlari qo'llaniladi.
Kriminalistik identifikatsiya tadqiqot ob'ektlarining o'ziga hos tomonlari
qanchalik chuqur va mukammal analiz qilinganligiga bog'liq. Ammo
qiyoslanayotgan ob'ekt belgilarini analiz qilish bilan jarayon
yakunlanmaydi. qiyosiy analiz natijasida mos kelgan belgilar va farqlar
taqqoslanishi va ularning har birini tushuntirish zarur.
Har bir taqqoslanayotgan belgi umuman identifikatsiya ob'ekti sifatida
harakatda, o'sishda ekani e'tiborga olinishi kerak. Bunda xar bir belgining
kelib chiqishi va o'zgarish sabablariga aniqlik kiritish lozim. Identifikatsiya
ob'ektining ayrim belgilari ma'lum darajada barqarorlikda qolishi mumkin.
hatto, identifikatsiya ob'ektining muhim belgilari qasddan o'zgartirilgan
bo'lishi ehtimol.
25
Aks etish shakliga
ko'ra
moddiy qayd qilingan va psihofiziologik (tasavvur
bo'yicha)
qo'llanish sohasi
bo'yicha
protsessual va noprotsessual faoliyatlarda, tergov harakati,
sud ekspertizasi shaklida
Sub'ektlar bo'yicha
tergovchi, surishtiruvchi, sud, ekspert, tezkor hodim
Yakuniy natija
bo'yicha
identifikatsiya va guruh mansubligini aniqlash
Identifikatsiya
qiluvchi bo'yicha
odam, hujjat, predmet, jarayon va hodisa, hayvon, ashyolar
majmui, bino, modda va b.q.
Identifikaciya
qilinayotgan ob'ekt
bo'yicha
butunning qismlari, moddiy qayd qilingan aks etish tavsifi,
tasavvurdagi obrazlar, kimyoviy tuzilma, fizik hususiyatlar
tizimi
o‘tkaziladi. Kriminalistik identifikatsiya tergov harakati masalan, tanib
olish uchun ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi yoki sud tomonidan ish
ko‘rish jarayonida namoyon bo‘ladi.
YUqoridagi tasniflarga muvofiq kriminalistik identifikatsiya
sub’ekti surishtiruvchi, tergovchi, sudya, ekspert bo‘lishi mumkin. Bu
sub’ektlar jinoyat-protsessual qonunda belgilangan tegishli kriminalistik
usullar, vositalar, metodlardan foydalanib, identifikatsiyani protsessual
shakllarda amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |