Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Teri  naqshlari-izlarni  aniqlash  vositalari



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   548
Teri  naqshlari-izlarni  aniqlash  vositalari.  Izlarni  qidirib  topish 

uchun  dastlab  optika  (ko‘rish)  uslubidan  foydalanish  tavsiya  qilinadi. 

CHunki bu uslub izlarga ham, o‘zida iz qoldiruvchi buyumlarning sirtiga 

ham biror bir ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Buyumlarni  (qiya  nurlar  bilan)  yoritish  uchun  turli  xil  yoritgich 

asboblar  qo‘llaniladi  (masalan,  cho‘ntakda  olib  yuriladigan  elektr  fonar 

va boshqa yoritgichlar). 

O‘zida  iz  qoldiruvchi  ob’ektning  rangiga  qarab  turli  xil  yorug‘lik 

filtrlari,  shu  jumladan,  ultrabinafsha  filtrlardan  foydalanish  mumkin. 

Ultrabinafsha nurlarining unda fayans va sopol buyumlardan qoldirilgan 

yog‘  izlari,  qo‘l  izlarini  xususiyati  kuzatganda  yaxshi  natijalarga 

erishiladi.  Teri  naqshlarini  ko‘z  bilan  ko‘rishning  iloji  bo‘lmagan 




 

47 


hollarda,  ularni  aniqlash  uchun  turli  xil  kukunlardan  (mis  oksidi,  rux 

oksidi,  grafit,  qora  kuya,  vodorod  bilan  qayta  tiklangan  temir)  yoki 

ularning  aralashmalaridan  (rux  oksidi,  alyuminiy,  rux-qo‘rg‘oshin 

oksidi)  turli  xil  nurlatuvchi  kukunlardan  rux,  yod  bug‘lari),  fizik 

usullardan (yoki ter-yog‘ moddalarining elementlari bilan o‘zaro ta’sirga 

kiruvchi  azot  kislotali  kumushning  suv  aralashmasi)  yoxud  kimyoviy 

usullardan foydalaniladi.  

Kukun  surtish  uchun  yupqa  daktiloskopik  shakllar  changlatuvchi 

sachratqichlar,  yod  naychalari-subimatorlar  va  magnit  shkallaridan 

foydalaniladi. 

 

Kriminalistik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  yashirin  ob’ektlarni  topish 



uchun turli xil  qidirish asboblari va moslamalaridan foydalaniladi. Ular 

mo‘ljallagan maqsadi, tuzilishi va ishlash prinsiplariga ko‘ra farqlanadi. 

Erga  ko‘milgan  murdalarni  qidirib  topish  uchun  ichi  g‘ovak 

maxsus  elektr  asbobi  “shup”dan foydalaniladi.  Mazkur  asbobning  amal 

qilishi tuproqning elektr qarshiligini o‘lchashga asoslangan. 

Oqsil  moddalari parchalangan joylarda tuproq gazsimon va suyuq 

moddalar  bilan  to‘yinadi.  Natijada  mazkur  joyda  tuproqning  elektr 

o‘tkazish  xususiyati  oshadi.  Bu  holatni  mikroampermetr  strelkasi 

ko‘rsatadi. 

Suv  ostida  murdalar  va  murda  qismlarini  turli  kiyim  va  boshqa 

narsalarni qidirib topish va chiqarib olish uchun “tral”dan foydalaniladi. 

Ma'lumot  uchun!  Elektron-optik  o'zgartirgichlar  -  izlar  va  boshqa 

ashyoviy  dalillarni  infraqizil  nurlarda  ko'zdan  kechirish  va  tadqiq 

qilish  imkonini  beruvchi  asboblardir.  Uning  asosiy  qismlari:  korpus 

“VES-4” rusumdagi o'zgartirgichlarni o'zi ob'ektivi, okulyar, infraqizil 

filtr  ikkita  galvanik  elementli  quvvat  blokidan  iborat.  Mazkur 

asbobdan  foydalanilganda  ob'ektiv  fotokatodda  (mahsus  tarkibli 

modda bilan sirlangan plastinka) ko'zga ko'rinmas tasvirni hosil qiladi. 

Infraqizil  nurlar  ta'siri  ostida  fotokatod  o'zidan  elektronlar  oqimini 

chiqaradi.  Bu  elektronlar  lyuminesenciyalovchi  ekranda  magnit 

“linza”  orqali  fokusga  to'planib,  okulyar  orqali  ko'zga  ko'rinadigan 

tasvirni  vujudga  keltiradi.  Infraqizil  o'zgartirgichlar  sifatida  S-70 

rusumidagi  portativ  yoki  “Relef-1”,  statsionar  elektron-optik 

o'zgartirgichdan foydalanish mumkin. 




 

48 


Metall  buyumlarni  qidirib  topishda  metall  qidiruvchi  asboblar, 

shuningdek, kriminalistika maqsadlari uchun maxsus yaratilgan vositalar 

qo‘llaniladi. 

Induksion  metall  qidirish  asboblari  qora  va  rangli  metallardan 

yasalgan buyumlarni qidirib topish imkonini beradi. 

Magnitli 

qidiruvchi 

ko‘targich 

ferromagnit 

metallardan 

tayyorlangan turli xil ashyolar yoki ularning qismlarini qidirib topish va 

chiqarib  olish  uchun  mo‘ljallangan.  Uning  ishlash  prinsipi  magnitning 

ferromagnit  metallarini  o‘ziga  tortish  va  o‘zida  ushlab  turish 

xususiyatiga asoslangan. 

Sud  ekspertizasining  rivojlanishi  munosabati  bilan  ayrim  tergov 

harakatlarining  amalga  oshirilishi  vaqtida  olib  qo‘yilishi  lozim  bo‘lgan 

ob’ektlar doirasi kengayib bormoqda. 

Hozirgi vaqtda qattiq, suyuq va sochiluvchi moddalardan tashqari, 

juda  kam  miqdorda  topiladigan  gazsimon  moddalar  ham  olib 

qo‘yilmoqda. 

Tez bug‘lanib ketadigan modda izlarini, masalan, benzin, kerosin, 

dizel yoqilg‘isi qoldiqlarini germetik idishlarga joylash lozim bo‘ladi. 

Moddiy 

modellarni 

tayyorlash 

uchun 


nusxa 

tayyorlash 

materiallaridan  (parafin,  gipsdan)  keng  foydalaniladi.  Ular  ikki  turga 

bo‘linadi:  termoplastik  va  suyuq  materiallar.  Birinchi  tur  materiallar 

jumlasiga plastilin, mum, parafin, tez eruvchan metallar kiradi. Ikkinchi 

turga gips, AKR-100 st, “K” va “D” pastalari, SKTNni kiritish mumkin.  

Birinchi guruhga kiradigan materiallar yordamida qattiq va plastik 

qoliplar, ikkinchi guruhga kiradiganlari yordamida esa, qattiq va elastik 

qoliplar  tayyorlash  mumkin.  Bunday  modellar  relef  izlarining  shakli, 

katta-kichikligi va o‘zaro qanday joylashganligini aniq aks ettiradi. 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish