Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/548
Sana01.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#290679
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   548
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

II BO‘LIM. KRIMINALISTIK TEXNIKA 

4-MAVZU. KRIMINALISTIK TEXNIKANING 

ASOSLARI 

 

Kriminalistik texnika tushunchasi va uning vazifalari. Kriminalistik 

texnika tekshiruv vositalari va uslublari. Kriminalistik texnikaning tergov 

va tezkor-qidiruv faoliyatida qo‘llanishi. 



 

Kriminalistik texnika tushunchasi va uning vazifalari 

 

Kriminalistik  texnika  –  fanning  bir  bo‘limi  bo‘lib,  jinoyatlarni 



tergov qilish jarayonida dalillarni topish, mustahkamlash, ko‘chirib olish 

va  tadqiq  etishda  qo‘llanadigan  maxsus  asbob-uskunalar,  texnik 

vositalar  haqidagi  ilmiy-nazariy  bilimlar  tizimi  hisoblanadi.  SHu  bilan 

birga kriminalistik texnika dalillarni  topish, ularni tekshirish jarayonida 

qo‘llanadigan amaliy bilimdir.  

Kriminalistik  texnika  bo‘limi  jamiyatning  ilmiy  va  texnik  rivojini 

ta’minlaydigan  tabiiy  fanlar  (biologiya,  fizika,  kimyo  va  boshqalar) 

yangi 


texnika-texnologiya 

vositalari 

(kompyuter 

texnologiyasi, 

informatika kabilar) yutuqlari kriminalistik faoliyatda, ayniqsa jinoyatni 

tergov qilishda va oldini olishda keng qo‘llaniladi. 




 

41 


Texnik  vositalar  deganda,  faqat  asbob-anjomlar  (yorituvchi, 

o‘lchovchi  va  b.q.)gina  emas,  balki  texnik  qurilmalarni,  maxsus 

kriminalistik  faoliyatda  qo‘llaniladigan  mikroskoplar,  nurlarni  va 

ranglarni  ajratuvchi  spektrograflar,  ovoz  yozish,  tasvir  yozish  va 

boshqalar nazarda tutiladi. 

 

Kriminalistik  texnikaning  vazifasi  sodir  etilgan  jinoyatga  doir 



ma’lumotlarni  qidirish,  topish,  tadqiq  etish  va  aniqlashdan  iboratdir. 

Jinoyat  esa,  tekshirilayotgan  voqea  holatining  moddiy  xossalarida  o‘z 

aksini topadi. 

 

Kriminalistik  texnikada  O‘zbekiston  Respublikasi  huquqni 



muhofaza qilish organlarining ilg‘or tergov tajribasi, shuningdek, kimyo, 

biologiya,  fizika  va  boshqa  fanlardan  foydalaniladi.  Kriminalistik 

texnika jinoyatchilikka qarshi kurashda yuqorida ko‘rsatilgan fanlarning 

ayrim  yutuqlarini  tergovni  olib  borish  vazifalariga  moslaydi,  ijodiy 

boyitadi 

va 


muayyan 

maqsadda 

qo‘llaydi. 

SHuningdek, 

kriminalistikaning  o‘z  negizida  maxsus  yo‘l-yo‘sinlari,  uslublari  va 

kriminalistikada,  bir  tomondan,  tabiiy  va  texnika  fanlari,  boshqa 

tomondan,  jinoyatlarni  ochish  va  ularni  oldini  olish  uchun  yaratilgan 

uslublar tizimi jamlangan. 

Kriminalistik  texnikaning  mohiyati  jinoyat  voqeasi  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  moddiy  vaziyatni  aniqlash,  o‘rganish,  qayd  etish,  texnik 

vositalar,  yo‘llar  va  uslubdan  foydalanish,  ularni  tadqiq  qilish, 

E'tibor qiling! Kriminalistik tehnika bo'limiga tergov jarayonida zarur 

bo'lgan  informatik  ma'lumotlar:  izlarni  topish  va  tekshirish,  otish 

qurollarini identifikatsiya qilish, turli ma'lumotlarning manbai bo'lgan 

hujjatlarni  tadqiq  etish  masalalaridan iborat.  Mazkur  bo'lim  tizimiga, 

shuningdek, 

odamlarning 

tashqi 


qiyofa 

belgilari 

asosida 

identifikatsiya  qilish  va  kriminalistik  ro'yhat  ma'lumotlarini 

qo'llashning  mahsus  qoidalari  ham  kiradi.  Kriminalistik  tehnika 

tizimida turli ob'ektlarni, izlarni tadqiq etishda qo'llanadigan uslublar 

ham muhim ahamiyatga ega. 

E'tibor  qiling!  Kriminalistik  tehnika  deganda,  jinoyatni  aniqlash, 

ochish  va  uning  oldini  olish  uchun  foydalaniladigan  turli  tehnika 

qurilmalari, 

uskunalar, 

apparatlar, 

asboblar, 

buyumlar 

va 

moslamalarni tushunish kerak. 




 

42 


shuningdek,  texnik-kriminalistik  jihatdan  tavsiflash  kriminalistik 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  ob’ektlarni  qidirish,  identifikatsiyalash 

uslublarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iboratdir. 

Jinoyatchini  topish  va  keyinchalik  o‘rganishda  voqea  yuz  bergan 

joyda,  jabrlangan  odamning  tanasida,  kiyim-kechagida  qoladigan 

moddiy izlarning ahamiyati kattadir. Kriminalistik texnika har qanday iz 

va  ashyoviy  dalillarni  topish,  saqlab  qolish,  qayd  etish,  olish  va  tadqiq 

etish  vositalari,  yo‘l-yo‘riqlari  va  uslublarini  ishlab  chiqish  bilan 

shug‘ullanadi. Har qanday jinoyat ham aniq vaziyatda, muayyan makon 

hamda  vaqtda  sodir  etiladi.  Bundan  kelib  chiqadiki,  kriminalistik 

texnikaning vazifasi aniq ob’ektlar va hodisalarni aniqlash imkoniyatini 

beradigan ilg‘or uslublarni yaratishdan iboratdir. 

Tezkor-qidiruv  faoliyatida  haqiqiy  ma’lumotlarni  aniqlash  uchun 

texnika vositasi bo‘lishi lozim. Ulardan olingan ma’lumotlar jinoyatlarni 

sodir etgan shaxslarni aniqlashda kerak.  

Uslubiyot  tor  ma’noda  muayyan  vazifalarni  hal  etish  uchun 

qo‘llanadigan bir necha uslublar jamlamasini bildiradi. Masalan, qalbaki 

belgilarni  aniqlash  uchun  hujjatlarni  kriminalistik  tadqiq  etish, 

mikrosnusxa,  ranglarni  farqlash,  ultrabinafsha  nurlarida  tahlil  o‘tkazish 

zarur. 


 

Kriminalistik texnika vositalari jinoyatlarning oldini olishga, voqea 

sodir  bo‘lgan  joydagi  vaziyatni  aniq  ifodalashga,  tergov  harakatlarini 

o‘tkazish  va  natijalarini  qayd  etishga,  ashyoviy  dalillarni  to‘plash, 

ko‘zdan kechirish va tadqiq qilishga qaratilgan. 

 

E'tibor  qiling!  Kriminalistik  tehnika  vositalarini  qo'llash  taktikasi, 



deyilganda,  tergov  oldiga  ko'yilgan  masalalarni  hal  etishga  erishish 

maqsadida  ayrim  tergov  harakatlarini  o'tkazish  vaqtida  ana  shu 

vositalardan oqilona va samarali foydalanish tushuniladi. 

Esda tuting! Kriminalistik tehnika tizimi:  

1) 

kriminalistik fotografiya va videotasvirga olish; 



2) 

umumiy tehnika asoslari;   

 

3) 


kriminalistik trasologiya (izshunoslik); 

4) 


hujjatlarni tekshirish (hujjatshunoslik); 

5) 


kriminalistik ballistika (o'q otish qurollarini tekshirish); 

6) 


kriminalistik bitosnusha (odamlarning tashqi tuzilishi, 

portretshunoslik). 

 



 

43 


Kriminalistik  texnika  vositalari  va  uslublari  tergov,  tezkor-qidiruv, 

ekspertiza va sud amaliyoti ehtiyojlariga asoslanib ishlab chiqiladi. 

 

 

 




Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   548




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish