26
siyohning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun identifikatsiya qoidalaridan
foydalaniladi.
Kriminalistik identifikatsiyaning roli jinoyatning aniq mohiyatini
belgilash, jinoiy xatti-harakatlar sodir etishda ishtirok etganlar,
jabrlanganlar, jinoiy tajovuzlar sodir etishda foydalanilgan qurol va
vositalarni aniqlashni taqozo qiladi. Bu vazifalarni hal qilish uchun
tergov qilinayotgan hodisaning ob’ektiv aloqalarini ochish va kuzatish
zarur. Aybdorning xatti-harakatlari bilan jinoyat natijalari o‘rtasidagi
bog‘lanish bunga misol bo‘la oladi.Ammo ob’ektning tergov
qilinayotgan voqea bilan mavjud individual aloqasini, ular o‘rtasidagi
barqaror va betakror xususiyatlar yig‘indisiga e’tibor berilgan
taqdirdagina tadqiq qilib aniqlash mumkin.
Demak, buyumlarning faqat alohida xossalari emas, balki betakror
xususiyat va sifatlar yig‘indisiga ega bo‘lgan yaxlit holdagisi
identifikatsiya ob’ektlari bo‘la oladi. Identifikatsiyalash – muayyan
moddiy buyum va predmetlarni boshqalaridan ajratish, farqlash
demakdir. Masalan, jinoyatchining izda aks etgan bo‘yi, qo‘l, oyoq
izlari, jismoniy kuchi, boshqa har qanday xususiyatlari identifikatsiya
ob’ekti bo‘la olmaydi. Alohida individni xarakterlovchi bunday
xususiyatlarning yig‘indisi, tashqi qiyofasining o‘ziga xos belgilari
identifikatsiyaning oddiy ob’ekti hisoblanadi. YUrganda qo‘lni silkish
yoki qadam tashlashi shaxsning funksional xususiyatini ifodalaydi.
Ammo bunday xususiyatlar ko‘pgina shaxslarga xos bo‘lishi mumkin va
shu sababli identifikatsiyalash uchun etarli emas. Faqat individual
xususiyatlarning ma’lum yig‘indisi bir shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin.
Ob’ektning betakror yig‘indisini tashkil etmaydigan alohida
xususiyatlari ifodalangan izlar ham identifikatsiyalash uchun etarli emas.
Ish uchun jinoyatning yozuv, ovoz, jinoyat sodir etish usuli,
texnologik jarayon belgilari bilan aloqasi emas, balki ko‘rsatilgan
belgilarga ega bo‘lgan moddiy ob’ekt, shaxs, joyning aloqasi muhim.
Ma'lumot uchun! Kriminalistik identifikatsiya moddiy ob'ektni tergov
qilish voqeasi bilan alohasini aniqlash uchun o'tkaziladi. Dasthat
identifikatsiyalanmaydi, balki uning vositasida uni yozgan shahs
identifikatsiyalanadi
yohud
tehnologik
jarayon
identifikatsiyalanmaydi, aslida tehnologik jarayonning o'ziga hos
tomonlari bo'yicha mashina, seh, fabrika identifikatsiya qilinadi.
27
Kriminalistik identifikatsiya tadqiq etayotgan ob’ekt turini
belgilash bilan yakun topmaydi. O‘z natijalariga ko‘ra bu xildagi
belgilash faqat oraliq ahamiyatga ega. Bunday holda kriminalistik
identifikatsiyaning
yagona
ob’ekti
to‘g‘risida
emas,
balki
qiyoslanayotgan ob’ektning qaysi guruhga mansubligini belgilash,
ularning tur o‘xshashliklari bilan cheklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: